I BOB. GEOGRAFIYA FANI
VA UNING TARIXI
4
Ma’lumki, geografiya fani ikkita yirik tarmoq –
tabiiy
va
ijti-
moiy-iqtisodiy geografiya
ga bo‘linadi. Birinchisi geografik qobiq,
u
n in g komponentlari va Yer yuzidagi geotizimlarni tadqiq etsa, ik-
kinchisi dunyo, uning mintaqa va mamlakatlari, shahar va qishloqlari
miqyosida aholi, uning yashash tarzi va madaniyati, ishlab chiqarish
sohalari, siyosiy voqea-hodisalarni o‘rganadi.
Geografi k bilimlar qamrovi va hajmining kengayishi, fanning il miy-
amaliy ahamiyatining chuqurlashuvi natijasida tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy
geografi ya tarkibida bir nechta mohiyatan torroq fan va ilmiy-tadqiqot
yo‘nalishlari shakllandi. Jumladan, tabiiy geografi ya doirasida alohida ta-
biat komponentlarini atrofl icha o‘rganadigan fanlar shakllanib, mustaqil
fan sifatida rivojlanmoqda:
geomorfologiya
(Yer yuzi relyefi ni o‘rganadi),
iqlimshunoslik
(iqlim xususiyatlarini o‘rganadi),
gidrologiya
(gidrosferani
o‘rganadi,
okeanologiya
va
quruqlik gidrologiyasiga
bo‘linadi),
glyatsi-
ologiya
(qor va muzliklarni tadqiq etadi),
geokriologiya
(ko‘p yillik muz-
loq yerlarni o‘rganadi),
tuproqlar geografi yasi
(tuproqlarning tarqalishini
o‘rganadi) va
biogeografi ya
(tirik organizmlarning Yer yuzida tarqalishini
o‘rganadi,
geobotanika
va
zoogeografi yaga
bo‘linadi). Sayyoraviy ahami-
yatga ega tabiiy geografi k jarayonlarni va geografi k qobiqni bir butun
yaxlit tizim sifatida
umumiy tabiiy geografi ya
o‘rganadi. Kichik hududlar
tabiatining tuzilishi va xususiyatlarini tadqiq qiluvchi
landshaftshunoslik
fani ham tabiiy geografi k fanlar qatorida alohida ajralib turadi. Tabiatga
inson xo‘jalik faoliyati ta’sirining kuchayishi munosabati bilan vujudga
kelgan
geoekologiya
fani atrof tabiiy muhitda ro‘y berayotgan o‘zgarish
va ekologik muammolarni geotizimlar doirasida tadqiq etadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy geografi ya doirasida ham shunga o‘xshash tarmoq-
lanish jarayoni rivojlanib bormoqda. Buning natijasida,
aholi geografi -
yasi, shaharlar geografi yasi (geourbanistika), siyosiy geografi ya
(jahon
siyosiy xaritasi, davlat chegaralari, siyosiy munosabat va jarayonlarni
o‘rganuvchi fan),
sanoat geografi yasi, qishloq xo‘jaligi geografi yasi,
transport geografi yasi, turizm geografi yasi, xizmat ko‘rsatish sohasi
geografi yasi, etnogeografi ya
(xalqlar geografi yasi)
, din geografi yasi
va
boshqa geografi k fanlar vujudga kelgan. Shu bilan birga, ijtimoiy-iqti-
sodiy geografi k fanlar ichida jahon iqtisodiyoti va xalqaro mehnat taq-
simotini o‘rganuvchi
jahon xo‘jaligi geografi yasi
hamda dunyo mam-
lakatlarini har tomonlama tadqiq etadigan
mamlakatshunoslik
kabi keng
qamrovli fanlar ham rivojlanmoqda.
5
Yuqoridagilardan xulosa chiqarib aytish mumkinki, geografi ya hozir-
gi davrda maqsad va vazifalari, o‘rganish obyekti va predmeti o‘za-
ro bog‘liq bo‘lgan bir nechta fanlardan iborat bo‘lgan
fanlar tizimi
ga
aylandi. Bu fanlar tizimi tarkibida tabiiy geografi k va ijtimoiy (ya’ni,
jamiyatni o‘rganuvchi) geografi k fan guruhlari ajralib turadi. Shuning-
dek, jamiyat va tabiatning o‘zaro munosabatlarini o‘rganish chog‘ida
qator umumgeografi k mazmun-mohiyatga ega fanlar ham tarkib top-
gan, masalan,
tabiiy resurslar va tabiatdan foydalanish geografi yasi
,
tibbiy geografi ya
(turli hududlarda yashovchi aholining salomatligi va
kasallanishi, unga ta’sir etuvchi tabiiy va ijtimoiy omillarni o‘rganadi).
Geografi k fanlar tizimida geografi k xaritalarni tuzish va ular bilan ish-
lashni o‘rganadigan
kartografi ya
fani alohida o‘rin va ahamiyatga ega.
Geografi k fanlar turkumiga kiruvchi barcha fanlar o‘zaro bog‘liq
bo‘lib, umumiy ilmiy va amaliy maqsadlarni ko‘zlagan holda rivojlan-
moqda. Turli geografi k fanlar uyg‘unligida Yer yuzi va alohida hudud-
lar haqida yaxlit tasavvur shakllanadi, mamlakat va hududlar rivojla-
nishining muammo va istiqbollari aniqlanadi, tabiatni muhofaza qilish
va undan oqilona foydalanish, iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi turmush
darajasini yuksaltirishga xizmat qiluvchi amaliy taklif va tavsiyalar ish-
lab chiqiladi.
Geografi yani o‘rgana boshlagan paytda bu fanning nomi qadim-
gi yunon tilida “
Yerning tasviri
” degan lug‘aviy ma’no berishini bilib
olgansiz. Lekin hozirgi davr geografl ari turli joylar tabiati, aholisi va
xo‘jaligini tasvirlash va tavsifl ash bilan cheklanib qolmasdan, turli ta-
biiy va ijtimoiy hodisalarning vujudga kelish va hududiy tarqalish
qo nuniyatlarini o‘rganadilar, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro mu-
nosabat va ziddiyatlarni atrofl icha tahlil qiladilar, dolzarb ahamiyatli
ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muammolarni hududlarning o‘zi-
ga xos sharoit va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yechish yo‘llari-
ni ishlab chiqadilar. Zamonaviy geografi ya
an’anaviy tasvirlovchi
mohi-
yatdagi “
Nima? Qayerda? Qancha?
” savollariga javob beruvchi fandan
“
Nima? Qayerda? Qancha?
Nima sababdan? Qanday foydalanish ke-
rak? Yaxshilash uchun nima qilish kerak?
” degan savollarga javob
topuvchi keng qamrovli
nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan
fanlar tizimiga
aylandi.
Geografi ya fanining vazifasi fan va jamiyatning rivojlanishi bi-
lan o‘zgarib bordi. Bugungi kunda zamonaviy geografi yaning oldi-
6
ga qo‘ygan vazifalari bir qancha bo‘lib, eng asosiy vazifasi
tabiat va
jamiyat o‘zaro munosabatlarini uyg‘unlashtirishdir
.
Geografi ya fanlarida turli ilmiy-amaliy masalalarni o‘rganish jara-
yonida qator
tadqiqot usullari
dan foydalaniladi. Bulardan eng muhim-
lari –
ekspeditsiya, tasviriy, kartografi ya, statistik, qiyosiy geografi k, ra-
yonlashtirish
usullari. Shuningdek, borgan sari geografi k tadqiqotlarda
matematik va kompyuter modellashtirish, aerokosmik, geokimyoviy
va
geofi zik
kabi zamonaviy tadqiqot usullarining ahamiyati hamda qo‘lla-
nilish qamrovi kengayib bormoqda.
Geografi ya, geografi ya fanlari tizimi, tabiiy geografi k va ijtimoiy geografi k fanlar,
geografi k qobiq, rayon, tabiat va jamiyatning o‘zaro munosabatlari, tadqiqot usullari.
1. Geografi yaning o‘rganish obyekti nima?
2. Geografi ya fanlari tizimida qanday fanlar mavjud?
3. Geografi yada hozirgi paytda qanday masalalar ustida va qanday tadqiqot usullari
yordamida izlanishlar olib borilmoqda?
4. Mavzudagi ma’lumotlardan foydalanib, geografi ya fanlari tizimining tuzilishini
aks ettiruvchi chizmani daftaringizga chizing.
Do'stlaringiz bilan baham: |