Har bir guruhga alohida topshiriq beriladi.
1-guruhga: O‘lkaning geografik o‘rniga ta’rif bering.
2- guruhga: O‘lkaning o‘ziga xos xususiyatlarini sanab bering.
3-guruhga: O‘rta Osiyo o‘lkasi shimoldan janubga necha (km) masofaga cho‘zilgan?
4-guruhga: O‘lkaga ma’muriy jihatdan qaysi Respublikalar kiradi?
5-guruhga: O‘rta Osiyo o‘lkasida yashaydigan millat va elatlarni ayting.
5 daqiqadan so‘ng guruh ishlari taqdimoti (2 daqiqadan) tinglanadi.
Guruh a’zolari boshqa belgilar orqali yangi guruhlarga ajratiladi.
Har bir guruhga 5 ta Respublika bo‘yicha bittadan topshiriq beriladi- bunda ular ular yozuvsiz xaritaga Respublika markazi va yirik shaharlarini belgilaydilar.
1-guruhga : Qozog‘iston Respublikasi.
2 –guruhga: O‘zbekiston Respublikasi.
3-guruhga: Qirg‘iziston Respublikasi.
4-guruhga: Tojikiston Respublikasi.
5-guruhga: Turkmaniston Respublikasi.
5 daqiqadan so‘ng guruh ishlari boshqa guruhga beriladi.
Har bir guruh sardori o‘zidan oldingi guruh bajargan ishini tahlil qilib beradi.
Yangi guruhdagi o‘quvchilar qadrdon guruhlariga qaytadilar.
“Sandiqcha” dan yangi so‘zlar, geografik atamalar yozilgan bayroqchalar olinadi.
“Childuxtoron”- ( O`rta Osiyoning eng chekka janubiy nuqtasi (forschadan – “Qirqqiz” degan ma’yoni bildiradi)
“Turkiston ”-( hozirgi “O`rta Osiyo”- tabiiy geografik ma’noda o‘tmishda qo‘llab kelingan “Turkiston ” degan nomga to‘g‘ri keladi)
“Qoragiyo botig‘i ”- ( O`rta Osiyoning eng past nuqtasi – Kaspiy dengizi bo‘yida joylashgan yarim orol).
“Berk havza”- ( O`rta Osiyoga nisbatan aytilgan, o‘ziga xos xusisiyatlardan biri)
“Tog‘li Badaxshon”( Tojikiston respublikasidagi yagona avtonom viloyat )
Yangi mavzu bayoni
O`rta Osiyoning geografik o‘rni, chegaralari va o‘ziga xos xususiyatlari
O`rta Osiyo Yevrosiyoning markazida ya’ni Osiyoning janubi-g‘arbiy qismida Hozirgi kunda “O`rta Osiyo” degan tushuncha ikki xil ma’noda yuritiladi. Birinchi tushunchada O`rta Osiyoning ma’muriy bo‘linishi ko‘zda tutiladi. Bunda “O`rta Osiyo” degan nom 4 ta Respublika hududini yani O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmanistonni o‘z ichiga oladi. Biroq “O`rta Osiyo” 4 ta Respublika hududidan iboratdir degan tasavvur hududning tabiiy geografik jihatdan bo‘linishlariga monand kelmaydi. Tabiiy geografik nuqtai nazardan qaraganda O`rta Osiyo degan nomning ikkinchi tushunchasi kelib chiqadi. Hozirgi “O`rta Osiyo” tabiiy geografik ma’noda o‘tmishda qo‘llanib kelingan (“Turkiston”)degan nomga to‘gr‘i keladi. Turkison haqiqatan ham katta maydonni ishg‘ol qilgan. Turkiy tillar gruppasiga mansub bo‘lgan xalqlarning tarqalgan yerlari Turkiston deb atalgan va o‘sha vaqtdagi Turkiston maydaoni hozirgi O`rta Osiyo respublikalari va Janubiiy hamda Markaziy Qozog‘iston band qilib turgan hududlardan ham katta bo‘lgan. O‘lkaning eng shimoliy nuqtasi (53,8° shimoliy kenglik), Ayirtov yaqinida, eng janubiy nuqtasi Hindykush tog‘larining g‘arbiiy tarmog‘i bo‘lgan Safedko‘h tog‘ tizmasi bilan Nishopur tog‘lari tutashgan joyda – Xarid vodiysida (34° shimoliy kenglik), g‘arbiy nuqtasi Kaspiy dengizining Mang‘ishloq yarim orolidagi Tubqarqg‘ay burnida (50,3° sharqiy uzunlik) va sharqiy nuqtasi Savr tog‘larining etagidagi Qora Irtish daryosi vodiysida ( 85,6° sharqiy uzunlik) joylashgan. O‘lka shimoldan janubga 2200 km va g‘rbdan sharqqa 2750 km ga yaqin masofaga cho‘zilgan.
O`rta Osiyo hududning okean va dengizlardan ancha uzoqda - materikning ichki qismida joylashganligi, bu yerda quruq va kontinental iqlimning tarkib topishiga sabab bo‘lgan. Natijada hamma yerda, ya’ni faqat tekislikdagina emas, balki, tog‘larda ham cho‘l tipidagi landshaft vujudga kelgan.
O`rta Osiyoning muhim xususiyatlaridan yana biri uning “berk havza” da joylashganligidir. Buning ma’nosi shundan iboratki, o‘kadagi mavjud daryolarning birontasi ham ochiq dengizlarga etib borolmaydi va ular bilan bog‘lanmaydi, natijada bu daryolar o‘lka ichidagi ko‘llarga quyiladi, yokiy chala cho‘l va cho‘llarda tugab qoladi. O`rta Osiyo ko‘llari va tekisliklari eroziya bazislaridir. Daryolar tog‘lardagi yemirilgan mayda tog‘ jinslarini olib kelib, shu berk havzaga yotqizadi. Natijada tog‘lar pasayib, tekisliklar ko‘tarilib boradi va eroziya prosesslari zaiflashadi, daryoning yemirish ishi va relief hosil qilishdagi poli ikkinchi o‘ringa tushib qoladi. Demak bu omilning o‘ka rivojlanishidagi ahamiyati katta.
Berk havzada, xususan bu yerdagi qurg‘oqchil va issiq iqlim sharoitida shamolning ta’siri ko‘proqdir. Shamollar Yer yuzasining barcha formalariga – tog‘ va tekisliklarga erkin holda ta’sir qila oladi. Bu esa o‘kada tabiiy sharoitlarni vujudga keltiruvchi muhim omillardan biridir.
O`rta Osiyo hududida relyef formalarining tashkil topishidagi charioting umumiy xususiyati ham bu yerni yaxlit bir hudud – o‘lka deb qarashga asos bo‘la oladi.
Keltirilgan ma’lumotlaga asosan tabiiy geografik jihatdan O`rta Osiyo chegerasining ancha shimoldan- Qozog‘istonning ichki qismidan o‘tishi asoslab berilgan.
O`rta Osiyoning tabiiy geografik o‘lka tushunchasidagi ana shunday chegaralarni dastlab I.V. Mushketov (1888 yil ) tomonidan belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |