Geografiya fanidan
Masshtablardan foydalanib yechiladigan masalalar.
1. Masshtabi 1:40 000 000 sm bo’lgan xaritada Moskva bilan Toshkent shaharlari orasidagi masofa 7 sm ga teng bo’lsa, bu shaharlar orasidagi haqiqiy masofani aniqlang.
Echimi:
1) Ma’lumki 1:40 000 000 sm yozuv xaritada 1 sm ga 400 km to’g’ri kelishini bildiradi.
2) Agarda 1 sm ga 400 km masofa to’g’ri kelsa 7 sm ga necha km masofa to’g’ri keladi? Proporstiya tuzamiz: 1 sm ----- 400 km
7 sm ----- x km.
3) .
4) Demak, Moskva bilan Toshkent shaharlari orasidagi masofa 2800 km ga teng.
2. Agar 500 km masofa globusda 2 sm ga teng bo’lsa, bu globusning masshtabi necha sm ga teng bo’ladi?
Echimi: Globusda 1 sm ga necha km masofa to’g’ri kelishini aniqlash uchun 1) 500 km ni sm ga aylantiramiz: proporstiya tuzamiz. 2) 50000000 sm ni 2 sm ga bo’lamiz, ya’ni 500:2=250 km.
Demak, globusda 1 sm = 250 km ga teng. Javobi: Globusning masshtabi 1:25 000 000 sm ga teng.
3. Afrika materigi 20-meridian yoyi bo’ylab shimoldan janubga qancha masofaga cho’zilganligini gradus va km larda aniqlang?
Echimi:
1) Kenglik graduslarini qo’shamiz; ya’ni Afrika materigining shimoliy chekka koordinata nuqtasi 330 sh.k. da, janubiy chekka koordinata nuqtasi 350 j.k. da joylashgan. Demak Afrika shimoldan janubga 330+350=680 masofaga cho’zilgan.
2) Hosil bo’lgan 680 gradusli masofani 10 li to’r uzunligiga ko’paytiramiz ya’ni .
Afrika materigi 200 – meridian yoyi bo’ylab shimoldan janubga 7548 km masofaga cho’zilganligini aniqladik.
6-sinflarda «Materiklar tabiiy geografiyasi» kursi o’rganilgach, quyidagicha geografik kecha tashkil etish mumkin. Bellashuvga parallel sinflardan o’quvchi 6-8 ta bola tanlab olinadi. Bu o’yin sinflar o’rtasida emas, balki shaxsiy birinchilik tarzida o’tkaziladi. O’yin avvalida o’rganilgan har bir materik bittadan harf bilan belgilanib, doskaga yozib qo’yiladi. Masalan:
A – Avstraliya
V – Afrika
S – Janubiy Amerika
D – Shimoliy Amerika
E – Yevrosiyo
F – Antarktida
Shuningdek, o’quvchilarning har biriga yuqoridagi harflar aks etgan taxtachalar beriladi. Keyin esa o’yin qoidasi bilan qatnashchilar tanishtiriladi. O’yin davomida oldindan tuzib qo’yilgan savollar navbat bilan qatnashchilar e’tiboriga havola etib boriladi. O’yin bir necha turga bo’linadi. Har bir turda 6 tadan savol bo’lib, savollarning har biri bittadan materikka tegishlidir. O’yin davomida beriladigan savollarning namunasi quyidagicha bo’lishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |