Geografiya fani o’quvchisi


Sho’rlanish, shamol va suv eroziyasi



Download 390,3 Kb.
bet8/119
Sana23.01.2022
Hajmi390,3 Kb.
#402729
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   119
Bog'liq
Geografiya fani o’quvchisi qurbonboyeva hanifaning-fayllar.org

Sho’rlanish, shamol va suv eroziyasi tuproq unimdorligini pasayib ketadi. Yer opsti suvlari sathi ko’tarilib ketgan joylarda tuproqning sho’rlanishi kuzatiladi. Sho’rlanishning oldini olish uchun quritish melioratsiyasi amalgam oshiriladi buning uchun zovurlar qaziladi. Masalan, Mirzacho’l, Qarshi cho’llarida yerlarning zaxini qochirish uchun zovurlar 2,5 – 3,5 m chuqurlikda qaziladi. Bu esa ikki zo0vur oralig’ida yer osti suvlarining chuqurligi 2-3 m bo’lishini ta’minlaydi. Yer osti suvlari sathi qanchalik chuqur bo’lsa, bug’lanish shuncha kam bo’ladi va tuproq sho’rlanmaydi.

Yer osti suvlarining sathi yer yuzasiga juda yaqin joylashgan hududlarda tuproqning sho’r;anishi juda kuchli bo’ladi.

Shamol erroziyasining oldini olish uchun, sshamolning yo’nalishiga kop’ndalang tarzda ixota daraxtlari tashkil qilinadi. Ihota daraxtzorlari shamolning kuchini kamaytiradi va tuproqdaqgi namni uzoqroq ushlab turishga imkon beradi.

Sug’orish jaraytonida nishab yerlar suv erroziyasiga uchraydi. Bunday erroziya sug’oriosh (irrigatsiya) eroziyasi deb ataladi. Sug’orish erroziyasining oldinio olish uchun nishab yerlarni haydash va sug’orishni ko’ndalangiga amalgam oshir4ish lozim. Bunda suv nishab joylarda tuproqni o’yib ketmaydi va bir tekisda oqadi.



Muhandislik- geografik tadiqotlar. Muhandislik geografiyasi inson bilan tabiat o’rtasidagi o’zaro ta’sir natijasida vujudga kelishi mumkin bo’lgan oqibatlarni baholash va bashorat qilish hamda ularning oldini olish muammolari bilan shug’ullanadi. Muhandis-geografik tadqiqotlar qurilish loyihalarini amalgam oshirishda asos bo’lib xizmat qiladi. Muhandis geografik tadqiqotlar asosan sanoat korxonalarini joylashtirishda, gedrotexnik inshoatlarni ( kanallar, to’g’onlar, suv omborlari va hokazo), yo’llarni loyihalashda, foydali qazilma korxonalarini qidirishda olib boriladi. Sanoat korxonalarini joylashtirishda muhandis-geografik tadqiqotlar ikki bosqichda o’tqaziladi. Birinchi bosqichda korxona qanday xomashyo asosida maxsulot ishlab chiqarishi va atrof-muhitga qanday chiqindilar tashlashi aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda korxona uchun joy tanlanadi va mazkur joining tibbiy geografik sharoitining asosiy xususiyatlari aniqlanadi(geologic tuzilishi, aholisi, xo’jaligi)sanoat korxonalari chiqindilarni ko’proq chiqaradigan bo’lsa. (ko’mir asosida ishlaydigan issiqlik elektro stansiyalari, sement, kimyo zavodlari) ularning aholi manzilgohlaridan olisda, shamol yo’nalishiga teskari bo’lgan hududlarga joylashtirish zarur. Masalan, Buxoro viloyati Qorovulbozor neftini qayta ishlash zavodi, qashqadaryo viloyatidagi Shortang gaini qayta ishlash zavodi cho’lda, ya’ni aholi zich yashaydigan hududlardan ancha loisda joylashgan, shuning uchun ularning tabiat va insonga ta’siri kam.

Gidrotexnik inshoatlarini loyihalashda muhandis –geografik tadqiqotlar olib borishda quydagilarga e’tibor beriladi: suv inshoati va tabiy muhit ta’sirining asosiy qirralari, suvning kirish-chiqishi, sho’rlanganlik darajasi, loyiqaligi, bug’lanishi, to’lqinlar ta’sirida qirg’oqlarning yemirilish, suvning yemirilisxhi va suv inshoatlarni8ng samarradorligi, botqoqlanish, tuz to’planishi, o’simlik va tuproq qoplamining o’zgarishi kabilar aniqlanadi, ayrim noxush hodisalarninbg oldini olish bo’yich choralar ishlab chiqiladi. Masalan, Amudaryo suvi loyiqa bo’lganligi(1 kub m da 3500g loyiqa bor) sababli, undan suv olinadigan Amu- Buxoro, Qarshi, Shovot, Toshsoqa, Qizketken va boshqa kanallarda, “ o’tirib ” qoladigan loyiqa nasoslar yordamida qirg’oqqa chiqarilib tashlanadi.

Yo’l qurilishini loyihalashda muhandis-geografik tadqiqotlar, asosan relfning tahliliga yo’naltirilgan bo’ladi. Chunki ko’p hollarda loyihalanayotgan yo’lning yo’nalishini, uzunligini, kengligini, arzon-qimmatligini relyf sharoitini belgilab beradi. Shuning uchun yo’llarni loyihalashda relyefning qiyaligi, qanday tog’ jinslaridan tashkil topganligi, mut loq balandligi9 birinchi navbatda tahlil qilinadi. Avtomobil yo’llarining qiyaligi 12-15 C dan oshmasligi zarur.

Baland va qiyaligi yuqori bo’lgan joylarda yo’llar yer osti tunnellari orqali o’tkaziladi. Masalan, Toshkent – Andijon avtomobil yo’lining Kamchiq davonida uzunligi 2,5 km li tunnel qazilgan. Bundan tashqari, yo’llarni loyihalashda surilmalar, sellar, qor ko’chkiulari, daryo toshqinlari ham hisobga olinadi. Foydali qazilma konlarini qidirish davomida muxandis – geigrafik tadqiqotlar ikki yo’nalishda olib boriladi. Birinchi yo’nalishdsa kon joylashgan hududning tabiiy va iqtisodiy – geografik sharoiti o’rganiladi va baholanadi. Ikkinchi yo’nalishda foydali qazilma konini qazib olish jarayonida atrof – muhitda ro’y beradigan o’zgarishlar bashorat qilinadi ( relief, tuproq, o’simlik, iqlim, ichki suvlar, qishloq xo’jaligi, sanoati, transporti, aholisi va h.k. ).

Tabiiy geografiya geografik muhitning, ya’ni tabiiy va ijtimoiy iqtisodiy omillarning aholi salomatligiga ta’sirini, kasalliklarning vujudga kelishi va geografik tarqalishini o’rganadi.

Hozirgi paytda tabiiy – geografik tadqiqotlar ikita yirik yo’nali9shda olib borilmoqdi. Birinchi yo’nalishda atrof – muhitning aholi salomatligiga ta’siri baholanadi va bashorat qilinadi. Ikkinchi yo’nalishda kasalliklarning mahalliy tabiiy yo’nalishlari aniqlanadi.

Atrof – muhitning tozaligi ko’p jihatdan inson salomatligini belgilab beradi. U tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida ifloslanadi. Atrof – muhitni ifloslovchi tabiiy omillarga shamol ( atmosferaning vulkan tutunlari va kullari bilan ifloslanishi ), sellar, qureg’oqchilik, suv toshqinlari, zilzilalar, chirigirtka bosishi va h.k. kiradi. Aholi zich joylashgan sanoat hududlarida sun’iy omillar ta’sirida atrof – muhit ( zavodlar, fabrikalar, metalurgiya, kimyo zavodlari, konlar, issiqlik elektro stansityalari, transport kabilar ) ko’proq ifloslanadi.

Atrof – muhitning og’ir metalur bilan ifloslanishi inson salomatligiga kuchli salbviy ta’sir etadi. Masalan, qurg’oshin asab tizimi, jigar va buyrakni zaharlaydi simob ko’proq jigar va buyrakda to’planadi, modda almashinuvini buzadi, kadmiy bolalar nutqining buzilishiga olib keladi, mishyak o’pka va teri rakini keltirib chiqaradi. Qishloq xo’jaligida qo’llaniladigan pestitsidlardan har yili jahonda 1 mln kishi zaxarlanadi, ulardan tahminan 15-20 ming kishi hayotdan ko’z yumadi. Avtomobilardan chiqadigan benzopiren moddasi, radioktiv moddalar o’pka rakini keltirib chiqaradi. Uglerod oksidining havodagi miqdori ortibv ketishi organizmda kislorod yetishmovchiliogiga sabab bo’ladi hamda asab va yurak - qon toomir tizimlarini ishdan chiqaradi.

Har bir hududning mahalliy tabiiy geografik sharoiti inson salomatligiga turlicha ta’sir etishi mumkin. Havodagi kislorod miqdori, havo basimi, harorat va namlikning o’zgarishi qon bosimi kasalligi bor bemorlarda miya va yurak faoliyati bilan bog’liq turli asoratlar paydo qiladi.

Atmosferadagi kislorod miqdorininmg ortishi giportoniya kirizlari va miya insultlarining ko’payishiga olib keladi. Kislorod miqdorining ortishi asosan qishda kuzatiladi. Tog’larda balandga chiqqan sari har 10 m da bosim 1 mm sinob ustunuga kamayadi va inson organizmiga tushadigan og’irlik bosimi ortadi.

Havoda namlik qanchalik yuqori bo’lsa, issiq harorat insonga shunchalik kuchli ta’sir etadi. Nisbiy namlik 50 %, havo harorati 16-18 C bo’lishi inson organizmi uchun qulay sharoit hisoblanadi.havo harorati 24 C, nisbiy namlik 44-60 %, shamol tezligi sekundiga 0,7-1 m bo’lganda inson organizmi uchun juda qulay sharoit vujudga keladi.

Suvda, tuproqda va ba’zi mahsulotlarda yod elementining yetuishmasligi buqoq kasalligina keltirib chiqaradi.




Download 390,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish