Texnik ekinlar –
mahsuloti sanoat uchun xomashyo sifatida ishlatiladigan ekin-
lar.
To‘qay –
daryo bo‘ylaridagi daraxt-buta-o‘t o‘simliklaridan iborat qalin chan-
galzor o‘rmon.
Transport –
(lotincha trans – «orqali» va portare – «tashimoq») iqtisodiyotning
muhim tarmog‘i bo‘lib, xalq xo‘jaligi va aholining yuklarga ehtiyojlarini o‘z vaqtida
muttasil ta’minlab turadi.
Urbanizatsiya –
shaharlar va shahar aholisining o‘sish, shahar turmush tarzining
keng tarqalish jarayoni.
Urochishe –
kelib chiqishi va rivojlanishi jihatdan uzviy bog‘liq bo‘lgan fatsi-
yalardan iborat geotizim. Asosan relyefning mezo shaklida joylashgan bo‘ladi.
Voha –
cho‘l va chalacho‘llarda suv chiqarilib obod qilingan yer.
Do'stlaringiz bilan baham: |