Geografiyasi


Hududiy  mehnat  taqsimoti



Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,74 Mb.
#245748
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   212
Bog'liq
Inson geografiyasi qollanma

Hududiy  mehnat  taqsimoti  –  ishlab  chiqarish  kuchlarini  oqilona 
joylashtirishning  asosidir.  Ayni  vaqtda  hududiy  mehnat  taqsimoti  iqtisodiy 
rayonlarining  shakllanishi  bilan  bog’liq  ijtimoiy-iqtisodiy  jarayondir.  Shuning 
uchun  ham  hududiy  mehnat  taqsimoti  rayonlarning  tabiiy,  ijtimoiy-iqtisodiy 
sharoitlari  bilan  chambarchas  bog’liq,  xo’jalik  iktisoslashu  vining  samarali 
yo’nalishlarini ifodalaydi. Bunday xo’jalik ixtisoslashuvi xuddudagi eng qulay va 
samarali 
bo’lgan  alohida  mahsulotlarni  yetishtirishga  (dehqonchilikda-
bog’dorchilik,  uzumchilik,  sabzavot-polizchilik  kabi  mahsulotlar  yoki 
chorvachilikda  -  sut,  go’sht,  jun,  tuxum,  parranda  go’shti  yetishtirish,  sanoatda  - 
metallurgiya,  mashinasozlik,  kimyo,  engil  va  oziq-ovqat  tarmoqlari  mahsulotlari 
yetkazib berish va kurort xo’jaligi va boshqalar) hatto ana shu  mahsulotlarning bir 
turi  yoki  qishloq  xo’jalik  ekinlarining  bir  navini,  ma’lum  detalni  yoki  uning  bir 
qismini ishlab chiqarishga ixtisoslashuv bilan bog’liqdir. 
Ana  shunday  xo’jalik  ixtisoslashuvi  alohida  shakllanadigan  ijtimoiy-
iqtisodiy  jarayonlar  –  geografik  mehnat  taqsimoti  yoki  uning  sinonimi  hududiy  
mehnat  taqsimoti  deb  yuritiladi.  Hududiy  mehnat  taqsimoti  juda  murakkab 
tushuncha  bo’lib,  xo’jalik  jihatidan  turlicha  ixtisoslashuv  darajasidagi  hududlar 
o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar tizimini ifodalaydi. Bunday iqtisodiy aloqalar rayon, 
mamlakat,  jahon  miqyosida  mineral xom-ashyo,  xilma-xil  tovarlar  almashu vidan 
iborat o’zaro foydali bo’lgan jarayondir. 
N.N.Baranskiy  hududiy  mehnat  taqsimoti  tushunchasini  “juda  muhim 
tushuncha,  to’g’rirog’i  tarmoqlarni  ham,  iqtisodiy  rayonlarni  ham  o’zaro  bog’lab 
turuvchi tushunchalar tizimi” dan iborat deb hisoblaydi. 
Hududiy mehnat taqsimotining moddiy elementlari rayonlar va mamlakatlar, 
shaharlar  va  shahar  aglomeratsiyalari,  sanoatlashgan  mintaqa,  markaz,  tugun  va 
rayon, qishloq xo’jalik mintaqalari va rayonlari, ishlab chiqarishni tashkil etishning 
xilma-xil shakllari, sihat-salomatlik va dam olish majmualaridan iborat. 
Hududiy  mehnat  taqsimoti  mohiyatiga  ko’ra-jamiyat  miqyosida  tarmoq  va 
tarmoqlararo hamda ishlab chiqarishni tashkil etish shakllaridagi (ichidagi) mehnat 
taqsimotiga bo’linadi. 
Ijtimoiy mehnat taqsimoti ishlab chiqarish kuchlarining «vaqt» mobaynidagi 
taraqqiyot  bosqichlarini  ifodalaydi.  Jamiyat  taraqqiyotining  muayyani  bosqichida 
(neolit  davrida)  chorvachilikdan  dehqonchilikning  ajralib  chiqishi,  keyinrok 
hunarmandchilikning  ajralib  chiqishi  bilan  mehnat  taqsimoti  ijtimoiylashib,  sifat 
jihatidan  rivojlanib  bordi.  Hunarmandchilikning  rivojlanishi,  savdo-sotig’ning 


203 
 
o’sishi  bilan  ishlab  chiqarishning  tabaqalanishi  jarayoni  kuchaydi  va  bugungi 
murakkab ijtimoiy-hududiy mehnat taqsimotining shakllanishiga olib keldi. 
Ishlab  chiqarishning  tarmoq  mehnat  taqsimoti  iqtisodiyotining  yirik 
tarmoqlariga,  chunonchi,  sanoat,  qishloq  xo’jaligi,  transport  va  infrastrukturadagi 
bo’linishni  ifodalaydi.  Tarmoqlararo  mehnat  taqsimoti  ishlab  chiqarishning 
tarkiban  murakkablashib  borish  jarayonidir,  chunonchi,  sanoatda  undiruvchi  va 
ishlov  beruvchi  sanoat  tarmoqlari,  bular  ham  o’z  navbatida  yokilg’i-energetika, 
metallurgiya,  mashinasozlik,  kimyo,  engil  va  oziq-ovqat  sanoatiga,  qishloq 
xo’jaligi  –  dehqonchilik  va  chorvachilikga,  transport  esa  quruqlik,  suv  va  havo 
transport tarmoqlariga, infrastruktura esa g’oyat tabaqalashgan ishlab chiqarish va 
noishlab chiqarish tarmoqlariga bo’linishidir. 
Monopoliyalar,  kontsernlar,  assotsiatsiyalar,  korxonalar,  jamoa  xo’jaliklari, 
firmalar va boshqalar ishlab chiqarishning xilma-xil shakllaridagi mehnat taqsimoti 
- mahalliy yoki lokal mehnat taqsimotidir. 
Bir  mamlakat  doirasida  rivojlanadigan,  mamlakatning  tabiiy,  iqtisodiy-
ijtimoiy  imkoniyatlaridan  kelib  chiqqan  iqtisodiyot  sohalarining  ixtisoslashuv 
jarayoni  mamlakat  mehnat  taqsimoti  deyiladi.  Bunday  mehnat  taqsimotida 
mamlakatning  turli  qismlari  ishlab  chiqarishning  bir  yoki  bir  necha  sohalariga 
ixtisoslashadi.  Chunonchi,  sobiq  ittifoq  sharoitida  15  ta  ittifoqdosh  respublikalar 
iqtisodiyotining  ixtisoslashuvidan  tarkib  topgan  Butunittifoq  mehnat  taqsimoti 
shakllangan  edi.  Butunittifoq  mehnat  taqsimoti  doirasida  Markaziy,  shimoli-
g’arbiy,  Ural,  Donetsk-Dnepr  bo’yi  iqtisodiy  rayonlari  ishlab  chiqarish  kuchlari 
rivojlangan,  sanoatlashgan  rayonlar  hisoblansa,  O’zbekiston,  Qirg’iziston, 
Tojikiston va Turkmaniston Respublikalaridan iborat O’rta Osiyo iqtisodiy rayoni 
mineral  xom-ashyo  va  qishloq  xo’jalik  mahsulotlari  (paxta,  bog’dorchilik, 
sabzavotchilik,  chorvachilik)  yetkazib  berishga  ixtisoslashganligi  bilan  ajralib 
turgan. 
O’zbekiston mehnat taqsimotida Toshkent, Zarafshon va Farg’ona iqtisodiy 
rayonlarining  ishlab  chiqarish  kuchlari  bir  muncha  rivojlangan,  sanoati  taraqqiy 
etgan,  ayni  vaqtda  qishloq  xo’jaligi  rayonlari  -  Surxondaryo,  Kashqadaryo, 
Buxoro-Qizilqum,  Mirzacho’l  iqtisodiy  rayonlari  esa  tabiiy  resurslar  jadal 
o’zlashtirilayotganligi,  qishloq  xo’jaligini  istiqbolda  rivojlantirish  imkoniyatlari 
g’oyat katta ekanligi bilan ajralib turadi. 
Mintaqalararo  yoki  mintaqaviy  mehnat  taqsimoti  tabiiy-geografik  jihatdan 
yaxlit  hududlardagi  ikki  va  undan  ortiq  mamlakatlar  guruhi  o’rtasida  shakllangan 
ishlab  chiqarish  ixtisoslashuvini  ifodalaydi.  Jumladan,  g’arbiy  Yevropa 
mamlakatlari  doirasida  “Umumiy  bozor”  shakllangan  mintaqaviy  mehnat 
taqsimotini ifodalaydi. Keyingi yillarda bunday mintaqaviy mehnat taqsimoti Lotin 
Amerikasi,  Janubi-Sharqiy,  Janubiy  va  Janubi-g’arbiy  Osiyo,  shimoli-g’arbiy, 
Markaziy,  Sharqiy  Afrika,  Shimoliy  Amerikada  shakllanmoqda.  Yaqin  istiqbolda 
O’zbekiston,  Qirg’iziston,  Qozog’iston,  Tojikiston  va  Turkmanistondan  iborat 
Markaziy 
Osiyo 
mintaqaviy 
mehnat 
taqsimotiga 
asoslangan 
iqtisodiy 
birlashmaning  shakllanishi  bu  mintaqadagi  murakkab  tabiiy,  ijtimoiy-iqtisodiy  va 
ekologik  muammolar  yechimlarini  ishlab  chiqish  va  hal  qilish  negizida  ishlab 
chiqarish kuchlarini yanada rivojlantirish imkonini beradi. 


204 
 

Download 2,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish