Geografiya 10 sinf 2017. indd



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/140
Sana18.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#386889
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   140
Bog'liq
Geografiya o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsu (1)

29-rasm. 
Orol 
dengizining 
2000–2016-yillarda 
o‘zgarib borishi


149
bog‘liq  muammolar;  6)  rekreatsiya  obyektlaridan  foydalanish  bilan 
bog‘liq  muammolar;  7)  zaharli  kimyoviy  moddalarning  tabiiy  muhitni 
ifl oslashi  bilan  bog‘liq  muammolar  va  h.k.
Geoekologik  muammolarni  yechimining  ilmiy  asoslari.
 Ushbu 
muam molarning  yechimi  tizimli  tahlilga  bog‘liq.  Tizimli  tahlil  natijasi-
da  muammoning  asosiy  xususiyatlari,  ko‘lami,  rivojlanish  bosqichlari, 
yo‘nalishlari,  sabablari  va  omillari,  oqibatlari  va  boshqalar  ayon  bo‘la-
di.  Geoekologik  muammolarni  tadqiq  etishda  asosan  hududiy,  geotizim-
li  va  ekologik  prinsiplar  qo‘llaniladi.
Hududiy prinsipni
 qo‘llash, muammoning hududiy miqyosini aniqlash-
ga,  uning  rivojlanish  chegaralarini,  tarqalish  arealini  ajratishga  imkon 
beradi.  Mazkur  prinsip  hudud  yaxlitligi,  uning  boshqa  hududlar  bilan 
aloqasi,  o‘zaro  bog‘liqlik  va  ta’sirda  bo‘lishini  bilishga  imkon  beradi. 
Geotizimli prinsip 
geoekologik  muammoni  o‘rganish  uchun  geografi k 
asos  hisoblanadi,  chunki  u  hududning  tuzilishi  to‘g‘risida  axborot  berish 
bilan  birga  uning  qanday  tabiiy  xususiyatlarga,  resurslarga  ega  ekanligi 
haqida  ma’lumotlarni  olishga  imkon  beradi.  Mazkur  prinsip  geotizim-
lar  chegaralarining  joylashuvini,  ularning  nisbati,  bir-birlariga  nisbatan 
past-balandligi,  tarkibiy-dinamik  holati  haqida  ma’lumot  beradi.  Ush-
bu  prinsip  muammoning  ko‘pgina  xususiyatlarini  baholashda,  kelajak-
da  bo‘ladigan  o‘zgarishlarni  oldindan  prognoz  qilishda,  turli  tadbirlar 
tizimini  asoslashda  va  ularni  qo‘llashda,  barcha  turdagi  kartalarni  tu-
zishda  asos  bo‘ladi.
Ekologik prinsipning
  qo‘llanilishi  tirik  organizmlar,  jumladan  inson-
ning  atrof-muhit  bilan  o‘zaro  aloqalari,  ta’siri  va  munosabatda  bo‘li-
shi  nazarda  tutilganligi  bilan  bog‘liq.  Ekologik  muammoning  mantiqiy 
ma’nosi  ham  aslida  tirik  organizm  bilan  jonsiz  tabiat  orasidagi  o‘zaro 
aloqa  va  munosabatlarning  buzilishidan  iboratdir.  Ushbu  munosabatning 
ziddiyatlashuvi  muayyan  geotizimlarda  ro‘y  berib,  hududiy  xususiyat-
ga  ega  bo‘ladi.  Shuning  uchun  ham  mazkur  muammoni  geoekologik 
muam mo  sifatida  tadqiq  etish  zarur.
Geoekologik  muammoni  bartaraf  etish  deganda,  avvalo,  dastlabki  ta-
biiy  muvozanatni  qayta  tiklashni  tushunmoq  lozim.  Tabiiy  muvozanat 
(ekologik muvozanat)ni qayta tiklash – tabiiy komponentlar va geotizim-
lar  orasidagi  o‘zaro  bog‘liqlik,  aloqadorlik  va  harakatni  dastlabki  holati-
ga  yaqinlashtirishdir,  lekin  uni  asl  holiga  qaytarib  bo‘lmaydi.  Buzilgan 
tabiiy  muvozanatni  qayta  tiklash  tadbirlarida  aho lining  yashash  sharoi-


150
ti  va  sog‘ligini  ham  avvalgi  holatiga  olib  kelish  lozim.  Masalan:  Orol 
va  Orolbo‘yi  bir-biri  bilan  uzviy  bog‘liq  bo‘lgan  regional  geoekologik 
muammo  bo‘lib,  ularning  yechimi  o‘zaro  bog‘liq  kompleks  tadbirlar-
ni  baravariga  qo‘llagan  holdagina  hal  qilish  mumkin.  Bunda,  eng  bi-
ri n  chi  navbatda,  tashqaridan  kelayotgan  suvning  toza  va  miqdorining 
ko‘p  bo‘lishiga  erishish  lozim.  Chunki,  muammoni  tezlatuv chi  kuch 
qurg‘oqchil  iqlim  sharoitida  cho‘llashish  hodisasidir. 
Lokal  geoekologik  muammolar  yechimi  eng  sodda  muammolar 
bo‘lib,  ularni  bartaraf  etishda,  eng  avvalo,  geoekologik  muammo-
li  hududning  tabiiy  geografi k  sharoiti  va  tabiiy  qonuniyatlari  chuqur 
o‘rganilishi  lozim.  Har  bir  geotizimning  xususiyatlariga  mos  xo‘jalik 
tarmoqlari  va  tabiatdan  foydalanish  chora-tadbirlarini  qo‘llash  orqali 
bunday  muammolarning  oldi  olinadi.  Masalan,  yerlardan  sug‘orma  deh-
qonchilikda  foydalanilishda  har  bir  geotizimning  xususiyati  o‘rganilib, 
so‘ngra  shunga  mos  ekin  turlari,  sug‘orish  usuli  va  me’yorlari,  agrotex-
nika  tadbirlarini  qo‘llash,  ya’ni  tabiat  bilan  munosabatda  uning  qonun-
larini  buzmaslik  kutilgan  natijalarga  erishish  kafolatidir.
Geoekologik  muammo,  global  geoekologik  muammolar,  regional  geoekologik 
muammolar, lokal geoekologik muammolar. 
1. Geoekologik muammo deb nimaga aytiladi?
2. Geoekologik muammolrning qanaqa turlarini bilasiz?
3.  O‘zingiz  yashab  turgan  joydagi  mahalliy  geoekologik  muammolarni  va  ularni 
bartaraf etish yo‘llarini tavsifl ab yozing.  

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish