Buxoro viloyati yodgorlik resurslari
Buxoro tarixi. Ko‘hna Varaxsha. Somoniylar davlati. SHayboniyxon asos solgan
Buxoroxonligi. Savdo karvonlari, hunarmandchilik, ilm - fan va madaniyatning rivojlanishi.
Rossiya, Xitoy, Hindiston kabi davlatlar bilan savdo vaelChilik aloqalarining olib borilishi.
Italiyalik mashhur sayyoh Marko Poloning, ingliz sayyohi Antoni Jenkinson, rus elchisi Ivan
Xoxlov, Boris Pozuxin, venger sayyohi vaolimi Xerman Vamberilarning Buxoroga tashrifi.
Buxorodan Rossiyaga Qozi No‘g‘ay, Mulla Farruh, Hoji Farruh, Ernazar elchilarning elchi
bo‘lib borishlari. Buxoro temir yo‘lining qurilishi.
Buxoro memorchiligi: Ark. Uning Siyovush tomonidan ilk bora qurilishi. 7 - asrda
Buxoro hokimi tomonidan qayta tiklanganligi. SHayboniylar davrida hozirgi qiyofasi (ansambl
ko‘rinishi)ni olishi. Obida20 metr balandlikda va 4,2 gektar maydonni egallagan ulkan inshoot
bo‘lib, ko‘p burchakli, atroflari qo‘rg‘on devorlari bilan o‘ralgan. Arkda hokimlar, xonlar
vaamirlar istiqomat qilishgan. Unda zarbxona, xazina, zindonlar bo‘lgan.
Ismoil Somoniy maqbarasi. Somoniylar sulolasining asoschisi Ismoil Somoniyning otasi
qabri ustiga bunyod etilgan bu yodgorlik 9 - 10 asrlarga mansubdir. U kub shaklida va usti yarim
sharsimon qubbali bo‘lib, burchaklari ham to‘rtta kichik qubbalardan iborat. Devorning qalinligi
1,8 metr. Pishiq g‘ishtdan qurilgan. Keyinchalik Ismoil Somoniyning o‘zi ham shu erga dafn
etilgan.
Mahoki Attori masjidi. 9 - 16 asrlar obidasi hisoblangan ushbu masjid shahar markazidagi
attorlar rastasi yonida joylashganligidan shunday nom olgan. Tosh ustunga qurilgan bu
masjiddagi peshtoq va tahmonsimon eshik o‘ymakor ganch, g‘isht, koshin, sopol g‘ishtchalar
bilan bezatilgan. Juda go‘zal, o‘zigaxos yodgorlik hisoblanadi.
Chashmai Ayyub maqbarasi. 12 - asr yodgorligi bo‘lgan mazkur obida to‘rttda binodan
iborat bo‘lib, turli davrlarda bunyod bo‘lgan. U Ayyub payg‘ambar nomi bilan atalgan.
Aytishlaricha, qurg‘oqChilik yillarida payg‘ambardan yordam so‘raydilar. Ayyub esa hassasini
erga sanchganda buloq otilib chiqqan. Shundan ushbu nom berilgan. Yodgorlik jarda, ya‘ni
buloq oqib turgan joyda turibdi. Temur bu erda ham ikkita bino bunyod etgan. To‘rttala
yodgorlikning hammasida o‘zigaxos qubbalar mujassam.
Namozgoh masjidi. Ushbu yodgorlik 12- , 14- , 16 - asrlarga tegishli bo‘lib, gumbaz,
naqshinkor peshtoq, mehrob koshinlar bilan bezatilgan.
Minorai Kalon. Markaziy Osiyo hududidagi eng baland minora (46,5 metr) hisoblangan
ushbu minora 1127 - yilda qoraxoniylardan Arslonxon hukmronligi yillarida qurdirilgan. Pishiq
g‘ishtdan terilgan, ichidagi zinapoyasi 104 tani tashkil etadi. Ustida 16 darchali mezona bor.
Minoradan azon aytilib namozga chaqirilgan va undan dushmanni kuzatishda ham foydalanilgan.
Poydevorining chuqurligi 10 metrdan oshadi.
Sayfuddin Bahorziy maqbarasi. Bu yodgorlik 13 - asrda yashab ijod etgan kishining nomi
136
bilan bog‘liq bo‘lib, ziyoratxona va maqbaradan iborat. Keyinroq maqbaraga taqalib katta
peshtoq qurilgan. Ikki tomonida ikkita mezona mujassam.
Buyon Qulixon maqbarasi. Bu yodgorlik Sayfuddin Bahorziy maqbarasi bilan bilan
yonma - yon joylashgan bo‘lib, 14 - asrda Samarqandda o‘ldirilgan mug‘ul xoni chingiziylardan
Buyon Qulixon mozori ustiga bunyod etilgan, ikki xonali. Sag‘ana kichik xonada. Yodgorlikning
to‘rtta tomonida ustunlar bor. Maqbaraning ichki va tashqi tomoni zangor, ko‘k, binafsha ranglar
bilan bezatilgan va naqshinkordir.
Ulug‘bek madrasasi. Amir Temurning nabirasi Mirzo Ulug‘bek ushbu madrasani 1417 -
yilda qurdirgan. Ulug‘bek Gijduvon va Samarqandda ham madrasalar bunyod etgan. Lekin, ilk
madrasasi Buxorodadir. U to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida. Unda hovli, peshtoq, darsxona, masjid
bo‘lib ikki qavatli. Ustasi Ismoil Tohir o‘g‘li hisoblanadi.
Masjidi Kalon. Bu arxeologik qidiruv ma‘lumotlariga qaraganda 12 - asrda qadimgi
imorat qoldiqlari ustiga 14 - 15 - asrlarda qurila boshlanib, 16 - asr boshlarida tam‘mirlangan.
Jome masjidi hisoblanib, Bibixonim masjididan keyin kattaligi jihatdan Markaziy Osiyoda
ikkinchi o‘rinda turadi. Yodgorlikning qurilish an‘analari temuriylar davrini eslatadi. Uning
yettitaeshigi bo‘lib, asosiy eshigining ichki va tashqi tomonlari ayvonlar bilan bezatilgan. Masjid
127 x78 metr bo‘lib, bir gektar maydonni egallagan. Hovlining yo‘lagi 208 ta ustun tepasiga
qurilgan 288 ta qubba bilan qoplangan.
Mir Arab madrasasi. 1530 - yilda qurilgan bu madrasa tarxi xuddi Mirzo Ulug‘bek
madrasasi kabidir. Faqat darsxona o‘rniga maqbara joylashgan. Maqbaraning ichiga Mir Arab
dafn etilganligi bois, unga shu nom berilgan. Mir Arab asli yamanlik ShayxAbdullohdir.
Maqbarada uning avlodlari ham joylashgan. U turli koshinlar, ganchlar bilan bezatilgan. Obida
ikki qavatli bo‘lib, hujralardan iborat.
Ko‘kaldosh madrasasi. Yodgorlik Abdullaxon hukmronligi yillari (1578 - yil)da qurib
bitkazilgan bo‘lib, Markaziy Osiyodagi yirik madrasalardan biridir. Uning 160 ta hujrasi bor.
Eshigi, peshtoq, ayvonchali bolxonalar go‘zal qilib qurilgan. Peshtoq koshinlarida ko‘k, yashil
vaoq naqshinkor bezaklar o‘simliklarni tasvirlagan. Madrasada yozuvchi Sadriddin Ayniy
yashagan va o‘qigan.
Qo‘sh madrasa. Qo‘sh madrasa deyilishiga sabab, ikkita madrasadan iborat. Biri
Modarixon madrasasi (1566 - yil), ikkinchisi Abdullaxon madrasasi (1588 - yil) dir. Bular ham
Ko‘kaldosh kabi Abdullaxon davrida qurdirilgan. Modarixonning xajmi kichikroq, bezaklari
oddiy uslubdadir. Abdullaxon esa serhasham.
Bozor toqilari. SHayboniylar sulolasi davrlarida turli savdo toqilari qurilgan: Toqi
sarrofon (sarroflar -bir davlatning pulini ikkinchi bir davlat puligaalmashtirib beruvchi kishilar);
Toqi telpakfurushon (telpak, do‘ppi sotuvchilar); Toqi kitobfurushon (kitob sotuvchilar); Toqi
zargaron (zargarlik buyumlari tayyorlovchilar va sotuvchilar). Bularning bari 15- asrgaoid
me‘moriy yodgorliklarimizdir.
Labihovuz maydoni. Maydon o‘rtasida 1620 - yili katta hovuz qazilib, atroflari sinchlar
bilan mustahkamlangan, harsanglardan zinapoyalar, marmardan tarnovlar ishlangan. Hovuzning
eni 36 metr, bo‘yi 45,5 metr, chuqurligi 5 metr bo‘lib, uning g‘arbiy tomonida Nodir Devonbegi
xonaqohi (Labihovuz masjidi), Sharqiy tomonida Nodir Devonbegi madrasasi, Shimoliy
tomonida Ko‘kaldosh vaErnazar elchi nomli madrasasi (saqlanmagan) qad ko‘targan. Bari
obidalar 16 - 17 asrgaoiddir.
Abdulazizxon madrasasi. Ushbu yodgorlikni Buxoroxoni Abdulazizxon 1652 - yilda
Ulug‘bek madrasasi ro‘parasida qurdirgan. Juda dabdabali peshtoqi bor. UndaXitoy ajdari va
semurg‘ qushining surati aks etgan. Me‘mori Mimxokon ibn Xo‘ja Muhammadamindir.
Madrasada ikkita masjid bor.
Chor Minor. 1807 - yilda qurilgan mazkur madrasani xalifa Niyozqul madrasasi ham, deb
ataladi. U me‘moriy majmuydan iborat. Ya‘ni, ayvonsimon masjid, bir qavatli madrasa, hovuz
(hozirda ko‘milgan) va maftunkor old darvoza. Ushbu darvoza zangor va ko‘k koshinlar bilan
bezatilgan 4 ta baland mezonali qubbka shaklida qurilgan. Mezanalar husndor va minoraga
o‘xshaydi, shu boisdan madrasani Chor Minor deyiladi. Unda Hindiston masjidlari memorchiligi
137
an‘analari ko‘rinadi.
Bolahovuz masjidi. Ark qarshisida 1712 - yilda qurilgan. U hujralar va 20 ta baland
yog‘och ustunlardan iborat, hashamatli ayvondan tashkil topgan. Ayvonlar 1917 - yilda qurilgan.
Sitorai Mohi Xosa. Mazkur saroy shahar tashqarisida, shahardan 4 km. shimolda mavjud.
Amir Ahadxon 1892 - yildaeski saroyni qurdirgan. Shuningdek, bu erda yevropa uslubida yangi
majmua ham bunyod etilgan. 6,7 gektarga ega bog‘i mavjud. 1917 - yildaAmir Sayyid Olimxon
yangi saroyni rus muhandislari Sokovich va Margulislar, bezaklarini esa Usta SHirin Murodov
rahbarligida qurdiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |