Geografiya ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun Mavzu


Agroiqlimiy resurslarning tuproqning shakllanishidagi o`rni



Download 1,37 Mb.
bet22/32
Sana16.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#373074
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
Bog'liq
Urganch davlat universiteti

1.3 Agroiqlimiy resurslarning tuproqning shakllanishidagi o`rni.

Xorazm viloyat yer resurslari вosh boshqarmasi ma`lumotlariga ko`ra, 2004-yilda viloyat yer manbalari fondi 681505 gektarni tashkil etgan bo`lib, shundan 76360 gektari ma`muriy chegaralardan tashqarida (Qoraqolpog`iston Respublikasining Qiziljar massivi) joylashgan.

Qiziljar massivida qishloq xo`jaligi bilan band bo`lgan jami yerlar 68395 ga ni tashkil qiladi.Shundan ekin yerlari 5435 ga, bog`zorlar 22ga, bo`z yerlar 818 ga, pichanzorlar 9427 ga, yaylovlar 52693 ga yer maydoniga ega. Xorazm viloyatining o`z yer teretoriyasida yer manbalari fondi 605145 gektarga teng bo`lib, shundan ekin yerlari 203398 ga, ko`p yillik daraxtlar 13337 ga, bo`z yerlar 4251 ga, pichanzorlar 7 ga, yaylovlar 110016 ga dan iborat.

Viloyat aholisining tomorqalari egallagan umumiy yer maydoni 47611ga ni tashkil qilib, shundan ekin yeri 34172ga bog` va mevali daraxtzorlar 4943 ga,imoratlar bilan band bo`lgan maydon 8496 ga teng. Mintaqada foydalanilmaydigan yerlar jami 166721 ga ni egallagan. Shunday qilib, Xorazm viloyati bo`yicha qishloq xo`jaligi bilan band bo`lgan yerlar 399404 ga teng bo`lib undan ekin yerlari 271793 ga, ko`p yillik daraxtlar 13359 ga, bo`z yerlar 5065 ga, pichanzorlar 9434 ga, yaylovlar 162709 ga maydonga teng.www.unisef.int-

Aholining tomorqa yerlari 47656 ga dan iborat.Shu jumladan ekin yerlari 34205 ga, bog` va mevali daraxtzorlar 4943 ga.

Xorazm viloyatida bog` va sabzavotchilk uyushmalari 91 ga, jami o`rmonzorlar 58371 ga hududni egallagan. Jami foydalanilmaydigan yerlar 174583 ga ni tashkil qiladi.Viloyat hududining kichik bo`lishiga qaramasdan bu yerda xilma-xil tuproqlar tarqalgan.Tuproq hosil bo`lish jarayoni hozir ham davom etmoqda. Tuproq ham o`simlik va hayvonot dunyosi kabi tabiiy qonuniyatlar asosida rivojlanadi.Viloyatdagi mavjud tuproqlar kontinental cho`l iqlimi sharoitida shakllangan. Viloyat tuproqlarining hosil bo`lishida yillik harorat amplitudasi,yog`in miqdori, yer osti suvlarining ham ta`siri katta, shuningdek insonning xo`jalik faoliyat ham tuproq hosil bo`lishidagi omillardan hisoblanadi. Lekin bu omillar ichida iqlimning ro`li nihoyatda muhimdir.

Viloyatda yog`in miqdorining nihoyatda kamligi yog`inga nisbatan bug`lanishning bir necha marta ko`pligi tuproq yuzasida juda ko`p miqdorda tuzlar to`planishiga olib keladi.[30]

Viloyatning geografik joylashuviga ko`ra bu yerga mos keladigan zonal tuproq bo`z tuproqdir. Xorazm viloyati sug`oriladigan tuproqlarining hozirgi meliorativ holati va bu holatni belgilovchi omillar yer osti suvlarining joylashish chuqurligi, iqlim, harorat amplitudasi (yillik), minerallashish darajasi va kimyoviy tarkibi, zaxkash suvlarning miqdoriy va sifat ko`rsatgichlari, tuproqdagi yalpi tuzlar miqdori va ularning turli qatlamdagi zahiralari hamda kollektor-zovur tarmoqlarining bugungi holatlari bilan belgilanadi.

Viloyatda bugungi kunda iqlim, suvlar, shamol ta`sirida yerlarning tuz miqdori ko`paymoqda. Viloyat hududida hozirda jami sho`rlangan yerlar 100 foizni tashkil qilsa, shundan o`rtacha va kuchli sho`rlangan yerlar 56.1 foizni tashkil etadi.

Umuman viloyatda agroiqlim va sug`orish jarayonida tuproqning zararli tuzlardan mo`tadil yuvilish tartiboti qo`llanilayotganligi, tuz balansidagi ijobiy holat, gektaridan 1500-2000 tonna tuz chiqib ketishga erishilyotganligiga qaramasdan ikkilamchi sho`rlanish jarayoni faollashib ekinlar hosildorligining pasayishi kuzatilmoqda. Bunday holatlarning oldini olish maqsadida ko’pgina agrotexnika ishlarini amalga oshirib borib qishloq xo’jaligi ekinlarini hosildorligini oshirish lozim.

Xorazm viloyati tuproqlari agroiqlim resurslari natijasida ko’p yillar davomida tuproqlar holati o’zgarib bugungi ko’rinishga keldi.


Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish