Geografiya 10 sinf 2017. indd


Alohida  muhofaza  etiladigan  hududlar



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/140
Sana18.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#386889
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   140
Bog'liq
Geografiya o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsu (1)

Alohida  muhofaza  etiladigan  hududlar
  –  tabiatni  muhofaza  qilish, 
sog‘lomlashtirish, rekreatsiya, tarixiy-madaniy maqsadlar uchun ajratilgan 
yer  va  suv  (akvatoriya)  maydonlari  hisoblanadi.  Ularga  milliy  bog‘lar, 
qo‘riqxonalar,  biosfera  rezervatlari,  buyurtmaxonalar  kiradi.
Milliy  bog‘
  –  alohida  muhofaza  etiladigan  hududlarning  eng  yiri k 
shakli  bo‘lib,  ilmiy,  madaniy,  estetik  yoki  tarixiy  ahamiyatga  ega 
bo‘lgan  tabiat  komplekslarini,  nodir  tabiat  obyektlari,  xushmanzara 


51
landshaftlarini  saqlash  uchun  tashkil  qilinadi  va  tabiatni  muhofaza  qi-
lishning  maxsus  rejimi  bilan  saqlanadi.  Milliy  bog‘lar  xorijiy  mamlakat-
larda  hududlarni  muhofaza  qilishning  asosiy  shaklidir.  «Milliy»  so‘zi 
mazkur  hududning  xususiy  mulk  emas,  balki  butun  millatga  qarashli 
ekanligini  bildiradi  va  muhofaza  tadbirlari  davlat  tomonidan  amalga 
oshi riladi.  Milliy  bog‘  hududi  foydalanish  va  muhofaza  qilish  rejimi 
turlicha  bo‘lgan  maydonlarga  –  zonalar  (qo‘riqxona,  buyurtmaxona, 
tabiat  yodgorliklari,  dam  olish  zonasi  va  boshqalar)ga  bo‘lib  qo‘yila-
di.  Shunday  qilib,  tabiiy  bog‘larni  tashkil  qilishda  bog‘  maydoni,  ta-
biiy  sharoiti  (relyef,  o‘simlik)ni  hisobga  olish  zarur.  Bu  esa  bog‘  tabiiy 
landshaftlarini  uzoq  muddat  saqlashga  imkon  beradi.  Respublikamizda 
3  ta  milliy  bog‘  mavjud.  Bular:  Ugom–Chotqol  va  Zomin  davlat  milliy 
tabiat  bog‘lari  hamda  Do‘rmon  tabiat  bog‘i.
Qo‘riqxona
  –  har  qanday  xo‘jalik  faoliyati  taqiqlangan,  tabiat  kom-
ponentlari  va  landshaftlar  qonun  asosida  qat’iy  muhofazaga  olingan  joy.   
Qo‘riqxona  tabiatni  muhofaza  qilishning  eng  samarali  shakllaridan 
biri. Alohida  muhofaza  etiladigan  hududlar  orasida  qo‘riqxonalar  muhim 
rol  o‘ynaydi.  Ularning  asosiy  vazifasi  –  tabiati  o‘zgarmagan  yoki  kam 
o‘zgargan hududlarni, qimmatli landshaftlarini jamiyat manfaatlari uchun 
saqlashdan  iborat.  Qo‘riqxona  hududidan  xo‘jalikda  foydalanish,  hatto, 
pichan  tayyorlash,  ov  qilish,  baliq  tutish,  qo‘ziqorin  terish  umuman 
ta’qiqlanadi.  Ularning  atrofi   kam  foydalaniladigan,  muhofaza  qilinadi-
gan  zona  bo‘lishi  kerak.  Hududidagi  mavjud  tabiiy  sharoit  o‘z  holicha 
saqlanadi.  Qo‘riqxona  hududi  turli  hayvon  va  o‘simlik  turlarini,  ovla-
nadigan  hayvonlarning  miqdori  va  genetik  fondini  saqlash  uchun  ajra-
tiladi.  Ular  inson  tomonidan  o‘zlashtirilayotgan  va  o‘zgargan  qo‘shni 
hududlar  uchun  namuna  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Bunday  namunalar  inson 
xo‘jalik  faoliyatining  biz  uchun  qulay  yoki  noqulay  ekanligini  taqqos-
lashga,  tabiatdan  amaliy  foydalanishda  u  yoki  bu  usul ning  qanchalik 
maqsadga  muvofi qligini  nazorat  qilishga  imkon  beradi.  U  tabiat  kom-
ponentlari  o‘rtasidagi  uzviy  aloqadorlikni  o‘rganib,  tabiiy  boyliklardan 
unumli  foydalanish  yo‘llarini  ishlab  chiqish  uchun  zarur.  Qo‘riqxonalar 
ilmiy  muassasalar  hisoblanadi.  Respublikamizda  8  ta  qo‘riqxona  faoli-
yat  ko‘rsatmoqda.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish