Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari


Oilaning vazifa va mezonlari



Download 5,32 Mb.
bet34/150
Sana29.08.2021
Hajmi5,32 Mb.
#158420
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   150
Bog'liq
Аҳоли геогр ва дем янги 2020 2021 TOSHKENT

2. Oilaning vazifa va mezonlari. Demak oila turli mezonlar asosida tashkil topar ekan, ushbu mezonlarni o’z mazmuniga ko’ra, shartli ravishda demografik, ijtimoiy va iqtisodiy mezonlarga ajratish mumkin.

Oilaning demografik mezonlarga ko’ra turlari:

1. Ma’lumki oila tashkil bo’lishiga avvalo erkak bilan ayol o’rtasidagi nikoh birligi asos bo’ladi. Ana shu nikoh birligiga asosan oila ikki turga bo’linadi.

Poligam-ko’p nikohli oilalar, bunday oilalar bir erkak, bir nechta ayol bilan nikohda turishi, oila ko’rishi mumkin.

Monogam-bir nikohli oilalar, ya’ni bir erkak bir ayol bilan nikohda turadi, oila quradi.

qayta tuzilgan –ikkinchi nikohli oilalar.

2. Oila unda istiqomat etuvchi oila a’zolarining tarkibiga qarab ham turlarga bo’linadi:

Oddiy (nuklear) oila, unda er-xotin nikohga kirmagan, ya’ni turmush qurmagan farzandlari bilan yashaydi. Bunday oilalar turlari eng ko’p tarqalgandir.

Murakkab (ko’p bo’g’inli) oilalar, bunday oilalarda ikki yoki undan ortiq, avlod vakillari istiqomat etishadi. Masalan, ota-ona oila qurgan farzandi va nabiralari bilan yoki bobo, buvi, ota-ona va farzand o’z bolalari bilan istiqomat etishadi.

3. Oila yadrosini tashkil etgan er-xotin hayotligiga, shu oilada birga yashash va yashamasligiga qarab ham oilalar turlicha bo’ladi.



  • Tugal (to’liq) oilalar, er-xotin xayot bo’lgan va birga yashagan oilalar.

  • Tugalmas (noto’liq) oila. Bunday oilalarda oila asosini tashkil etgan er xotinning biri hayot emas yoki shu oilada yashamaydi.

  1. Oilada istiqomat etuvchi oila a’zolarining miqdoriga ko’ra:

Kichik oilalar (2-4 kishilik)

O’rta oilalar (5-6 kishilik)

Katta oilalar (7-8 va undan ko’p kishilik) mavjuddir.


  1. Bolalar soniga ko’ra: farzandsiz, bir bolali, kam, o’rtacha va ko’p bolali oilalar (davlatlarda, turli davrlarda ushbu mezonlar turlichadir.) ga ajratish mumkin

Oila jamiyatda tutgan ijtimoiy o’rniga, ya’ni er-xotinning ijtimoiy sinfiga, guruhiga qarab ham turlarga bo’linadi. Oilaning bo’nday ijtimoiy turlari, turli ishlab chiqarish usuli hukmron jamiyatda turlicha bo’lgan. Masalan, sobiq sovet hokimiyatida sosialistik ishlab chiqarish usuli hukmron edi. Ushbu davrda jamiyatda asosan 3ta ijtimoiy sinf qayd etilar edi. Ular, ishchi xizmatchi va kolxozchi sinflar bo’lgan. Bunday sharoitda ba’zi oilalarda er-xotin bir xil ijtimoiy, sinfga, guruhga mansub bo’lsa (eri ham, hotini ham ishchi, ziyoli yoki kolxozchi), ba’zi oilalarda esa er-xotin turli ijtimoiy guruhga mansub (eri ishchi, xotini ziyoli, eri kolxozchi, xotini ishchi va x.k.) bo’lgan. Shu bois, oilalar ijtimoiy holatiga ko’ra 2 guruhga bo’lish mumkin:

  1. Er-hotin bir xil ijtimoiy guruhga mansub oilalar (ishchi oilalar, xizmatchi oilalar, dehqon, tadbirkor, savdogar, olimlar, san’atkor, hunarmand va h.k. oilalar).

  2. Er-hotin turli ijtimoiy guruhga mansub oilalar.

  3. Er-hotinni ma’lumotlariga ko’ra turlari:

o’rta ma’lumotli, o’rta maxsus, yordamchi maktab ma’lumoti va oliy ma’lumotga ega bo’lgan oilalar, ma’lumotsiz (savodsiz) oilalar.

  1. Oilaning «yoshiga» ko’ra yosh oila (1 yilgacha, 3-5 yillik, 6-10 yillik turmush tajribasiga ega bo’lgan oilalar), o’rta yoshdagi oila, yetuk oila.

  2. Oilaning hududiy jihatlariga ko’ra;

shahar, qishloq va aralash tipdagi oilalar.

  1. Oiladagi er-xotin va boshqa oila a’zolarining tutgan o’rniga qarab;

Avtoritar oila (oiladagi hamma muammoni bir kishi er yoki xotin, qaynota yoki qaynona hal etadi).

Demokratik oila (oiladagi har qanday muammolarni ko’pchilik bilan kelishilgan holda hal tiladi).



  1. Er hotinning millatiga ko’ra;

Bir millatli (er xotin bir bir xil millatga mansub) va baynalminal (er-hotin turli millatga mansub) oilalar.

Olaning yuridik xususiyatiga ko’ra turlari; Rasmiy oila (nikohdagi oila) va norasmiy oila (nikohga kirmagan, nikohdan tashqari)

Oila paydo bo’lgandan to hozirgi davrga qadar u bajarib kelgan vazifalar chuqur ilmiy tahlil etilsa, ularni asosan uch yo’nalishda ifodalash mumkin. Bu yo’nalishlar farzandlarning tug’ilishi, ularni tarbiyalash va moddiy ehtiyojini qondirishdir. Shuning uchun ham oila vazifalarini uch guruhga ajratish maqsadga muvofiqdir.

Oilaning demografik vazifasi.

Oilaning ijtimoiy vazifasi.

Oilaning iqtisodiy vazifasi.

Oilaning demografik vazifasiga–uning demografik faoliyati, ya’ni oilada farzandlarning tug’ilishi, inson naslini, jamiyatni davom ettiruvchi-avlod yaratish kiradi.

Oilaning ijtimoiy vazifasiga-oilada faorzandlarni tarbiyalash, inson sifatida kamolga yetkazish, ularning tabiatga, jamiyatga va o’zaro munosabatlarini shakllantirish, dam olish va salomatligini tiklash kabilar kiradi.

Oilaning iqtisodiy vazifasiga oila a’zolarini oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa yashash uchun zarur bo’lgan moddiy vositalar bilan ta’minlash kiradi.


Download 5,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish