Tayanch so’z va iboralar: Tibbiyot geografiyasi, tibbiy-geografik baholash,
tibbiyot landshaftshu nosligi, nozogeografiya (inson kasalliklari geografiyasi),
tibbiyot kartografiyasi, “tog’ kasalligi”,“dengiz kasalligi” “o’rmon kasalligi”,
“cho’l kasalligi”, nozoareallar.
Tibbiyot geografiyasi geografiya hamda tibbiyot fanlari oralig’ida vujudga
kelgan fandir. Uning rivojlanishi bilan iqtisodiy geografiyaning sotsiallashuvi
(ijtimoiylashuvi) jarayonlari yanada jadallashdi. Bularning natijasi o’laroq, tibbiyot
geografiyasi zamonaviy iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning sotsial qanotidan
o’rin olib, uni yanada rivojlantirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |