Geografiya kafedrasi


Samarqand viloyati yodgorlik resurslari



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/242
Sana01.02.2022
Hajmi3,43 Mb.
#423985
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   242
Bog'liq
Туризм Географияси мажмуа 2021

Samarqand viloyati yodgorlik resurslari 
Samarqand tarixi. Ko‘hnaAfrosiyob. Amir Temur va temuriylar davrida madaniy hayot. 
Arab sayyohi ibn Battutaning Samarqandga tashrifi. Ispan elchisi Lui Gonzales de Klavixoning 
Temur saroyida bo‘lishi.
Samarqand memorchiligi: Shohizinda majmuyi. Milodiy 7 - asrda yashagan 
payg‘ambarimizning amakivachchasi bo‘lmish Qusam ibn Abbos 677 - yili shu erda shahid 
bo‘lib, dafn etilganlar. Mazkur yodgorliklar majmuyi uning sharafiga Shohizinda (Tirik shoh), - 
deb ataladi. Undaasosan melodiy 9 - asrdan turli maqbaralar qurila boshlagan. Amir Temur bu 
erda go‘zal binolar - maqbaralar bunyod ettirgan. Arab sayyohi Ibn Battuta ham SHohizinda 
ziyoratida bo‘lgan. Majmuyda Qusam ibn Abbos maqbarasidan tashqari Qozizoda Rumiy, 
SHirinbekaog‘a, Shodi Mulk og‘a, Tuman og‘a, Tug‘li Tekin, Amirzoda, UstaAli, Amir 
Burunduq, Xo‘jaAhmad hamda shaxsi noma‘lum maqbaralar, sakkiz yoqli shiypon va boshqa 
inshootlar mujassam. Barcha maqbaralar 14 - 15 asrlargaoid.
Go‘ri Amir maqbarasi. Maqbaraasli Temurning farmoni bilan nabirasi Muhammad 
Sulton xotirasi uchun qurdirilgan, lekin, oradan besh oy o‘tgach, Temurning o‘zi ham shu erda 
dafn etilganligi sababli, Go‘ri Amir nomini olgan. Bu erda Temur va Muhammad Sultondan 
tashqari, sohibqironning o‘g‘illari - Shohrux va Mironshoh, nabirasi Ulug‘bek, ustozi Mir Sayyid 
Baraka hamda Shoh Xo‘ja ismli shaxsi noma‘lum qabrlar mujassam. 1941 - yili iyun oyida Go‘ri 
Amir maqbarasidaarxeolog komissiya qazishmalar o‘tkazgan.
Ruhobod maqbarasi. Shayx Burxonuddin Sag‘arjiy nomi bilan mashhur bo‘lgan ushbu 
maqbaraAmir Temur tomonidan qurdirilgan va uning ma‘naviy piri, - deyiladi. 19 - asr 
ma‘lumotlarida uning oldida masjid, minora, darvozaxonalar bunyod etilganligi yozilgan.
Bibixonim masjidi. Amir Temurning Hindistonga zafarli yurishi sharafiga 1399 - yili 
go‘zal malikasi Saroy Mulkxonim masjid qurdira boshlagan va uni 1404 - yili tugallagan. Masjid 
ro‘parasida Bibixonim maqbarasi ham mavjud. 1941 - yilgi arxeologik ekspeditsiya ushbu 
maqbarani ham ochgan. Unda Bibixonim jasadi Temur va Ulug‘bek jasadlari kabi 
mo‘miyolangan edi.
Registon. Bu erda uchta yodgorlik ansambli mujassam:
Mirzo Ulug‘bek madrasasi. 1417 - yili Ulug‘bek tomonidan bunyod etilgan. O‘z davrida 
ilm - fan markazigaaylangan. Uning memorchiligi monumental peshtoqlar, yon gumbazlar va 
minoralardan iborat. Madrasa pishiq bo‘lishiga qaramay shimoli - Sharqiy minora peshtoqdan 
qochib, anchaog‘a boshlagan, 1932 - yili minora to‘g‘rilangan. Madrasa juda ham hashamatlidir.
Sherdor madrasasi. 1619 - 1636 yillarda Samarqand shahri hokimi Yalangto‘shbiy 
Bahodir farmoni bilan qurdirilgan. Registondagi Mirzo Ulugbek madrasasining qarama - qarshi 
tomonida joylashgan va Ulug‘bek madrasasining me‘moriy uslubini qaytargan. Uning me‘mori 
ustaAbduljabbordir. Madrasa diniy oliy o‘quv yurti vazifasini bajargan. Uning peshtoqi alohida 
bezaklar va koshinlar bilan bezatilgan. Peshtoqdagi sherlar tasviri juda jozibali. SHerlarning 
ohuga tashlanayotgan manzarasi tasvirlangan. SHerlar orqa fonida quyush aks ettirilgan. U odam 
qiyofasidadir.
Tillaqori madrasasi. 1646 - 1647 yillarda qurilgan bu bino ham Yalangto‘shbiy Bahodir 
tomonidan bunyod etilgan. U Registondagi me‘moriy yodgorliklar kompozitsiyasini simmetrik 
tarzda to‘ldiradi. Ichidagi masjid nihoyasiga yetmagan. Masjid markaziy xonasi jozibali va 
damdabalidir. Barchaxusnkor jilolarga tilla suvi yurgizilgan. SHuning uchun uni Tillakori, - deb 
ataladi.
Ulug‘bek rasadxonasi. Mashhur rasadxona Cho‘pon ota tepaligi etagida, Obirahmat arig‘i 
bo‘yicha qurilgan. Bobur uni uch qavatli, usti sirli qilib bezatilgan edi, - deya yozgan. Rasadxona 
diametri 46,40 metr, balandligi kamida30 metr bo‘lib, ichida kattaasbob o‘rnatilgan. Bu erda 
quyosh, oy va boshqa sayyoralar kuzatilgan. Uni arxeolog V.L. Vyatkin topgan vaochgan. 
Buzilib ketgan rasadxonadan hozirda uning er ostidagi qoldig‘i qolgan, xolos.
Abu Mansur Moturudiy maqbarasi. Uning to‘liq nomi - Imom Abu Mansur Muhammad 
ibn Muhammad al - Xanafiy al - Moturudiy as - Samarqandiydir. U Samarqandning Moturud 


135 
mavzesida 10 - asrda tug‘ilgan, xanafiya mashabining yaratilishida faol ishtirok etgan. Uning 
tam‘limoti Muvarounnahr, Turkiya va Hindistonda keng yoyilgan. Qabri CHokardiza 
qabristonida. 2000 - yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov farmoni bilan 
yodgorlik qayta tiklandi, go‘zal ziyoratgohgaaylandi. 
Imom al - Buxoriy maqbarasi. 9 - asrda yashab, "hadis ilmidaamir al - mo‘‘miniyn", - 
degan sharafli nomga sazovor bulgan muhaddislarning eng buyugi hisoblanadilar. Bobomizdan 
"Al - jome‘ as - sahih" dek asar bunyod bo‘lib, uning nomini butun islom olamiga tanitdi. Ul zot 
Buxoro shahrida tavallud topganlar. Ziyoratgoh esa Samarqand viloyatining CHelak tumanidagi 
Xartang qishlog‘ida joylashgan. Prezidentimiz farmoni bilan 1998 - yil buyuk muhaddisning 
hijriy - qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligi keng nishonlanib, ungaajoyib yodgorlik majmuyi 
bunyod etildi.
Hazrati Hizr masjidi. Samarqandda qurilgan birinchi masjid shu ekanligi rivoyat qilinadi. 
19 - asrning o‘rtalarida qadimgi masjid poydevoriga hozirgi masjid o‘rnatilgan. Tikkalikda 
joylashgan bu masjidning oldi peshayvonli bo‘lib, hashamatli. Xonaqoh, darvozaxona, 
minoralardan iborat. Turli davrlarda qurilgan va tiklangan. Bosh me‘mori ustaAbdulqodir 
Boqievdir. Yaxshi niyatlar bilan unga yuqoridagi nom berilgan.

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish