Torf botqoqliklarining rivojlanishi.
Botqoqlik suv oqimlari daryochalar va irmoqlar kabi torflangan hamda botqoqlashgan birlamchi suv oqimlari va botqoqlik hosil bo’lishi bilan shakllangan ikkilamchi suv oqimlariga bo’linadi. Ikkilamchi suv oqimlarida suvning oqimi juda sekin, suv sarfi esa juda kam.
Torflar botqoqliklari – o’ziga xos botqoqlik suv obyektlari bo’lib, ularga kuchli namlangan uchastkalar kiradi. U yerda faol qatlam bo’lmaydi va yer osti suvlari torf qatlamidan yuqorida bo’ladi.
MUSTAHKAMLASh UChUN SAVOLLAR
Botqoqliklar qayerda va qanday paydo bo’ladi?
Torf botqoqliklari deb qanday botqoqliklarga aytiladi va ularning qanday ahamiyati bor?
Botqoqlanish jarayoni qanday tartibda boradi?
12 - MAShG’ULOT
Mavzu Yer osti suvlarining paydo bo’lishi to’g’risidagi nazariyalar va er osti suvlarini muhofaza qilish - 4 soat.
Ko’rgazmali qurollar va jihozlar: Yer osti suvlarining yer ostida joylashish xaritasi, suv tahlili uchun kolbalar, probirkalar, yer osti suvlarining kelib chiqishi to’g’risidagi gepotezalar mualliflari to’g’risida ma’lumotlar, albom, qalam, chizg’ich.
O’rganish tartibi
Yer osti suvlarining fizik xossalariga ularning tiniqligi rangi, ta’mi va harorati kiradi. Tabiiy suvlar tiniq yoki loyqa bo’lib, loyqa suvlarda mineral va organik birikma zarralari ko’p bo’ladi. Tiniq suvda xech qanday zarralar aralashmasi bo’lmaydi. Yer osti suvlari ayrim hollarda temir, vodorod sulfid qo’shilishidan to’q zangori tusda, botqoqlikda esa organik kislotalar ta’sirida sariq tusda bo’ladi.
Yer osti suvlari asosan xidsizdir. Vodorod sulfid suvlaridan palag’da tuxum, organik kislotalarda botqoq hidi keladi.
Yer osti suvlarining harorati suvli gorizontning yotish chuqurligiga, geografik joylashishiga qarab turlicha bo’ladi. Haroratiga qarab suvlar quyidagilarga bo’linadi; juda sovuq - +50S, sovuq, - +100S, iliq - +180S, iliqroq - +250S, issiq - +370S, qaynoq -+400S. Suvning harorati uning tarkibidagi tuz va gazlar miqdorining oz-ko’pligiga ta’sir etadi. Yer osti suvlarida doim ko’p yo oz miqdorda tuzlar, gazlar va boshqa birikmalar erigan holatda bo’ladi. O’rta Osiyo hududida tarqalgan grunt suvlarining tarkibida erigan tuzlar ko’p miqdorda bo’lganligi uchun ular juda ham sho’rdir.
Yer osti suvlari tarkibida erigan tuzlarning umumiy miqdoriga qarab quyidagilarga bo’linadi; chuchuk suvlar (erigan tuzlar 1 g/l.gacha), sho’rroq suvlar (erigan tuzlar 1 g/l dan 10 g/l), sho’r suvlar (erigan tuzlar 10-50 g/l), namakob suvlar (erigan tuzlar 50 g/l dan ko’p).
Yer osti suvlarida erigan tuzlarning qurilish materiallarini yemirish hususiyatiga agressivlik deyiladi.
Suv tarkibida oltingugurtli tuzlar miqdori ko’p bo’lsa, betonni yemiradi. Betonga nisbatan yer osti suvlarining agressivligi quyidagi turlarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |