3.O’zbekistonning tarixiy va madaniy yodgorlik resurslari
Poytaxti Toshkent shahri. Iqlimi - mo‘‘tadil, subtropik iqlim. Davlat tuzumi - respublika.
Maydoni - 447,4 ming kv. km., aholisi - 25 mln., tili - o‘zbek, dini - islom, pul birligi -
O‘zbekiston so‘mi.
O‘zbekiston tarixi va kelajagi buyuk davlat. Eng qadimgi madaniyat durdonalari. IX -
XV asrlardagi madaniy hayot. O‘zbekistonning "Buyuk ipak yo‘li"dagi markaziy hudud ekanligi.
Ko‘hna madaniyat markazlari: arxeologiya - Afrosiyob, Varaxsha, Sopolli tepa, Fayoz
tepa, Shosh tepa, Oq tepa, Shohruxiya yodgorliklari; davlatChilik - Xorazm, Baqtriya, So‘g‘d,
Kushon, Qang‘ davlatlari; shaharsozlik - Samarqand, Buxoro, Xiva, SHahrisabz, Termiz,
Qo‘qon, Toshkent, Karmana, Qarshi kentlari; me‘morchilik - SHohizinda, Zangi ota,
Bahovuddin Naqshband, Shayx Hovandi Tohur majmualari; Registon, (Ulug‘bek, Tillakori,
Sherdor), Ko‘kaldosh, Baroqxon, Abdulqosim madrasalari; Go‘ri Amir, Ruhobod, Bibixonim
maqbaralari; masjidlar va boshqa inshootlar; hunarmandchilik - sang (tosh) taroshlik, zargarlik,
zardo‘zlik, misgarlik, yog‘och o‘ymakorlik, ganch o‘ymakorlik; san‘at - adabiyot, musiqa, raqs,
haykaltaroshlik, miniatyura va rassomchilik, hattotlik, kashtacilik va boshqalar.
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida bunyod etilgan me‘morchilik va shaharsozlik.
"Buyuk ipak yo‘li"ning qayta tiklanishi. Alisher Navoiy, Amir Temur, Bobur Mirzo, Ahmad al -
Farg‘oniy, Alpomish haykallarining, Bahovuddin Naqshband, Imom al - Buxoriy, Burhonuddin
al - Marg‘inoniy, Abu Mansur Moturudiy yodgorlik majmualarining, temuriylar tarixi Davlat
muzeyi, Xotira maydoni, Shahidlar xotirasi xiyoboni obidalarining barpoetilishi va ularning
turizm markazlari sifatida namoyon bo‘lishi.
Interkontinental, Sheraton, Le Meridian, Afrosiyob mehmonxonalarining, Hayvonot
bog‘i, Akvaparklarning ochilishi. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Shahrisabz,
Andijon, Namangan, Farg‘ona, Marg‘ilon, Jizzax, Guliston kabi shaharlarning zamonaviy
qiyofaga kirishi, ulardagi me‘morchilik binolarining milliylik xususiyatlari.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 - yil 3 - noyabrda "Bahovuddin
Naqshband tavalludining 675 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida"gi, 1993 - yil
23 - aprelda "1994 - yilda o‘rtaasrlarning buyuk olimi Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bekning 600
yillik yubileyini o‘tkazish to‘g‘risida"gi, 1994 - yil 29 - dekabrda "Amir Temur tavalludining
660 yilligini nishonlash to‘g‘risida"gi, 1996 - yil 3 - yanvarda "Buxoro va Xiva shahrining 2500
yillik yubileyini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida"gi, 1997 - yil 29 - aprelda "Imom
al - Buxoriy tavalludining hijriy - qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash
to‘g‘risida"gi, shu yili 27 - noyabrda "Ahmad al - Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligini
nishonlash to‘g‘risida"gi, shu yili 23 - dekabrda "Buyuk musavvir Kamoliddin Behzod
tavalludining 545 yilligini nishonlash to‘g‘risida"gi, 1999 - yil 27 - dekabrda "Termiz shahrining
2500 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida"gi qarorlarining tarixiy
134
ahamiyati va ularning turizm ishiga qo‘shgan ulkan hissasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |