Adabiyot va qo‘llanmalar
Saliщev K.A. Kartografiya. – M., «Vыsshaya shkola», 1971, s. 186-201.
Safarov E.YU., Prenov SH.M. tabiiy kartalarni loyihalash va tuzish. – Toshkent.: “Universitet”, 2011.
21- Topshiriq.Mavzuli kartalar orqali ob’ektlar hajmini hisoblash
Topshiriqdan maqsad: hodisalarning hajmini aniqlash uchun kartometrik usullardan birortasini qo‘llashni bilib olish, mavzuli kartalar orqali nuqtali paletka yordamida ob’ektlar hajmini aniqlashni o‘rganish.
Topshiriqni bajarish uchun variantlari 15-jadval
Vari-ant №
|
Atlaslarning nomi
|
Hodisaning nomlanishi
|
Bet
|
1
2
3
|
Irkutsk viloyati, 1962
Saxalin viloyati, 1967
Saxalin viloyati, 1967
|
Qor qoplami hajmi
Daryolarning o‘rtacha yillik oqimi hajmi
Daryolarning yillik er osti suvlari bilan ta’minlanganlik hajmi
|
64
87
88
|
4
|
Murmansk viloyati, 1971
|
O‘rtacha yillik yog‘in miqdori hajmi
|
9
|
5
|
Armaniston, 1961
|
Qor qoplami o‘rtacha hajmi
|
29
|
6
|
Ozarboyjon, 1963
|
Yilning issiq vaqtidagi yog‘ingarchilik hajmi
|
49
|
7
|
Ozarboyjon, 1963
|
Daryo havzasidan yillik suv bug‘lanishi hajmi
|
55
|
8
|
Sankt-Peterburg viloyati, 1964
|
Yillik yog‘ingarchilik hajmi
|
20
|
9
|
Antarktika, 1966
|
Drigalsk oroli muzliklari qoplami hajmi
|
157
|
10
|
Antarktika, 1966
|
Ross muzligi tizmasi hajmi
|
171
|
11
|
Dunyoning tabiiy geografik atlasi, 1964
|
Viktoriya ko‘li hajmi
|
56
|
12
|
O‘zbekiston atlasi, 1982
|
YOg‘ingarchilik hajmi
|
67
|
13
|
O‘zbekiston er usti suvlari atlasi, 2007
|
Daryolarning o‘rtacha yillik oqimi
|
18-19
|
Topshiriqni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar.
Hajmni hisoblash uchun dastlab mavzuli kartadan shaffof qog‘ozga hudud chegaralarini belgilash va o‘rganilayotgan hodisaning izoliniyalarini chizib olish talab qilinadi.
2. Millimetrli qog‘ozdan foydalangan holatda shaffof qog‘ozda R qiymatga teng olti burchakli nuqtalar to‘rini tuzish, bunda R qiymati maqsadga muvofiq tarzda 1,0, 1,2 yoki 1,5 smga teng deb qabul qilinadi.
Interpolyasiya yo‘li bilan kartada paletkaning har bir nuqtasi uchun hodisaning qiymatlarini aniqlash.
Hudud bo‘yicha Z qiymatlari yig‘indisi hisoblanadi. Nazorat uchun yig‘indi dastlab paletka qatorlari bo‘ylab va so‘ngra ustunlar bo‘ylab topiladi.
Kartada tasvirlangan ob’ektning hajmi (V) quyidagi formula bilan hisoblab topiladi:
Bu erda, 0,866 R – elementar oltiburchakning maydoni, uning markazi paletka nuqtasi hisoblanadi;
– kartadagi barcha nuqtalar qiymatining yig‘indisi.
– qiymatlar metr yoki km hisobida, hajm esa (V) m3 yoki km3 hisobida ifodalanadi.
Ishlar natijalari kartada berilgan nuqtalar va hisob-langan hajmlar bo‘yicha nusxada bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |