Farg’ona turistik rayoni.
Bu turistik rayon respublikamizning eng so‘lim, tabiati go‘zal
maskanlardan biridir. Uch viloyatni birlashtirgan (Farg‘ona, Andijon, Namangan) rayon
qadimdan rivojlanib, ko‘p ming yillik tarixiy taraqqiyoti jarayonida qishloq xo‘jaligi,
hunarmandchilikning eng yirik markazlari sifatida hozirgi kunda ham ahamiyatini yo‘qotmagan.
Aholining milliy hunarmandchilik buyumlari jahon sayyohlarining e‘tiborini jalb qilib
kelmoqda. SHu o‘rinda, Marg‘ilon ipaklari, shoyilari va do‘ppilari, Chust pichoqChiligi,
charmdo‘zlik hamda Rishton kulolChilik mahsulotlari kabilar jahon ko‘rgazmalarida ishtirok
etib kelmoqda.
Turistik rayonda Madrasai Amir (XVIII-asr), Xudoyorxon saroyi, milliy uslubdagi
naqqoshlik va ganchkorlik naqshlari bilan qurilgan tarixiy obidalar Qo‘qon, Rishton, Quva,
Kosonsoy, SHahrixon va Namanganda ancha keng tarqalgan. Amir Kon, CHilustin g‘orlari,
Marg‘iloniy, Al-Farg‘oniy ziyoratgohlari sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi.
Yozyovon cho‘llari Markaziy Farg‘onada saqlanib qolgan noyob landshaft turidir.
SHuningdek, Axsi, Eski Pop, Tuproqqal‘a kabi ekoturistik obidalar va rayon etnografiyasi,
san‘ati, (askiya, qiziqChilik) madaniyati, urf-odatlari (to‘ylari, kurash musobaqalari va h.k.)
hamda choyxonalari sayyohlikning o‘ziga xos o‘rganilmagan jihatlaridan biridir. Farg‘ona
turistik rayonidagi Andijon, Asaka, Pop, Qo‘qon, Marg‘ilon, SHahrixon, Chust va boshqa
shaharlardagi milliy hunarmandchilikning o‘ziga xos turlari mintaqa turistik salohiyatini yanada
oshiradi. Bularning barchasini turizmni rivojlantirish maqsadida ilmiy jihatidan o‘rganish katta
ahamiyatga egadir.
Hozirgi paytda vodiyda 55 ga yaqin noyob tabiiy turistik ob‘ektlar hisobga olingan.
Rekreatsiya va dam olish maskanlaridan Chortoq, CHimyon, SHoximardon, Vodil, Bobur bog‘i
kabi ob‘ektlar rayonning dam olish, sog‘lomlashtirish, tanishuv, diniy, sport va boshqa turistik
xususiyatlarini mujassamlashtiradi. Namangan viloyatidagi Chortoq, Gulshan dam olish va
davolanish sihatgohlari, Baliqko‘l, Nanay, G‘ova, Movlono Lutfillo, Parda Tursun kabi dam
olish maskanlari va ziyoratgohlari, Andijon viloyatidagi Bog‘ishamol, SHirmonbuloq, Xonobod,
Dilkushod dam olish maskanlari, Qutayba ibn Muslim, Imom ota, Qambar ota va boshqa diniy
ziyoratgohlar turizmda nihoyatda ahamiyatlidir
Vodiyda 50 dan ortiq mineral suv buloqlari mavjud. CHortog‘ mineral suvi 1946 yilda
ochilgan bo‘lib, suv 1000-3000 m chuqurlikdan 43-47 gradus issiqlikda otilib chiqadi. CHortog‘
dam olish maskanida poliartrit, me‘da-ichak, xotin qizlar kasalliklari, teri xastaligi va boshqa
kasalliklar davolanadi. Bundan tashqari, CHimyon, SHahimardon, Vodil kabi ko‘plab
rekreatsiya va dam olish ob‘ektlari, go‘zal sermanzara soylar rayonning turistik imkoniyatini
yanada oshiradi (Nurmatov, Islomov, CHorieva, 2002, b.103-105)
Hozirgi paytda maxalliy sayyohlik nihoyatda faol bo‘lib, chet ellik sayyohlarni qabul qilish
va ularni jalb qilish ancha past darajada. CHunki, mintaqa turistik jihatdan keng ko‘lamli
o‘rganilmagan va turistik infratuzilmaning pastligi kelajakda ilmiy tadqiqotlar, izlanishlar
asosida taklif va loyihalar yaratishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |