Geografiyasi



Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,74 Mb.
#245748
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   212
Bog'liq
Inson geografiyasi qollanma

Moliyaviy  imtiyozlar.  U  o’z  ichiga  turli  shakldagi  subsidiyalarni  oladi. 
Ularga  kommunal  xizmatlarning  arzonligi,  yer  maydonlari  va  ishlab  chiqarish 
binolari, ijara haqini kamaytirish, imtiyozli kreditlar berish kiradi; 
Ma’muriy  imtiyozlar.  Korxonalarni  ro’yxatdan  o’tkazish  va  xorijiy 
fuqarolar  kirib-chiqishini  engillashtirish,  Shuningdek  turli  xizmatlar  ko’rsatish 
maqsadida ma’muriyat tomonidan maxsus hududlar ajratilishi. 
Erkin  iqtisodiy  hududlar  tashkil  qilishning  jahon  tajribasi  ularning  umumiy 
yutuqlari,  umumiy  xususiyatlari  va  rivojlanishining  o’ziga  xos  tomonlari  haqida 
ma’lum bir xulosalar chiqarishga imkon beradi. Sanoati rivojlangan davlatlardagi 
erkin  iqtisodiy  hududlar  yaxshi  rejalashtirilganligi  va  ularni  boshqarishning 
moslashu vchanligiga bog’liqdir.  
Bu  hududlarni  tashkil  qilish  ijtimoiy-iqtisodiy  jihatdan  juda  foydali  bo’lib, 
ko’plab ish o’rinlarini tashkil qilishda, xalqaro tovar ayirboshlashni jonlantirishda, 
tashqi savdo aloqalari natijalarini yaxshilashda, ilmiy-ishlab chiqarish salohiyatini 
oshirishda katta rol o’ynaydi. 
Rivojlanayotgan davlatlardagi erkin iqtisodiy hududlar ham o’ziga xos qator 
o’xshashliklarga egadirlar. 
Birinchidan, bu davlatlarda eksport-ishlab chiqarish hududlari (EIChH) keng 
tarqalgan. Yuqorida aytilganidek, EIChH tashkil qilishga qator iqtisodiy sabablar, 
avvalambor,  eksport  uchun  sanoat  tovarlari  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish, 
mamlakatga xorijiy kapital, ilgor fan va texnika, zamonaviy texnik axborotlar jalb 
qilish zaruriyati kabi sabablar turtki bo’ladi. 
Ikkinchidan,  erkin  iqtisodiy  hududlardagi  xo’jalik  yuritish  rejimi  xorijiy 
ishbilarmonlar  uchun  erkinroq  va  imtiyozli  bo’ladi.  Bu  erkin  iqtisodiy  hududlar 
orasida xalqaro raqobatning kuchayishi bilan bog’liqdir. 


201 
 
Uchinchidan,  erkin  iqtisodiy  hududlar  faoliyati  davomida  ular  faoliyatining 
tovar-sanoat  diversifikatsiyasi  ro’y  beradi.  Zamonaviy  ITI  yangi  va  yuqori 
texnologiya  ishlab  chiqish  bilan  bog’liq  bo’lgan  ilmtalab  ishlab  chiqarish 
jamlangan erkin iqtisodiy hududlarni ilgor o’rinlarga olib chiqadi. 
Rivojlanayotgan  davlatlar  orasida  Xitoyda  maxsus  iqtisodiy  hududlar 
sezilarli  rivojlandi.  80-yillarning  boshlarida  maxsus  hududlarga  birlashtirilgan 
kichik-kichik  hududlar  bilan  boshlagan  Xitoy  hukumati  90-yillarning  boshlarida 
bunday  hududlarni  yuzlab  kvadrat  kilometrga  yoydi.  Malakatda  va  xorijda 
mashhur  bo’lgan  “Shenchjen”,  “Chjuxay”,  “Syamen”,  “Shantou”,  “Xaynan”dan 
tashqari  mamlakatda  texnik-iqtisodiy  hududlar  (yigirmadan  ortiq)  va  yangi  va 
yuqori  texnikani  rivojlantirish  hududlari  -  texnoparklar  ham  sezilarli  rivojlandi. 
Shanxaydagi  “Pudun”  iqtisodiy  rivojlanish  hududiga  alohida  rol  ajratilgan.  Bu 
loyihaga  ko’ra  “Pudun”  hududi  bir  necha  o’n  yil  mobaynida  Shanxayni  Osiyo-
Tinch okeani mintaqasidagi yirik savdo va moliyaviy markazga aylantiradi. 
Erkin  iqtisodiy  hududlar  tashkil  qilish  Xitoy  hukumati  tomonidan  70-yillar 
oxirida  e’lon  qilingan  “ochiq  eshiklar”  tashqi  iqtisodiy  siyosatning  tashqiliy  bir 
qismi bo’lib qoldi. Erkin iqtisodiy hududlar rivojlantirish modelini tanlashda Xitoy 
rahbariyati  mamlakatning  joriy  ehtiyojlari  va  bunday  hududlar  tashkil  qilishning 
xorijiy  tajribalarini  e’tiborga  oldi.  Singapur,  Tayvan  va  AQSh  tajribasi  alohida 
e’tibor  bilan  o’rganildi.  Erkin  iqtisodiy  hududlar  tashkil  qilishga  tayoyrgarlik 
davrida  ular  faoliyatining  bir  necha  variantlari  taklif  qilindi.  Natijada  eksportga, 
xorijiy  kapitalni  jalb  qilishga,  shuningdek,  ishlab  chiqarish  texnologiyasini 
yaxshilashga    yunaltirilgan  EIH  tanlab  olindi.  Maxsus  iqtisodiy  hududlar  ochiq 
eshiklar  siyosatini  amalga  oshirgan  holda,  mamlakatning  boshqa  tumanlarini 
bog’lab turuvchi rolini o’ynay boshladi. 
Xitoydagi  maxsus  iqtisodiy  hududlar  va  boshqa  imtiyozli  investitsion 
iqlimdagi  tumanlar  faoliyatining  amaliyoti  Shubhasiz  muvaffaqiyatga  erishdi. 
Xitoylik va  xorijiy  mutaxassislar  EIH  erishgan  yutuqlar qatoriga  avvalo, barqaror 
iqtisodiy  o’sish  sur’ati,  hududlarga  ko’p  miqdorda  xorijiy  investitsyalarning  jalb 
qilinishi,  mehnat  unumdorligining  sezilarli  o’sishi  va  nihoyat,  aholi  turmush 
darajasining o’sishini kiritishadi. 
Erkin  iqtisodiy  hududlar  muvaffaqiyati  haqida  guvohlik  beruvchi 
misollardan  tashqari  ularni  tashkil  qilishda  muvaffaqiyatsizlikka  ham  uchralgan. 
Masalan,  Shri-Lanka,  Gvatemala,  Liberiya,  Senegal  va  boshqa  davlatlarda  turli 
ko’rinishdagi  erkin iqtisodiy  hududlar nafaqat  muvaffaqiyatsizlikka uchradi balki 
umuman  faoliyatini  to’xtatdi.  Buning  asosiy  sabablariga  siyosiy,  iqtisodiy, 
tashkiliy sabablarni ko’rsatish mumkin. 
Siyosiy  sabablar  mamlakatdagi  umumiy  siyosiy  beqarorlik,  fuqarolar 
kelishmovchiliklari  va  boshqalardir.  Iqtisodiy  sabablarga  avvalo,  erkin  iqtisodiy 
hududlardagi investor nuqtai nazaridan juda murakkab investitsion rejim haqidagi 
qonunchilik    kiradi.  EIHdagi  byurokratik  bashqaruv,  hududda  investorlarni 
ro’yxatga olishda kerak bo’lmagan protseduralar mavjudligi, hudud ustunliklarini 
yomon  reklama  qilinishi  ham  erkin  iqtisodiy  hududlar  taqdiriga  sezilarli  ta’sir 
ko’rsatadi. 


202 
 

Download 2,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish