Kartaning dasturini ishlab chiqish kartaning dastrunini ishlab chiqishda iqtisodiy-ijtimioiy kartalashtirishning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqgan holda ish yuritiladi. maqsadi bo’yicha tuzilayotgan har bir ijtimoiy-iqtisodiy karta ma’lum halq xo’jaligi vazifasini echishga mo’ljallanadi. mazmuni bo’yicha esa kartalar ilmiy-ma’lumotnomali, o’quv ishlariga mo’ljallangan, ommabop bo’lishi mumkin.
Kartaning dasturini ishlab chiqishda dastlabki ma’lumotlarning (ro’yxatli-statistik) hududiyligi hisobga olinadi. Bu esa kartaning dasturini ishlab chiqishda va tuzishda ma’lumotlar bilan to’liq ta’minlangan hududiy bosqichni, ya’ni qaysi bosqichda (rayonda yoki viloyat miqyosida) kartalashtirish ishlari olib borilishi mumkinligini belgilaydi. SHunga qarab, kartalashtirish ishlari olib boriladigan hududiy birlik, ma’lumotlarning detallashganlik darajasi, hajmi va ularni hududan bog’lash ishlari, ma’lumotlarni qayta ishlash, to’plashga ketadaigan harajatlar miqdori va h.k. aniqlashtirilishi mumkin.
Ijtimoiy-iqtisodiy kartalashtirishda vaqtni tejash maqsadida eng yangi ma’lumotlar ishga jalb qilinadi, iqtisodiy jihatdan kam harajatli kartalashtirish usullari tanladi, ishga ko’proq aerokosmik materiallar va GAT tizimi jalb qilinadi.
Kartaning masshtabini tanlash Kartaning masshtabini tanlashda qo’yiladagilar e’tiborga olinadi: birinchidan – hududiy jihatdan ijtimoiy-iqtisodiy territorial tizimlar va ularning geografik bog’liqligini qamrab olishlik; ikkinchidan – vaqea va hodisalar uchun qabul qilingan geografik detallashganlik darajasini ifodalashlik; uchunchidan – kartalashtirilayotgan hududning ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar xususiyatlari bilan to’liqligini, ularning ichki tuzilishini va turli-tuman ko’rsatkichlarni to’liq tavirlay olishlik va hokozolar.
Kartaning masshtabini tanlashga uning maqsadi ham ta’sir etadi: ilmiy-ma’lumotnomali va operativ kartalar o’quv kartalariga qaraganda yirik masshtablarda tuziladi. Agar kartalashtirilayotgan hudud iqtisodiy ko’rsatkichlarga juda boy bo’lsa, bu ob’ektlarga alohida qirqim kartalar tuziladi.
Karta mazmunini ishlab chiqish. Kartaning mazmunini ishlab chiqishda ijtimoiy-iqtisodiy kartalashtirishda turli boqichlarda shakllanayotgan tizimlar tarkibining ko’p qirraligiga va murakkabligiga, ko’plab miqdor va sifat ko’rsatkichliligiga, funktsionalligiga va fazoviy bog’liqligiga, dinamik holatdaligi masalalari e’tiborga olinadi. Bu esa ijtimoiy-iqtisodiy kartalarning ko’p qirraligi va bir-biridan funktsional jihatdan ancha farqli ekanligini bildiradi. Masalan, operativ kartalarning mazmuni birmuncha qisqa, tuzilishi oson va kam vaqtni talab qiladi. Ma’lumotnomali kartalarning mazmuni juda keng, aniqligi ancha yuqori, ularni tuzishga esa ko’p vaqt ketadi va h.k.
Kartalarni jihozlashni ishlab chiqish. Ijtimoiy-iqtisodiy kartografiyada kartalarni jihozlash ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarning o’ziga xos geografik xususiyatlaridan kelib chiqgan holda olib boriladi. Kartalarni jihozlashda ob’ektlarning tarqalishiga, miqdor ko’rsatkichlarning mavqiega, makondagi bo’linishiga, hududiy tizimlarning ko’p bosqichligiga va hokozalar. qaraladi. Masalan, diskretli xususiyatga ega bo’lgan ob’ektlar uchun belgilarni tanlashda iqtisodli yondashiladi, murakkab tarkibli va miqdor ko’rsatkichlilari uchun esa bir-biridan kam farqlanadigan belgilar tanlanadi.
Vaqt va makonda hodisalar dinamikasini tasvirlashda katta muammo tug’iladi, masalan, iqtisodiy a’loqalarni, yuk tashish tarkibini, ularning hajmini va hokozalar. Bunday vaqtda legendada birinchi o’ringa baland tabaqali ob’ektlar chiqariladi. Miqdor ko’rsatkichlarga oddiy shkalali belgilarni ishlatishni talab etadi. Ob’ektlarni joylashtirishda bitta belgi bitta kartaga to’g’ri kelishligini ta’minlash kerak, bunday fikr faqat ilmiy-ma’lumotnomali va ma’lumotnomali kartalarga taalluqlidir.
Kartalar legendasini ishlab chiqish. Ko’pchilik hollarda kartalashtirilayotgan hodisalar klassifikatsiyasi parallel yoki ketma-ket tarzda legendada keltiriladi. Ketma-ketlik yo’li ishlatilganda ob’ektlarni qanday tartibda joylashtirish masalasini echish kerak. Odatda birinchi bo’lib voqea va hodisalarning mohiyatini ifodalovchi sifat ko’rsatkichlar, so’ngra esa – ularning nisbiy ko’rsatkichlarini ifodalovchi miqdor ko’rsatkichlar legendada keltirilada. Agar nuqtali va maydonli ob’ektlar kartada ko’rsatilgan bo’lsa, oldin nuqtali ob’ektlar legendasi, keyin esa maydonli ob’ektlar legendasi joylashtiriladi.
Generalizatsiya omillari va metodlari. Ijtimoiy-iqtisodiy kartalashtirishda “loyihagacha bo’lgan umumlashtirish” bosqichi bilan ish olib borishga to’g’ri keladi. Kartalarni loyihalash va tuzishda esa ma’lumotlarni geografik jihatdan to’g’ri joylashtirish jarayonida generalizatsiya ishlari bajariladi. Masalan, geografik jihatdan aniqlangan kartogrammalarni, sifatli ranglarni va hokozalar,
Matematik metodlarni va avtomatizatsiyani ijtimoiy-iqtisodiy kartalarni generalizatsiya qilishda qo’llash vaqtida karta tuzuvchining avtomatlashgan tizimi bilan aloqasi orasidagi ishni alohida ta’kidlash lozim. Agarda shunday aloqa yuqori darajada bo’lsa, kartada tasvirlanayotgan ko’rsatkichlarni geografik jihatdan to’g’ri generalizatsiya qilish, hodisalarning tarkibini, bog’liqligini va fazoviy joylashishini aniq ko’rsatish imkoni yaratiladi. Kompyuter dasturi karta tuzishda ishlatilsa elektron kartalar, generalizatsiyada qo’llanilganda bir qancha variantli tasvirlar hosil qilinishi mumkin.
Kartalarni tuzish ketma-ketligi. Ijtimoiy-iqtisodiy kartalarni tuzishda ishning ketma-ketligi kartalarda tasvirlanayotgan voqea va hodisalar orasidagi bog’liqlikni ifodalashga alohida e’tibor qaratiladi. Kartalarni bir-biri bilan bog’lash uch bosqichda olib boriladi: birinchisi – bitta kartaning mazmunini tasvirlanayotgan ob’ektlari bilan bog’lash; ikkinchisi – ikkita kartaning mazmunlarini bog’lash; uchunchidan – kartalar seriyasi yoki atlas kartalarini o’zviy bog’lash. Bu bobda asosan bitta kartada tasvirlangan voqea va hodisalarni o’zviy bog’lash hamda kartaning mazmunini tashqi (yoki boshqa) hodisalar bilan bog’lash ko’rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |