Geografiyasi


-mavzu Tibbiyot geografiyasi



Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,74 Mb.
#245748
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   212
Bog'liq
Inson geografiyasi qollanma

11-mavzu Tibbiyot geografiyasi 
 


157 
 
noslik, ekologiya, biogeografiya, sotsial ekologiya, epidemiologiya, parazitologiya, 
sotsial  gigiena  va  sog’liqni  saqlashni  tashkil  etish,  kurortologiya,  zoogeografiya 
kabi fanlar bilan mustahkam aloqalarga ega. 
Tibbiyot  geografiyasining  mustaqil  fan  sifatida  tanilishi  (garchi  ko’pchilik 
olimlar  tomonidan  XIX  asrning  o’rtalari  deb  hisoblansada),  tibbiy-geografik 
tadqiqotlarga  oid  masalalar  qadimgi  Sharq  va  G’arb  olimlarining  (Ibn  Sino, 
Gippokrat)  asarlarida  yoritilgan.  Ammo,  hozirgi  tushunishdagi  tibbiyot 
geografisiga  oid  bo’lgan  dastlabki  yirik  tadqiqot  -  «Obobshenie  vseobshey 
meditsinskoy  prakticheskoy  geografii»  nemis  olimi  Finke  tomonidan  1792  yilda 
amalga  oshirildi.  Bunda,  u  tibbiyot  geografiyasini  joyning  aholi  salomatligi  va 
kasalliklariga ta’sirini o’rganuvchi fan deb hisobladi. 
Tibbiyot geografiyasining rivojlanishiga xorijiy olimlardan Finke, SHnurrer, 
Buden,  Rayt,  Girsh,  Fuks,  Mey,  Masako,  Ratwel,  Stemp,  Bojyo-Garne,  Layt  va 
boshqalar o’z hissalarini qo’shdilar. 
XX  asr  boshlariga  qadar  Rossiyada  tibbiyot  geografiyasining  nazariy  va 
amaliy  masalalari  P.Z.Kondoidi,  N.I.Toropov,  N.I.Pirogov,  I.M.Sechenov, 
S.P.Botkin, 
I.P.Pavlov, 
E.X.Ikavitts, 
N.I.Litunovskiy, 
A.F.Zmeyev, 
P.I.Preobrajenskiy,  D.V.Mertsalov,  K.P.Andreyev,  P.A.Bursev,  N.A.Korjavin, 
K.S.Morkotun, 
S.P.Lovsov, 
G.I.Arxangelskiy, 
P.A.Peskov, 
I.A.Peskov, 
N.I.Avgustovkiy,  P.I.Shmakov,  A.A.Bunge,  Ye.V.Bek,  V.L.Yakimov  va 
boshqalarning ishlarida yoritilgan. 
Sobiq  Ittifoqda  tibbiyot  geografiyasinint  nazariy  metodologik  asoslari, 
aholining  salomatlik  holati  va  nozogeografik  tadqiqotlar,  sog’liqni  saqlashni 
rivojlanishi,  tibbiyot  geografiyasi  hamda  tibbiy-geografik  rayonlashtirish 
masalalari  D.K.Zabolotniy,  A.A.Shoshin,  A.P.Markovin,  Ye.N.Pavlovskiy, 
A.I.Vinogradov, 
A.V.Yakovlev, 
A.A.Keller, 
A.V.Chaklin, 
Ye.I.Ignatyev, 
B.B.Proxorov,  V.P.Byakov,  Ye.I.Veselov,  B.V.Vershinskiy,  V.Ya.Podolyan, 
A.D.Lebedyev, 
A.G.Voronov, 
A.P.Avtsin, 
P.P.Reshetnikov, 
Ye.L.Rayx, 
A.P.Ayriyan, 
A.A.Polovetskaya, 
V.P.Pospelo, 
S.I.Belov, 
Ye.S.Feldman, 
B.I.Xodjamberdiyev,  T.E.Boldiryev,  N.K.Sokolov,  S.E.Shipelenya,  O.P.Depin  va 
boshqalarning  ilmiy  tadqiqotlarida  ochib  berilgan.  Binobarin,  B.B.Proxorov 
tomonidan  Baykal  Amur  magistrali  qurilishi  zonasi  miqyosida  ilk  bor  doktorlik 
dissertatsiyasi darajasidagi tibbiy-geografik tadqiqot amalga oshirilgan. 
O’zbekistonda esa aholining salomatligi, kasalliklar hamda sog’liqni saqlash 
masalalari  bevosita  tibbiyot  nuqtai  nazaridan  bajarilgan  ishlar  mavjud.  O’tgan 
asrning  90-yilldridan  boshlab,  O’zbekiston  va  uning  ayrim  regionlari  bo’yicha 
tibbiyot  muassasalarini  hududiy  tashkil  etish  masalalari  M.I.Nazarov  (1996), 
nozogeografik  vaziyat  esa  N.Komilovalar  (1999)  tomonidon  ilk  bor  o’rganilgan. 
Ta’kidlash  joizki,  O’zbekiston  FA  Geografiya  bo’limi  tomonidan  90-yillarda 
respublikaning tibbiy-geografik atlasiga oid ishlar olib borilgan edi. 
Shuningdek,  mamlakatimizda  tibbiyot  geografiyasi  bo’yicha  2  doktorlik 
dissertatsiyasi 
himoya 
qilinganligini 
alohida 
ta’kidlash 
joiz. 
Bular, 
N.Komilovaning  “O’zbekiston  tibbiy  geografik  sharoitining  hududiy  tahlili  va 
aholi 
salomatligi 
muammolari 
”  (2012  y.)  va  I.Turdimambetovning 
“Qoraqalpog’iston Respublikasi nozogeografik vaziyatini yaxshilashning ijtimoiy-


158 
 
iqtisodiy  xususiyatlari”  (2016  y.)  mavzuidagi  doktorlik  dissertatsiyalari.  Ushbu 
tadqiqotlarning  yaqin  o’tmishda  amalga  oshirilganligi  respublikada  tibbiyot 
geografiyasining jadal rivojlanib borayotganini bildiradi. 
Tibbiyot  geografiyasining  predmeti  turli  davrlarda  olimlar  tomonidan 
turlicha  ifodalandi.  Bunda,  ko’pchilik  tadqiqotchilar  tabiiy  geografik,  ijtimoiy-
iqtisodly omillarga katta ahamiyat bergan holda, tibbiyot geografiyasini geografiya 
fanlari 
qatoriga 
qo’shsa  (E.I.Ignatyev,  Ye.P.Pavlovskiy,  B.B.Proxorov, 
Ye.L.Rayx)  boshqalari  tibbiy  omillarning  ustuvorligini  ta’kidlab,  tibbiyot 
geografiyasini  tibbiyot  fanining  bir  tarmog’i  deb  biladilar  (D.K.Zabolotniy, 
A.I.Sisgin va b.). 
Tibbiyot  geografiyasining  mohiyati  va  vazifalarini  ilk  bor  o’rgangan 
N.I.Toropov  (1864):  “Har  qanday  kasallikni  yer  yuzasi  bo’yicha  tarqalishi 
masalalarini  tibbiyot  geografiyasi  o’rganadi”,  deb  ta’kidlagan.  E.Ikavitts  esa, 
(1885)  “Yer  sharining  turli  mamlakatlari  va  xalqlari  orasida  hayot  va  o’lim, 
salomatlik  va  kasalliklarning  turli  tuman  hodisalari  tibbiyot  geografiyasining 
predmetidir”  degan  xulosani  bildiradi.  Shuningdek,  ba’zi  bir  olimlar,  jumladan, 
D.K.Zabolotniyga:  “Tibbiyot  geografiyasi  tibbiyotning  bir  tarmog’i  sifatida  yer 
yuzida  turli  kasalliklarning  tarqalishini  o’rganuvchi  fan”,  deb  tibbiy  omillarni 
ustun  qo’ysa,  Ye.I.Ignatyev  “Tibbiyot  geografiyasi  geografik  muhitning  inson 
tanasiga  ta’sirini  o’rganuvchi  geografiyaning  bir  tarmog’idir”  deb  ta’kidlaydi. 
Ye.P.Pavlovskiy  (1955,  s.89)  ham  geografiya  fanining  muhim  tarmog’i  bo’lgan 
tibbiyot  geografiyasi  “yer  yuzida  inson  kasalliklarining  tarqalishi  sabablarini 
o’rganadi” deb masalaninig geografik jihatlariga katta e’tibor beradi. 
Tibbiyot  geografiyasining  hozirgi  rivojlanish  bosqichida  olimlar  tomonidan 
uning  nozogeografiya,  salomatlik  geografiyasi  va  sog’liqni  saqlash  geografiyasi 
kabi bo’limlari ajratiladi. Shuningdek, V.P.Byakov va Ye.I.Veselovlar sobiq, sovet 
tibbiyot geografiyasining quyidagi asosiy yo’nalishlarini ham ajratadilar: 
  tabiiy va sotsial-iqtisodiy omillarni tibbiy-geografik baholash; 
  tibbiyot landshaftshu nosligi; 
  tibbiyot mamlakatshu nosligi; 
  nozogeografiya (inson kasalliklari geografiyasi); 
  tibbiyot kartografiyasi. 
Tibbiyot  geografiyasining  nazariy  metodologik  va  amaliy  masalalarini 
o’rganishda  sobiq  Ittifoq  olimlarining  xizmatlarini  ta’kidlash  lozim.  Jumdadan, 
Ye.N.Pavlovskiyning kasalliklarni tabiiy o’choqlari va landshaft epidemiologiyasi 
g’oyalari  va  ishlanmalari  sobiq  Ittifoq  tibbiyot  geografiyasining  fundamental 
asoslaridan  biridir.  A.A.Shoshin  va  boshqa  mualliflar  tomonidan  esa,  tibbiy 
geografiyasining 
nazariy-metodologik 
asoslari 
ishlab 
chiqildi 
(Osnovi 
meditsinskoy geografii, M., L., 1962). 
Zamonaviy  tibbiy  geografik  tadqiqotlarga,  avvalo  mazkur  fanga  doir 
nazariy-metodologik tadqiqotlarni tez rivojlanishi; tibbiy-geografik tadqiqotlarning 
natijalarini  amaliyotga  qo’llanishini  kuchaytirish;  mintaqaviy  tibbiy-geografik 
tadqiqotlarni  avj  olishi  hamda  tibbiyot  kartografiyasini  tez  rivojlanayotganligi 
xosdir. 


159 
 
Hozirgi  tibbiy-geografik  tadqiqotlarda  rayonlashtirish  masalalari  tobora 
ko’proq  amalga  oshirilmoqda.  Binobarin,  uning  ilmiy  asoslari,  tamoyillari 
A.A.Keller  tomonidan  1962  yildayoq  ishlab  chiqilgan  edi.  Chunonchi,  tibbiy-
geografik  rayonlashtirish  bu  kompleks  tadqiqotlarning  natijasi  bo’lib,  aholini 
salomatlik  holati,  tabiiy  va  sotsial-iqtisodiy  shart-sharoitlarni  inson  salomatligiga 
ta’siri, inson kasalliklarini vujudga kelishi va tarqalishi jarayonlarini qamrab oladi. 
Tibbiy-geografik  tadqiqotlar  va  ularga  bo’lgan  amaliy  talab-extiyojlar 
hozirda tibbiyot geografiyasi oldiga quyidagi vazifalarni ko’yadi: 

  tabiiy  sharoit  (omillar)  yoki  ularning  majmualarini  aholi  salomatligiga 
ta’sirini o’rganish; 

  kompleks  tabiiy  va  ijtimoiy  iqtisodiy  omillarning  inson  kasalliklarini 
vujudga kelishi va tarqalishidagi rolini aniqlash; 

  landshaftlar  va  alohida  olingan  davlatlarda  inson  kasalliklarini  vujudga 
kelishi va tarqalishi qonuniyatlarini aniqlash; 

  tibbiy-geografik ishlanmalarni amaliy tadbiqi masalalarini kuchaytirish. 
Tabiatda  turli  xil  landshaft  ko’rinishlari  quruqlik  va  suvliklar,  sahro  va 
o’rmonlar,  tog’  va  tekisliklar  mavjud  bo’lib,  ularning  barchasida  insonlar  o’ziga 
xos  faoliyat  ko’rsatadilar.  Har  bir  landshaft  doirasida  tashqi  muhit  omillarning  u 
yoki bu turi inson jismiga ko’proq ta’sir ko’rsatadi.  
Abu  Ali  ibn  Sino  ham  kasalliklarning  kelib  chiqishi  sabablarini  aniqlashda 
va  davolashda  tashqi  sharoitning  (iqlim,  ob-havo,  turar-joy,  ovqatlanish)  ta’siriga 
alohida e’tibor qaratgan edi. 
O’rta  Osiyo  hududida  yashab  ijod  qilgan  mashhur  tabiblar,  jumladan,  Abu 
Bakir  ar  Roziy  asarlarida  kishilarda  uchraydigan  kasalliklarning  aksariyat  qismi 
uning yashash joyi bilan bog’liqligi qayd etilgan. U hatto kasalxonalar qurilishida 
joyning  iqlimi,  joylashgan  o’rni  kabi  jihatlarga  e’tibor  berish  zarurligini 
ta’kidlagan. Shuningdek, tibbiyot ilmining asoschisi Gippokrat o’z asarlarida turli 
makon va manzillarda yashovchi kishilar salomatligini baholashda mazkur joyning 
iqlimi,  suv  va  tuproq  tarkibi,  o’simlik  va  hayvonot  dunyosi  kata  ahamiyat  kasb 
etishini  alohida  izohlab  o’tgan.  Olimning  ta’kidlashicha,  inson  umumiy  tabiat 
olamining  bir  qismi  bo’lib,  uning  tashqi  tuzilishi  va  ichki  ruhiyatini  shu    tabiat 
shakllantiradi.  Bu  haqda  Gippokrat  shunday  deb  yozgan  edi.  “Odam  jismining 
tabiatini  tashqi  muhit  belgilaydi.  Jamiyat  esa  o’z  qonun  qoidalari  bilan  odam 
tabiatini o’zgartirishi mumkin”. 
Shunga  o’xshash  fikrlar  vatandoshimiz  Abu  Rayhon  Beruniy  tomonidan 
ham  ilgari  surilgan.  Uning  yozishicha  “Odamlar  tuzulishlarining  rangi,  surati, 
tabiat va ahloqi turlicha bo’lishi faqatgina nasablarning turlichaligidan emas, balki 
tuproq,  suv,  havo  va  yerning,  kishilar  yashaydigan  joylarning  turlichaligidan 
hamdir”. 
Inson  salomatligi  va  ular  orasida  uchraydigan  kasalliklar  hududiy 
tafovutlarga  ega.  XVIII  asrda  yashab  ijod  qilgan  franwuz  olimi  Monteskьe 
o’zining  “Qonunlar  ruhi  to’g’risida”  nomli  asarida  “Iqlimning  hukumronligi 
barcha kuchlardan ustunroqdir” degan shiorni olg’a surgan ekan. 


160 
 
XIX  asrning  oxiri  XX  asrning  boshlaridayoq  tibbiyot  mektiorologiyasi 
sohasida  rus  iqlimshu  noslari  A.I.Voeykov,  A.P.Sokolov,  A.A.Kaminskiy  kabi 
olimlar  tadqiqotlar  olib  borishgan.  Ayniqsa,  bu  xususda  tibbiyot  geografiyasida 
iqlim  bilan  bog’liq  masalalarni  o’rganishda  rus  olimi  A.S.Berg  tomonidan  ishlab 
chiqilgan,  iqlimning  sinflarga  ajratilgan  tavsifi  muhim  ahamiyatga  ega  bo’ldi. 
Olim tibbiy geografik jihatdan mamlakat iqlimini 12 tabaqaga ajratgan. U iqlim va 
ob-havoni  sinflarga  ajratish  orqali  salomatlikning  hududiy  jihatlarini  o’rganishga 
ham e’tibor bergan. Ob-havoning iqliqga nisbatan inson jismiga ta’sirini sezilarli, 
ya’ni  ob-havoning  tez-tez  o’zgarib  turishi  bilan  inson  jicmida  ma’lum  ma’noda 
o’zgarishlar sodir bo’lib turadi, ayniqsa buni ba’zi a’zolarimiz juda tez seza oladi. 
Shuningdek  ob-havodagi  ayrim  jiddiy  o’zgarishlarni  ba’zi  kasalliklarga  (bod, 
radikulit, revmatizm, qon bosimi xastaliklari) ga chalingan kishilar ancha oldinroq 
payqaydilar. 
Inson kasalliklarining kelib chiqishi va tarqalishida yoki nozokomplekslar va 
nozoareallarni  vujudga  kelishida  kasalliklarning  rivojlanishi  bilan  atrof-muhit 
omillari  orasida  uzviy  aloqadorlik  mavjud.  Bunda  atrof-muhitning  tabiiy  va 
ijtimoiy-iqtisodiy omillarini yetakchi rolini alohida ta’kidlash lozim. 
Inson  kasalliklari  va  uning  turlicha  nozokomplekslari  va  nozoareallarini 
vujudga kelishi va tadrijiy o’zgarishlariga ta’sir ko’rsatuvchi omillarga quyidagilar 
kiradi: 

Download 2,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish