Davlat ayblovchisi: Bag’ringizga shamol tegayaptimi? Bog’lar, o’rmonlar, konlaringiz qanday ahvolda?
Guvoh - Tog’lar: Uyalaman ona yurtimdan, 70 yil tilka pora qilib, boyliklarimni talon-taroj qildi, nodonlar. Bag’rim keng, boyliklarim mo’l-ko’l edi. Bobokalonim amir Temurga ham panoh bo’lgan g’orlarim bor edi, qarovsiz qoldi. Ona yurtim Turon zaminni himoya qilishda Temur va uning askarlariga qarorgoh edim. Mening ko’rkim bo’lgan noyob xususiyatini jahongir bobom amir Temur ham bilar va qadrlar edilar. O’zbekiston geologlari Abdullaev, Hamroboev, Boymuhamedov va boshqalar sirlarimni ochib, boyliklarimni o’rgandilar. Qolgan neftu gaz, oltinu, kumush, rangli, nodir metallarimni Vatanim mustaqil O’zbekistonga bag’ishlayman.
Aqlu idrokimiz mehnatimizdan,
Kelajakka qolur yaxshi ehsonlar!
Hakam: So’z himoyachiga.
Himoyachi: O’zbekistonning yo’qolib borayotgan dorivor o’simliklardan sumbul, kovrak, etmak, qorakand, chinor, mevali daraxtlardan yong’oq, pista,jonzotlardan laylak, xongul, arxarlar qo’riqxonalar va davlat buyurtmalarida ko’paytirilmoqda. O’zbekiston hududida Chotqol, Zomin, Nurota, Zarafshon, Hisor, Surxon, Qizilqum, Bodayto’qay, Kitob singari qo’riqxonalar va 70 ta davlat buyurtmalari tashkil qilingan. Bundan tashqari, O’zbekiston “Qizil kitob”i ham nashr etilib, noyob, kamayib borayotgan o’simlik va hayvonlar kiritilgan.
Hakam: So’z ayblovchiga.
Ayblovchi: Mana sevimli shoirimiz A.Oripovning «Qo’riqxona» she’rini eshitib ko’ring.
Sayoq ovchilarga u yon yo’l bo’lsin,
Jarima solamiz, qamaymiz hatto,
To u jonzotlarni tinchgina qo’ysin,
Qirilib ketmasin tirik dunyo to
Ezgu latif hislar bo’lmasin tahqir,
Bulbulni boyqushga topshirmang aslo,
Xudbin va dilozor kimsaning axir,
Og’zi qon yirtqichdan qanday farqi bor.
Endi diqqatingizni sayoq ovchilar, jonzotlarni tinchiga qo’ysin, dilozor, yirtqich so’zlariga qaratmoqchiman. Bu so’zlar insonga qaratilganmi? Savolga javob berish ham qiyin bo’lib qoldi.
Hakam: Sud hay’ati maslahatlashib olish uchun tanaffus e’lon qiladi.
Tanaffus vaqtida kichik sahna ko’rinishi namoyish etiladi. Uch o’quvchi ishtirokida. Biri yugurib kelayotgan bo’ladi. Shunda
Ikkinchi bola:
- ha buncha, qaerdan kelayapsan birov quvganday, deydi.
Birinchi bola:
-Eh, so’rama, ariq bo’yida daraxtning shoxini sindirib qo’ydim. Birov ko’rmasin deb qochib kelayapman.
Ikkinchi bola,
-E..e, buncha qo’rqmasang, sinsa sinibdida daraxtning shoxi, undan ko’ra rogatkangni olib chiq, men qushlar galasini ko’rdim, ularni urib tushiramiz, deydi. Bularni so’zlarini tinglab, kuzatib turgan
Uchinchi o’quvchi:
- Uyalmaysizlarmi ona tabiatni ardoqlash burchimizku, hatto qushlar ham sizdek bezorilardan yuragi zirillab qolgan, deb:
Qushlarning tilida faqat bir oyat,
U inson uchun ham ibratdir g’oyat,
Qushlar der: iloyim qafasga tushma,
Tushgan bo’lsang agar, chiqqin o’q uzar,
Haloat qasrini quzg’undek buzar.
Do'stlaringiz bilan baham: |