Geografi k baholash –
tabiiy sharoit va resurslar yoki geotizimlarni foydalanish
maqsadlarida baholash.
Geografi k ekspertiza –
loyihalanayotgan muhandislik inshootining atrof-muhit
talablariga mos kelish kelmasligini aniqlash.
Geografi k o‘rin –
Yer yuzidagi biror bir obyektning o‘zi bilan aloqador boshqa
obyektlarga nisbatan tutgan o‘rni.
Geografi k prognoz –
tabiiy muhit va hududiy ishlab chiqarish majmualarining
o‘zgarishidagi asosiy yo‘nalishlarni ilmiy jihatdan oldindan asoslab berish.
Geoid
(yunocha ge
–
Yer, idos – ko‘rinish, qiyofa, ya’ni “Yer ko‘rinishida”,
“Yerga o‘xshash” ma’nolarini bildiradi) – Dunyo okeani suv sathining tinch va mu-
vozanat holatida turganidagi sathiy yuza va ushbu yuzani quruqliklarning tagidan
farazan davom ettirganda hosil bo‘lgan qabariq yuza. Bu yuza hamma joyda og‘irlik
kuchi yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |