Geografiyasi



Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,74 Mb.
#245748
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   212
Bog'liq
Inson geografiyasi qollanma

Nozogeografiya. Tibbiyot geografiyasining asoslarini yaratishga katta hissa 
qo’shgan  yirik  olim  A.A.Shoshin  nozogeografiya,  ya’ni  inson  kasalliklari 
geografiyasini  tibbiyot  geografiyasining  tarkibiy  qismlaridan  biri  ekanligini 
ta’kidlagan. 


162 
 
Tibbiyot  geografiyasining  vujudga  kelgan  davridan  boshlab,  to  hozirga 
qadar 
bajarilgan 
tibbiy-geografik 
tadqiqotlarning 
aksariyatini 
bevosita 
nozogeografiya 
bilan 
tushuntirish 
ham 
yetarli 
bo’lmaydi.  Vaxolanki, 
“Nozogeografiyaning  asosiy  vazifasi  inson  kasaliklarini  geografik  tarqalishining 
umumiy 
qonuniyatlarini 
ochib 
berish, 
alohida 
olingan 
kasaliklarning 
nozokomplekslari  va  nozoareallarini  hamda  ularning  tadrijiy  o’zgarishlarini 
aniqlash  bilan  belgilanadi.  Demak,  shunday  qilib,  tadqiqot  ob’ektining  o’ziga 
xosligiga  borliq  holda,  nozogeografiya  tibbiyot  geografiyasining  mustaqil  bo’limi 
hisoblanadi” (Shoshin, 1962, 83 b.). 
Umuman  olganda,  tibbiyot  geografiyasi  aholi  va  uning  salomatlik  holati 
bilan  bog’liq  bo’lgan  barcha  geografik  jarayon  va  qonuniyatlarni  o’rganar  ekan, 
bunda  u  eng  avvalo,  geografik  muhitning  aholi  salomatligiga  ta’sir  ko’rsatuvchi 
kompleks  tabiiy  va  ijtimoiy-iqtisodiy  omillariga  asosiy  e’tiborni  qaratadi.  Ular 
orasida,  ayniqsa  iqlim  va  atrof-muhitning  aholi  salomatligiga  ta’siri, 
kasalliklarning  tarqalishi,  aholining  joylashuvi,  mehnat  va  turmush  sharoitlari, 
urbanizatsiya jarayonlari, regionning xo’jalik ixtisoslashuvi xususiyatlari, sog’liqni 
saqlash  sohasini  rivojlanganlik  darajasi  va  boshqalar  juda  muhimdir.  Hozirgi 
davrda ayniqsa ijtimoiy-iqtisodiy hususiyatga mansub omillarning ahamiyati ortib 
bormoqda.  Binobarin,  tibbiy-geografik  tadqiqotlarning  muhim  ilmiy-amaliy 
natijasi  hisoblangan  tibbiy-geografik  atlaslar  qishloq  joylarda  sog’liqni  saqlashni 
holati  va  rivojlaniga  masalalari  bo’yicha  AP.Ayriyan  tomonidan  Armanistonda, 
F.G.Grigorev tomonidan esa Chuvashiyada (1976 y) chop etilgan. 
Nozogeografiyaning  mohiyati  va  vazifalarini  tushuntirishda  kasallikning 
o’zini  mazmuni,  kelib  chiqish  sabablari  haqida  aniq  ma’lumotlarga  ega  bo’lish 
lozim. Bu borada ko’pgina tadqiqotlarni amalga oshirgan olimlarning (I.Sechenov, 
S.Botkin,  Anichkov,  Petrov,  I.Pavlov)  fikricha,  insonning  kasallanishi,  avvalo 
o’ziga xos biologik jarayon bo’lib, insonni atrof-muhit bilan o’zaro ta’sirida uning 
hayot faoliyatini buzilishi yoki butunlay to’xtashi bilan bog’liqdir. 
Inson kasalliklari turli-tuman bo’lishi bilan birga, ularni keltirib chiqaruvchi 
sabablar ham turlichadir. Shu  jixatdan ularni o’rganish va bu boradagi bilimlarga 
ega bo’lish kasalliklarning tarqalishini bartaraf etishda katta amaliy ahamiyat kasb 
etadi. 
Avvalambor,  inson  kasalliklarining  kelib  chiqish  sabablarini  o’rganish  juda 
muhim  masalalardan  biridir.  Ammo,  shu    bilan  birga  kasalliklarning  hududiy 
tarqalishi  qonuniyatlarini  ochib  berish  kelajakda  paydo  bo’lishi  (tarqalishi) 
mumkin  bo’lgan  kasalliklar  areallarini  aniqlash  ham  dolzarb  masalalardan  biri 
hisoblanadi. 
Inson  kasalliklarining  kelib  chiqishi  ob’ektiv  omillar  bilan  chambarchas 
bokliq. Bunda, eng avvalo insonni o’rab olgan atrof-muhitning bosh rolini alohida 
ta’kidlash  kerak.  Binobarin,  Ye.N.Pavlovskiyning  parazitar  (yuqumli) 
kasalliklarning  tabiiy  o’choqlari  haqidagi  g’oyasi  (bilimlari)  bir  qator  inson  va 
hayvon  kasalliklarining  geografik  tarqalishi  va  evolyutsiyasi  haqida  ilmiy 
asoslangan xulosalar olish imkonini berdi. 
Nozogeografik  tadqiqotlarda  nafaqat  kasalliklarning  kelib  chiqishi  yoki 
ularning  tarqalishi  qonuniyatlari,  balki  nozokomplekslar,  nozoareallarni  aniqlash, 


163 
 
tadkiq  etish  muhim  masalalardan  biridir.  Ammo,  amalda  bunday  nozoareallar, 
ayniqsa  nozokomplekslarni  aniqlash  murakkab  va  tadqiqotchidan  chuqur 
epidemiologik bilimlarni ham talab qiladi. 
Nozokompleks bu, bir qator bo’g’inlarni (komponentlarni) o’z ichiga olgan 
bir butun tizim sifatida tushunilishi mumkin. Ushbu bo’g’inlarning har biri o’zaro 
bevosita aloqadorlikka ega. Ulardan birortasining o’zgarishi dorhol boshqasiga o’z 
ta’sirini  ko’rsatadi.  Inson  kasalliklaridan  birortasiga  mansub  bo’lgan 
nozokompleks  bir  tomondan,  kasallikni  vujudga  keltiruvchi  (chaqiruvchi)  shart-
sharoitlarni  va  ikkinchi  tomondan,  aynang  shu    kasallikni  qabul  qilishga  moyil 
organizmni  o’z  ichiga  qamrab  oladi.  Jumladan,  endemik  buqoqqa  xos  bo’lgan 
nozokompleks, eng avvalo ushbu kasallikka moyil bo’lgan inson organizmi hamda 
suv  va  oziq-ovqat  mahsulotlarida  yod  moddasini  yetishmasligini o’z  ichiga  oladi. 
Nozokomplekslarni,  ayniqsa  yuqumli  kasalliklar  bo’yicha  ko’plab  ajratish 
mumkin. 
Nozokomplekslarning  komponentlari  va  ular  o’rtasidagi  o’zaro  aloqadorlik 
sodda  (inson-suv  yoki  oziq-ovqatda  yodning  yetishmasligi)  yoki  murakkab  (atrof 
muxitning  ikki,  uch  va  undan  ortiq  komponentlari  va  inson  organizmi)  ko’rinish 
(tur)larga  ega.  Murakkab  nozokomplekslarga,  ko’pincha  inson  parazitar 
kasalliklari bilan bog’liq bo’lgan (bezgak, leyshmanioz, kana entsefaliti va b.) larni 
kiritish  mumkin.  Muayyan  hudud  doirasidagi  turlicha  nozokomplekslar,  bevosita 
inson  kasalliklari  bilan  aloqador  bo’lgan  nozogeografik  vaziyatning  u  yoki  bu 
holatini belgilashda muhim rol o’ynaydi. 
Nozogeografik  vaziyatning  bosh  mezonlari  va  ko’rsatkichlariga  aholining 
o’rtacha  umr  ko’rishi,  umumiy  va  bolalar  o’limi  darajasi,  aholining  kasallanishi, 
turli  mamlakat  va  rayonlardagi  ekologik,  sanitariya-gigiena  va  epidemiologik 
holatlar kiradi. (Soliyev, Komilova, 1999, 12-b.) 
Zamonaviy  nozogeografik  tadqiqotlarni  kasaliklarning  nozoareallarini 
(tarqalish hududlarini)  o’rganmasdan  tasavvur qilib bo’lmaydi.  Demak,  nozoareal 
–  bu  aholi  orasida  muayyan  bir  kasallik  turi  hisobga  olinayotgan  yoki  paydo 
bo’lishi  mumkin  bo’lgan  hududni  o’z  ichiga  oladi.  Ularning  vujudga  kelishi, 
maydoni,  chegaralari  tabiiy-geografik,  ijtimoiy-iqtisodiy  omillar  ta’sirida  turlicha 
shakllanadi. 
Alohida  olingan  inson  kasalliklari  nozoareallarining  tadrijiy  o’zgarishlarini 
tadqiq  etish  natijasida  ularning  vujudga  kelishi  sabablari  o’rganilib,  tarqalishi 
mumkin bo’lgan hududlar aniqlanadi. Bu esa, kasalliklarning avvaldan qachon va 
qaerda  paydo  bo’lishini  bilishda  va  ularga  qarshi  tibbiy  chora-tadbirlarni  amalga 
oshirishda katta ahamiyatga ega. 
Turlicha  inson  kasalliklarining  nozoareallarini  o’zaro  hamda  atrof-muhit 
omillari  va  shart-sharoitlari  bilan  taqqoslash,  o’z  navbatida  ularning  vujudga 
kelishi,  hozirgi  holati  va  kelgusidagi  o’zgarishlari  qonuniyatlari  haqida  xulosalar 
olish imkonini beradi. 

Download 2,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish