Respublikamizda turizm va uning (eko, agro, tarixiy, diniy, ekstremal, shop) tarmoqlarida xizmat turlarini shakllantirish, hududlarning imkoniyatlarini hisobga olgan holda, turfirmalar sonini ko’paytirish va ularning ixtisoslashuvi hamda hududiy tarkibini takomillashtirish bo’yicha chora - tadbirlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida «turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish» hamda «odamlarning ekologik xavfsiz muhitda yashashini ta’minlash» yuzasidan muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu borada, jumladan, tabiiy sharoiti va ekotizimlari turlicha bo’lgan Namangan viloyatida ekoturizmning hududiylik, davriylik va komplekslik hususiyatlarini tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |