Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi va berilgan topshiriqqa
mosligi.
Agroiqlim resurslari O’zbekistonda, ayniqsa Xorazm vohasida o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib , ularni alohida mustaqil tabiat unsuri sifatida o’rganishga, tadbiq etishga va qishloq xo’jaligiga ta’siri borasidagi ahamiyatiga ham geograflar tomonidan e’tibor berila boshlandi.
Chunki qishloq xo’jaligini rivojlantirishdagi asosiy omillardan biri agroiqlim resurslari hisoblanadi. Chunki arid hududli Xorazm viloyatining tabiiy sharoitida qishloq xo’jaligi uchun iqlimiy hodisalar ya’ni yilning iliq davrida qora sovuqlar, qurg’oqchilik,quruq issiq shamol garmsellar noqulayliklar tug’diradi.
Bitiruv malakaviy ishning «Kirish» qismida va ilova qilingan matеriallarning tarkibi va bajarilish sifati: Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishni bajarish uchun oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalar, hamda ishning ilmiy va amaliy ahamiyati asosli ravishda yoritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |