5. O’tish irqlari va ularning o’ziga xos xususiyatlari. O’tish (oraliq) irq – ikki asosiy irq belgilarini namoyon qilgan irqiy ko’rinishdir. Uning quyidagi asosiy ko’rinishlari mavjud:
efiop
dravid
ural
janubiy sibir
polinez
kuril’.
Katta irqlar to’qnashgan hududlarda oraliq irqiy tiplar vujudga kelgan. Oraliq irqlar shu darajada uzoq o’tmishda shakllanganki, endilikda ular ikki irqning aralashishi natijasimi, yoki katta irqlarning ular bo’lingungacha bo’lgan xususiyatlarni o’zida saqlab qolganmi ekanligini aniqlash qiyin. Aralash irqiy tiplar esa nafaqat qadimda, shu bilan birga, o’rta asrlarda hamda yangi va eng yangi tarixda yuzaga kelgan. Yevropoid va mongoloid irqlari oralig’ida Ural va Janubiy Sibir’; yevropoid va negroid-avstroloid irqlari oralig’ida SHarqiy Afrika (Efiop) va Janubiy xind (dravid); mongoloid va negroid-avstroloid irqlari oralig’ida Polinez va Kuril’ (ayna) oraliq irq ko’rinishlari shakllangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |