34-§. TAKRORLASH DARSI
Darslik va xaritalar asosida o‘z bilimingizni sinab ko‘ring va baholang.
Dastlab barcha mavzulardagi tayanch tushuncha va atamalar, savollarga
bergan javoblaringiz va topshiriqlar yuzasidan bajargan ishlaringizni eslang
va yana bir bor takrorlang.
Mustaqil ravishda har bir mavzudan testlar, savollar tuzing va yeching. Bu
orqali yakunlovchi test sinovlariga va yozma ishlarga tayyorgarlik ko‘rasiz.
Amaliy topshiriqlar yuzasidan bajargan ishlaringizni ham qaytadan ko‘rib
chiqing. Bu Sizga amaliy topshiriqlarga oid yozma ishlarni bajarish, geografi k
masalalar yechish, yoki yozuvsiz xaritalar bilan ishlashda yordam beradi.
Umuman olganda, takrorlash orqali yil mobaynida olgan bilimlaringizni
mustahkamlab, ayrim tushunmagan joylaringizni o‘zlashtirib olasiz.
151
Do'stlaringiz bilan baham: |