Mustahkamlash uchun savollar:
Irq nima?
Irqlarning tarqalishida nechta mintaqa ajratiladi?
G’arbiy markazdan qaysi irqlar tarqalgan?
SHarqiy markazdan qaysi irqlar tarqalgan?
Aralash irqlar nima?
O’tish irqlari nima?
8- mavzu: (2 Soat ) Dunyo dinlari va diniy tarkib xaqida tushuncha
Reja:
Dinlar haqida tushuncha.
Dinlarni guruhlashtirish.
Dinlarning geografik tarqalishi.
Tayanch tushunchalar: din, primitiv din, mahalliy din, dunyoviy din.
1. Dinlar haqida tushuncha. Din oliy ilohiy mavjudotga e’tiqod qilishi asosida kelib chiqqan, insonlarning ahloqiy normalarini tartibga soladigan madaniyat shakli hisoblanadi. U italyancha “religio” so’zidan olingan bo’lib, e’tiqod, ishonch degan ma’noni bildiradi. Turli tarixiy voqealar va hozirda ro’y berayotgan hodisalar hamda milliy munosabatlar mohiyatini tushunish uchun o’sha mamlakat yoki mintaqa aholisi diniy tarkibiga e’tibor qaratish zarur. Aholi diniy tarkibi bilan tanishishdan avval quyida dinlar tarixi haqida qisqacha ma’lumot berilgan:
Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi va dastlabki davlatlar yuzaga kelishi bilan ajdodlar ruhiga topinish, dehqonchilik va chorvachilikka xos ibodatlar muhim ahamiyat kasb eta boshladi, ruhlarning ierarxiyasi paydo bo’ldi, alohida tabaqa sifatida kohinlik ajralib chiqdi. Jamiyat sinfiy tabaqalashuvi shunda ham o’z aksini topdiki, din oliy va quyi xudolarga (politeizm) bo’lindi, keyinchalik bu jarayonlar yakkaxudolikni (monoteizm) keltirib chiqardi.
Eramizdan avvalgi II mingyillikda hozirgacha saqlanib qolgan dinlar tashkil topdi. Eng qadimiy shunday dinlardan biri Old Osiyoda yuzaga kelgan iudaizm bo’lib, u dastlab politezmga asoslangan, keyinchalik monoteizmga o’tgan. Er. avv. I mingyillik boshlarida shu mintaqada boshqa din – zoroastrizm (uning asosida dualizm – yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi kurash haqidagi tasavvur yotadi) rivojlana boshladi, eramizning XI asrida uning tarmoqlaridan biri – yazidizm paydo bo’ldi. Osiyoning boshqa hududlarida politeistik dinlar shakllandi. Janubiy Osiyoda hukmron bo’lgan kasta tuzumi orqali shuhrat qozongan braxmanizm va kasta tuzumini inkor qiluvchi jaynizm (er. avv. VI-V asrlar) shular jumlasidandir. Er. avv. VI-V asrlarda Xitoyda deyarli bir vaqtda ikki falsafiy-axloqiy ta’limot – daosizm i konfusiylik yuzaga keldi va keyinchalik ular alohida dinlarga aylandi. Yaponiyada ibtidoiy jamoa tuzumi davridan bu mamlakatda hukmron bo’lgan ajdodlarni hurmatlash va tabiatga topinish asosida sintoizm vujudga keldi.
Yer yuzi bo’ylab juda katta hududlarda tarqalgan ayrim dinlar jahon dinlari nomini oldilar (odatda ularga buddizm, nasroniylik va islomni kiritadilar).
|
Eramizning I mingyilligi boshlarida Old Osiyoda monoteistik din – nasroniylik yuzaga keldi. 1054 yilda u ikki: pravoslav va katolik yo’nalishlariga ajraldi. XVI asrda katolik dinidagi islohotlar natijasida undan (Rim papasi hokimiyatini inkor qiluvchi va ilk nasroniylikka qaytishni yoqlovchi) protestantizm ajralib chiqdi. Protestantizm bir qancha mustaqil oqimlar (eng yiriklari: anglikanlar, lyuteranlik, kalvinizm, reformatlar va h.k.) ko’rinishida shakllandi va o’z navbatida ular ham mayda bo’lakchalarga bo’linib ketdi. Nasroniylik tarkibida yuqorida qayd etilgan uchta (pravoslav, katolik va protestant) asosiy tarmoqdan tashqari, yana ikkita nisbatan kam tarqalgan, V asrda shakllanib, diniy marosimlari pravoslavlarga yaqin bo’lgan monofisit va nestorian yo’nalishlari mavjud.
|
9-chizma. Xristian dinining mintaqaviy tarqalishi
|
|
Boshqa monoteistik din – islom – VII asrda arablar orasida shakllandi. Yangi din oradan ko’p o’tmay uchta: sunniy, shia va xorijiy yo’nalishlariga ajralib ketdi. Sunniylik va shialik o’rtasida siyosiy masalalarda, ayrim diniy marosimlar va an’analar bo’yicha tafovutlar mavjud. Siyosiy tafovut shundaki, agar sunniylar xalifalik hokimiyatini yoqlasalar, shialar esa imomat tarafdoridirlar. Diniy marosimlar va an’analardagi farqlar ham anchagina. Sunniylikda shialikda mavjud bo’lgan “Muta”, “Shaxsey-Vaxsey” va boshqa marosimlar yo’q.
|
10-chizma. Islom dinining mintaqaviy tarqalishi
|
Sunniylar Makka va Madina shaharlarini muqaddas hisoblasalar, shialar Iroqdagi Karbalo va Najaf shaharlarini muqaddas deb biladilar. Sunniylar Sunnani butunligicha etirof etadilar, shialar esa uning ba’zi qismlarinigina tan olishadi. Bu oqimlar orasida bunday tafovutlar juda ko’p, shu bilan birga, malum o’xshashliklar ham bor. Masalan, mahdiylik – zamona oxir bo’lishi va Mahdiy (arabcha, Olloh tamonidan to’g’ri yo’lga yetaklovchi) kelishi haqidagi diniy ta’limot ikkala oqimda ham mavjud. Xorijiylar sunniylarga yaqin bo’lib, ular o’z izdoshlariga qattiq talablarni qo’yadilar – zeb-ziynatni qoralaydilar, musiqa va raqsni ta’qiqlaydilar va h.k.
Alohida dinlarga e’tiqod qiluvchilar soni haqidagi ma’lumotlar birmuncha noaniq va ishonchsiz bo’lishiga qaramasdan, harholda ular turli dinlarning ta’sirini baholash imkonini beradi. Nasroniylarning umumiy soni dunyo bo’yicha – taxminan 1,2 mlrd. dan ortiq bo’lib, shundan katoliklar – 700 mln., protestantlar – 400 mln. va pravoslavlar – 100 mln. kishi atrofida. Katoliklarning asosiy qismi Amerikada (ular umumiy sonining yarmidan ko’prog’i) to’plangan; Yevropada taxminan 200 mln.kishi, Osiyo va Afrikada – 100 mln. kishidan. Protestantlarning 40%i Amerikada, 1/3 qismi Yevropada (asosan qit’aning shimoliy qismida), Afrika va Osiyoda mos ravishda 40 va 70 mln., Avstraliya va Okeaniyada – taxminan 20 mln. kishi. Pravoslavlar va boshqa sharqiy cherkovlar izdoshlari Janubi-Sharqiy Yevropa, Rossiya va Shimoliy-Sharqiy Afrika aholisi orasida keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |