Mirzacho’l turistik rayoni. Mazkur rayon o‘zining tabiiy landshaft va qadimiy
sardobalari bilan mashhur. SHuningdek, bu yerda irrigatsiya shahobchalari, yangi o‘zlashtirilgan
yerlar, Sirdaryo IES kabilar ham turistik jihatdan e‘tiborga loyiqdir. Zomin va Baxmal tog‘ va
tog‘oldi dam olish mintaqalari rayonning eng yirik tabiiy turistik maskanidir. Jizzax viloyatining
131
Morguzor va Turkiston tog‘ tizmalaridagi tabiiy va rekreatsiya maskanlari, Sangzor daryosi
havzasining o‘ziga xos landshaftlari ushbu rayonning turistik boyligi hisoblanadi.