O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O`ZBEKISTON MILLIY UNIVYERSITETI
GEOGRAFIYA VA TABIIY RESURSLAR FAKULTETI
TABIIY GEOGRAFIYA KAFEDRASI
3-KURS SIRTQI TALIM
GEOGRAFIYA YO’NALISHI TALABASI
______________________________________NING
_____________________________________________FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Qabul qildi: __________________
Bajardi: __________________
Toshkent-2022
Yevrosiyo materigi asosiy shahrlarining iqlim xususiyatini aks ettiruvchi jadval tuzish
Bayroq
|
Nomi
|
Maydoni
(km2)
|
Iqlim xususiyatlari
|
|
Albania
|
28,748
|
Iqlimi – Oʻrta dengizga xos subtropik; iyulning oʻrtacha harorati 24 °C, 25 °C, yanvarniki 8 °C, 9 °C. Yiliga 1000 mm yogʻin yogʻadi.
|
|
Andorra
|
468
|
Iqlimi subtropik, yiliga 1000–2000 mm yogʻin yogʻadi.
|
|
Armaniston
|
29,743
|
Armaniston iqlimi xilma-xil. Tekislik va togʻ etaklarida iyulning oʻrtacha temperaturasi 24°, 26°, yanvarniki – 5°, yillik yogʻin miqdori 200 – 400 mm. Plato va togʻ yon bagʻirlarida iyulning oʻrtacha temperaturasi 18°, 20°, yanvarniki – 4°, yillik yogʻin miqdori 500 mm. Janubi-sharq va Shimol-sharqda iqlimi quruq subtropik. Armanistonda eng yuqori temperatura 42° (Araks vodiysida), eng past temperatura – 46° (Shimol-gʻarbda). Qor qatlamining qalinligi 10 – 200 sm.
|
|
Ozarbayjon
|
86,600
|
Ozarbayjon, asosan, subtropik zonada boʻlsa ham, quruq va nam subtropik iqlimdan togʻ tundrasi iqli-migacha boʻlgan iqlimni uchratish mumkin. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 25-27°, yanvarniki payettekisliklarda 0 dan +3°gacha, togʻlarda — 10° gacha. Eng issiq temperatura 40-43°, eng sovuq temperatura — 30°. Yogʻingarchilik juda notekis. Yillik yogʻin — 200 mm dan 1800 mm gacha.
|
|
Belarusiya
|
207,560
|
Iqlimi kontinental iqlim bilan dengiz nihimi oʻrtasida, Atlantika havo massalari uni ancha yumshatib turadi. Yanvarning oʻrtacha harorati janubi-gʻarbda — 4,4 °C, shimoli-sharqda — 8 °C, iyulniki shimolda 17 °C, janubda 18,8 °C. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 550 – 700 mm. Yogʻinning kup qismi yoz oylariga toʻgʻri keladi. Botqoqliklar, daryo va koʻllar koʻpligidan yerlari zax. Vegetatsiya davri shimoli-sharqda 178 kun, janubi-gʻarbda 208 kun.
|
|
Belgiya
|
30,528
|
Iqlimi — moʻʼtadil, dengiz iqlimi. Yanvarda oʻrtacha temperatura 3°, 4°, iyulda 18°, 19°. Yillik yogʻin miqdori 700 – 1500 mm.
|
|
Bolgariya
|
110,910
|
Bolgariyaning koʻp qismida iqlim moʻʼtadil kontinental. Janubida Oʻrta dengiz iqlimining taʼsiri bor. Togʻlarda balandlik iqlim mintaqalari mavjud. Tekislik va sertepa joylarda iyulning oʻrtacha temperaturasi 23—25°, yanvar niki — 2° dan 2,5° gacha, toglarda —10,8° gacha. Yogʻinni gʻarbiy va shimoliy gʻarbiy shamollar keltiradi. Yillik yogʻin tekisliklarda 450–600 mm, togʻlarda 850–1300 mm. Yogʻinning koʻp qismi yozning birinchi yarmida yogʻadi. Qurgʻoqchilik boʻlib turadi. Bolgariya daryolarining hammasi togʻlardan oqib tushadi. Yoz oxirida juda sayozlanib qoladi.
|
|
Xorvatiya
|
56,542
|
Xorvatiya sharqida iqlim moʻʼtadil, kontinental. Dinara togʻlarida sovuq qish uzoq davom etadi, dengiz sohilida subtropik Oʻrta dengiz iqlimi. Oʻrtacha yillik yogʻin 600–700 mm, sohilda 1000 mm gacha.
|
|
Kipr
|
9,251
|
Iqlimi subtropik Oʻrta dengiz iqlimi. Yozi issiq (25—35°), qishi yumshoq (10—15°), seryogʻin. Yillik yogʻin tekislikda 300–500 mm, togʻlarda 1000–1300 mm.
|
|
Chexiya Respublikasi
|
78,866
|
Iqlimi mo’tadil. Gʻarbdan sharqqa va ichki soyliklarda kontinentallashib boradi. Tekisliklarda oʻrtacha temperatura yanvarda –2° dan –4° gacha, togʻlarda –8° dan – 10° gacha, iyulda 19–20°, togʻlarda 4–8°. Yillik yogʻin tekisliklarda oʻrtacha 500–700 mm, togʻlarda 1600–2100 mm. Mamlakatjanubiy va gʻarbida uncha katta boʻlmagan koʻllar bor
|
|
Daniya
|
43,094
|
Iqlimi moʻʼtadil dengiz iqlimi, yozi salqin, bahor va kuz fasllari uzok, davom etadi. Kishi yumshoq. Fevralda oʻrtacha temperatura 0°, iyulda 15—16°. Yillik yogin 600–900 mm. Yogʻinning koʻp qismi kuzda yogʻadi, bahorda va yozda yogʻin kam boʻladi. Tez-tez tuman tushadi.
|
|
Estoniya
|
45,226
|
Iqlimi dengiz iqlimidan kontinentallikka oʻtuvchi oraliq iqlim, sharqi va janubi-sharqida kontinentallik ortib boradi. Tallinda fevralning oʻrtacha temperaturasi — 5,5°, iyulniki 16,6°. Iillik yogʻin 600–700 mm; eng koʻp yogʻin janubi-sharqda yogʻadi.
|
|
Finlandiya
|
336,593
|
Iqlimi moʻʼtadil, shimolida kontinental iklim. Boltiq dengizi va Golfstrim oqimining yaqinligi iqlimga yumshatuvchi taʼsir qiladi. Oʻrtacha temperatura fevralda —3° dan — 14° gacha, iyulda 14° dan 17° gacha. Yillik yogʻin 600– 700 mm.
|
|
Fransiya
|
547,030
|
Iqlimi asosan uch xil: okean, kontinental va dengiz iqlimi. Fransiya iqlimi qishloq xoʻjaligi uchun qulay. Mamlakatning koʻp qismida okean iqlimi. Gʻarb va shimolida Atlantika okeanidan nam havo oqimi kelib, mo'tadil iqlimni hosil qiladi: yozda salqin, qishda iliq. Yil boʻyi yomgʻir yogʻib turadi. Oʻrta dengiz sohillari, Yura, Rona pasttekisliklari va Korsikaning iqlimi subtropik. U yerlarda qish iliq, yoz esa quruq va issiq. Sharq va shimoli-sharqdagi tekislik hamda pasttekisliklarda yanvar -fevralda oʻrtacha temperatura 13°, gʻarb va janubi-gʻarbda 5—7°, mamlakat janubida 8—10°. Iyul va avgustda tekisliklarda 16—18°, shimolida 20—22°, janubi-gʻarbda 23—24". Yillik yogʻinning eng ko'pi (1500-2000 mm) Alp, Vogez, Sevenn va Pirenei togʻlarining gʻarbiy qismiga toʻgʻri keladi
|
|
Gruziya
|
69,700
|
Iqlimi subtropik iqlim bilan moʻtadil iqlim orasida. Kolxida pasttekisligida dengiz sathidan 500 – 600 m balandlikkacha nam subtropik iqlim (yanvarda harorati 5 — 7 °C) boʻlib, yogʻin koʻp yogʻadi (1200 – 2600 mm). Iveri botigʻida yanvarning oʻrtacha harorati — 2 °C dan —3 °C gacha, qish bilan yoz harorati oʻrtasida tafovut katta[4], yogʻin kamroq (300 – 800 mm). Eng issiq oy — avgust harorati 23 °C — 26 °C. Gruziyaning janubdagi togʻlikda iqlim ancha kontinental boʻlib, qishi qattiq sovuq, ozroq qor yogʻadi[
|
|
Germaniya
|
357,168
|
Iqlimi moʻtadil, dengiz iqlimi, gʻarb va shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa tomon dengiz iqlimidagi moʻtadil-kontinental iqlimga oʻta boradi. Yanvarning oʻrtacha harorati pasttekislikda 1,5 °C dan togʻlarda — 6 °C gacha; qishda sertuman, qor tez erib ketadi. Iyulning oʻrtacha harorati pasttekislikda 18 °C dan janubiy vodiylarda 20 °C gacha. Yillik yogʻin miqdori 600-800 mm. Baland togʻlarda yoz salqin, yogʻin 1000-2000 mm.
|
|
Gretsiya
|
131,957
|
Iqlimi Oʻrta dengizga xos subtropik, qishi sernam va yumshoq; yozi issiq va quruq. Afinada yanvarning oʻrtacha harorati 4— 12 °C, iyulniki 25—27 °C. Yogʻin shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa kamayib boradi. Oʻrtacha yillik yogʻin togʻlarda 1500 mm gacha, tekisliklarda 400–700 mm (80 % i qishda yogʻadi). Mamlakat shimolda iqlim sovuq, qishda harorat 0 °C dan past boʻladi.
|
|
Islandiya
|
103,000
|
Iqlimi subarktika, dengiz iqlimiga, Golfstrimning taʼsiri kuchli. Sohilda yanvarning oʻrtacha temperaturaasi — 1, —3°, iyulniki 9, 1G. Yillik yogʻin 500–4000 mm. Islandiyaning markaziy qismlarida qishda 5 oygacha qor erimaydi. Islandiya maydonining 11,8 ming km2 muzlik. Yiriklari: Vatnayyokudl (mayd. 8400 km2, qalinligi 1000 m) va boshqa.
|
|
Irlandiya
|
70,280
|
Iqlimi — moʻʼtadil okean iqlimi, obhavosi beqaror, seryomgʻir, tuman koʻp tushadi, tez-tez shamol esadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 5—8°, iyulniki — 14—16°. Yillik yogʻin 700–2000 mm.
|
|
Ukraina
|
603,628
|
Iqlimi, asosan moʼtadil kontinental. Gʻarbdan sharqqa tomon iqlimning kontinentalligi kuchayadi. Shimolidan janubiga tomon yoz bilan qishning temperaturadagi farqi ortib, qor qoplamining qalinligi va saklanish muddati, yogʻin miqdori, nisbiy namlik kamayib boradining urtacha temperaturasi shimoli-sharqda −7°, −8°, iyulda shimoli-gʻarbda 18-19°, janubi-sharqda 23-24°. Yillik yogʻin shimoli-gʻarbda 600–700 mm, janubi-sharqda 300 mm gacha, Ukraina Karpat togʻlarida 1200–1600 mm.)
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
1.T. V.Vlasova ,,Materiklar tabiiy geografiyasi”1-tom 1982
2.T. V.Vlasova ,,Materiklar tabiiy geografiyasi” 2-tom 1982
3.I. S.Shukin ,,Geomorfologiya Sredni Azii”M.M.1985
4.P. Bratov ,,O`rta osiyo daryolari”Toshkent 1991
5. M. Qoriyev ,,O`rta osiyo tabiiy geografiyasi”Toshkent o`qtuvchisi 1968
6. .www.huu.uz/kengash/dowhload/geografiya.doc
7.http//www.huu.uz/tematr/geografiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |