O’ZBEKISTON GEOGRAFIK ATLASI
1-rasm. O’zbekiston geografik atlasi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI YER RESURSLARI, GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA DAVLAT KADASTRI DAVLAT QO’MITASI
TOSHKENT-2016
TAHRIR HAY’ATI
TAHRIR HAY’ATI RAISI
S.A. Arabov – “Davyergeodezkadastr” davlat qo’mitasi raisi.
TAHRIR AY’ATI RAISI O’RINBOSARI
T.M. Abdullayev – Texnika fanlari nomzodi, “Yergeodezkadastr” davlat qo’mitasi raisining birinchi o’rinbosari.
HAY’AT A’ZOLARI
O.I. Babushkin – Geografiya fanlari nomzodi, O’zMU dotsenti.
F.H. Hikmatov – Geografiya fanlari doktori, O’zMU professori.
R.N. Ibragimov – Geologiya-mineralogiya fanlar doktori, O’zRFA qoshidagi seysmologiya instituti yetakchi ilmiy xodimi.
S.Sh. Ibragimova – “Kartografiya” IIChDK bosh direktori.
I.G. Kremnyov – Geologiya-mineralogiya fanlar doktori, “KGSQE” DK yetakchi geofizigi.
O.V. Mitropolskiy – Biologiya fanlari doktori, karantin va o’ta xavfli infeksiyalar profilaktika markazi, zoologiya labaratoriya boshlig’i.
V.V. Mixaylov – “MRITI” DK magnatizm sektori boshlig’i.
B.I. Pinxasov - Geologiya-mineralogiya fanlar doktori, “GIDROMUHGEO instituti” DK yetakchi xodimi.
V.A. Popov – Geografiya fanlari nomzodi, O’zMU geoekologiya labaratoriyasi boshlig’i.
V.Ye. Sektimenko – Qishloq xo’jaligi fanlari nomzodi TADITI kata ilmiy xodimi.
N.M Umarov – Geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, “Tabiatni muhofaza qilish” davlat qo’mitasi raisi
A.M. Yusupjanova – “Yergeodezkadastr” davlat qo’mitasi geodeziya va kartografiya bo’limi bosh mutaxasisi.
Yu.I. Shirokova – Qishloq xo’jaligi fanlari nomzodi, ISMITI gidromeliorativ sistemasi melioratsiya va ekspluatatsiya seksiyasi boshlig’i.
Bosishga ruxsat berildi 2016y 15.06.
Qog’oz bichimi 70x100.
Bosma taboq 24, shartli bosma taboq 31.1.
Buyurtma №251, adadi 500 nusxa.
“Kartografiya” ilmiy-ishlab chiqarish davlat korxonasi 100170, Toshkent sh., Ziyolilar ko’ch., 6.
Mazkur atlasda tabiiy-geografik o’rni va umumiy tavsifi, yer ostining geologik tuzilishi va resurslari, relyef, iqlim, yer usti suvlari, tuproqlar, o’simliklar, hayvonot dunyosi, landshaftlar va tabiiy-geografik rayonlashtirish, sug’oriladigan yerlar irrigatsiyasi va melioratsiyasi, atrof-muhitni muhofaza qilish kartalari berilgan hamda geografik nomlar berilgan bo’lib, har bir nomga tegishligini aniqlovchi nomenklatura atamasi bilan birga ko’rsatiladi. Nomenklatura atamalari berilgan qisqartmalar ro’yxatiga ko’ra to’liq yoki qisqartirilgan shaklda ko’rsatilgan. Har bir nomga berilgan obyekt joylashgan joyning to’ri koordinatasini vujudga keltirgan trapetsiyani aniqlovchi indeks-harf va raqam va betning raqami berilgan. Nomlari bir necha trapetsiyada joylashgan obyektlar indekslari nomining birinchi harfi bilan berilib, obyektning joylashgan o’rnini aniqlovchi izohlar bilan to’ldirilgan. Ma’muriy birlik nomlari, masalan: Guliston (Sirdaryo vil) 36-37 F-4 shunday izohlarga kiradi.
O’zbekiston Respublikasi gipsometrik xaritasi, O’zbekiston geografik atlasining 86-87-betlarida berilgan bo’lib, 1:2 500 000 masshtabda tasvirlangan. Kartaning daraja to’rlarining chegarasi, geografik to’rda, geografik kenglik kartaning janubiy qismi φ=56˚ 00ʹ, shimoliy qismi esa φ=74˚ 00ʹ, geografik uzoqlik kartaning ga’rbiy qismida λ=38˚ 00ʹ, sharqiy qismida λ=46˚ 00ʹ va shu chegarada tasvirlangan obyektlarni o’rganib chiqamiz. Obyektlar kartada maxsus karta uchun ishlab chiqilgan shartli belgilar bilan tasvirlanadi. O’zbekiston Respublikasi gipsometrik xaritasida, faqat respublikaning relyefi tasvirlangan. O’zbekiston Respublikasi janubdan Afg’oniston, va janubi- g’arbdan Turkmaniston, sharqdan Qirg’iziston Respublikasi, janubi-sharqdan Tojikiston Respublikalari hamda shimoldan Qozog’iston Respublikasi bilan chegaradosh.
Do'stlaringiz bilan baham: |