Geografiya va ekologiya fakulteti ekologiya kafedrasi


Mavzuni o’rganish uchun qo’ydagilarni bajaring



Download 5,64 Mb.
bet101/102
Sana10.07.2022
Hajmi5,64 Mb.
#773686
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   102
Bog'liq
1a97bd919cd8d00e708e3ae1ee8d250f GIDROEKOLOGIYA

Mavzuni o’rganish uchun qo’ydagilarni bajaring.

    1. Yer yuzida chuchuk suvlarning tarqalish geografiyasini o’rganib chiqish.

    2. O’zbekistondagi chuchuk suv zahiralarini xaritaga tushirish.

    3. Qo’shimcha chuchuk suv zahiralarini tahlil qilib chiqish.

    4. Dengiz suvlarini chuchuklashtirish usullarini o’rganish.

5.Suv sifatiga bo’lgan gigiyenik talablarni belgilaydigan Davlat standartlarini o’rganib chiqish.
6.Ichimlik suv kimyoviy tarkibi me’yorlari to’g’risidagi jadval ma’lumotlarni chizish va tahlil qilib chiqish.
Aholini markazlashtirilgan toza ichimlik suv bilan ta’minlashning rivojlanishi suv tarkibi odamlar uchun zararli moddalardan holi bo’lishiga yordam beradi, suvning sifati yuqori darajada yaxshilanishini ta’minlaydi, aholini turli yuqumli kasalliklardan saqlaydi.
Suvning sifat darajasini oshiruvchi ko’rsatkichlarni belgilovchi me’yorlarni ishlab chiqish XIX asr ikkinchi yarmidan boshlaboq ishlab chiqila boshlagan bo’lsa-da, lekin dastlabki vaqtlarda suvni tozalash usullarining murakkab shakllari hali yaratilmagan edi. Asosiy e’tibor suvning organoleptik xususiyatlarini yaxshilashga qaratilardi.
XIX asr oxirlarida suv sifatini baholash uchun bakteriologik tahlillar o’tkazila boshlandi. Suv uning muayyan miqdoridagi mikroblar soniga qarab, sanitariya jihatidan baholandi. So’ngra suvning epidemik xavfli tomonini baholash uchun undagi ichak tayoqchasi mikrobi (E. Coli) aniqlandi.
Keyinchalik ichak tayoqchasi indeksining ko’rsatkichi gigiyena fanida ishlatila boshlandi. Bunda 1 litr tsuvdagi ichak tayoqchasi mikrobi nazarda tutilardi. Bu ko’rsatkich hozir ham o’z mavqyeini saqlab kelmoqda.
Aholini markazlashgan toza ichimlik suv bilan ta’minlashning rivojlanishi ichimlik suvga nisbatan talabnigina emas, shuningdek suv manbalariga nisbatan ham talabni oshirib yubordi.
Hozir bu borada qo’yidagi Davlat standartlari amal qiomoqda: Davlat standarti – 28 - -h74 – 82 «Ichimlik suv»; Davlat standarti 27 – 61 – 84 «Markazlashgan xo’jalik ichimlik suv ta’minoti manbalari».
Aholini toza ichimlik suv bilan ta’minlashga kata ahamiyat beriladi. Avvalo tanlanadigan suv manbalari davlat standarti 28 – 74 – 82 «Ichimlik suv»ga sifat jihatdan to’g’ri kelishi yoki yaqin bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Bunday talablarga chuqur joylashgan yer qatlami oraliq yuqori bomiga ega bo’lgan suvlargina javob beradi.
Mabodo shunday suv manbalari topilmasa, yoki ular zahirasi kamlik qilsa, yoki sanitariya holati va sifati yaxshi bo’lmasa, bosimsiz qatlamlar aro yer osti suvlari qidiriladi. Yuza joylashgan suv manbalari eng keyingi navbatda tanlanadi.
Har qanday holatda ham tanlangan manbadagi suvning sifati gigiyenik talablarga javob bermasa, bunday suvga vodoprovod inshootlarida maxsus ishlov beriladi. Suvga davlat standarti talabi darajasida ishlov beriladi va ichimlik suv sifatida aholiga tarqatiladi.
Suv sifatini standartlash suv iste’moli tufayli kelib chiqadigan kasalliklar oldini olish imkonini beradi.
Ichimlik suv sifatiga bo’lgan talab tobora oshib bormoqda. Suvda uchraydigan har qanday bakteriyalar va boshqa tarkibiy moddalar uchun gigiyenik me’yorni ishlab chiqish to’rt bosqichni boshdan kechiradi.
28 – 74 – 45 raqamli Davlat standarti ichimlik suvga nisbatan qo’yidagi talablarni qo’yishni ko’zda tutadi:
1) ichimlik suvlar o’z epidemik sifati jihatidan kasalliklar tarqalishi xavfini bartaraf etishi;
2) kimyoviy tarkibiga ko’ra odam uchun zararsiz bo’lishi;
Ichimlik suv kimyoviy tarkibining me’yorlari (Davlat standarti 28 -74 – 82 «Ichimlik suv»)

Kimyoviy moddalar

Me’yorlar mg/litr

Qoldiq, alyuminiy
Berilliy
Molibden
Margumush
Nitratlar
Qoldiq poliakrilamid
Qo’rg’oshin
Selen
Stronsiy
Ftor
1 va 2 – iqlimiy rayon uchun
3 - «
4 - «

0,5 gacha
0.0002 gacha
0,25 gacha
0,05 gacha
45 gacha
2 gacha
0,03 gacha
0,001 gacha
7,0 gacha
1,5 gacha
1,2 gacha
0,7 gacha

Davlat standarti 28 – 74 – 82 ning yil bo’yicha ichimlik suvlarni bakterial tozalashni ko’rsatuvchi me’yori

Ko’rsatkichlar

Me’yorlar

1 m/l suv tarkibidagi mikroblar soni
1 litr suvdagi ichak tayoqchalari bakteriyalari guruhi (koliindeks)

100 dan oshmasligi kerak
3 dan oshmasligi kerak

Yangi ilmiy asoslar negizida ichimlik suvlarni va vodoprovod tizimi samarali ishlashini davlat standarti bilan nazorat qilish uchun vodoprovod suvi butun vodoprovod tarmoqlarida mazkur standart talabiga javob berishi kerak.
Davlat standarti bo’yicha suvning epidemiologik xavfsizligini ta’minlash uchun bevosita ko’rsatkichlar – 1m/l suvdagi saprofit mikroblar soni va ichak tayoqchasi guruhi bakteriyalarining koliindeksidan foydalaniladi.
Yangi davlat standarti suvning kimyoviy tarkibiga 20 ta ko’rsatkich kiritgan, ularning aksariyati suvning tabiiy tarkibida bo’lib, ayrimlari suvning sifatini yaxshilash maqsadida unga ishlov berishda vodoprovod inshootlarida qo’shiladi.
28 – 74 – 82 raqamli yangi standartda («Ichimlik suv») suv organoleptik xususiyatlarining ruxsat etiladigan darajada o’zgarishi me’yorlari keltirilgan.
Sanepidstansiya muassasalari ruxsati bilan suvning rangi 350S gacha, loyqaligi – 2 mg/litrgacha ko’tarilishi mumkin.
28 – 74 – 82 Davlat standarti bo’yicha suv organoleptik xossalarining ta’sir etuvchi ko’rsatkichlari me’yori

Ko’rsatkichlar

Me’yorlar

Vodorod ko’rsatkichi, rN
Temir, mg/l
Suvning umumiy kattaligi, mg ekv/l
Miss, mg/l
Qoldiq polifosfatlar (RO 3 – 4), mg/l
Sulfatlar
Xloridlar, mg/l
Quruq qoldiq, mg/l
Rux, mg/l

6,0 – 9,0
0,3 gacha
7 gacha
0,1 gacha
0,1 gacha
3,5 gacha
500 mg gacha
1000 gacha
5,0 gacha

Ichimlik suvning organoleptik xususiyati me’yorlari

Ko’rsatkichlar

Me’yorlar

200S va 600S da isitiladigan suv hidi, ball
200S da suvning mazasi, ball
Suvning rangi, gradus
Suvning loyqaligi, standart bo’yicha mg/l

2 gacha
2 gacha
20 gacha
1,5 gacha




Download 5,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish