25-BILET
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va ularning turlari. Buyurtmaxona - ayrim tabiiy obyektlar va landshaftlarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hudud yoki suv havzasi. Ularning hududida ayrim tabiiy resurslar- dan foydalanishga, tabiatga kuchli ta’sir ko‘rsatmaydigan xo‘jalik faoli- yatiga ruxsat beriladi. Qo‘riqxonalardan farq qilib, buyurtmaxonalarning maydonlari yer fondidan ajratib olinmaydi. Buyurtmaxonalar doimiy va vaqtincha bo‘ladi. Vaqtincha buyurtmaxonalar ko‘pincha ovchilik xo‘ja- liklarida ov qilinadigan hayvon va qushlarning sonini tiklash va ko‘pay- tirish maqsadida ma’lum muddatga tashkil qilinadi. Muhofaza qilinayot- gan turlarning o‘rtacha soni tiklangandan keyin cheklov bekor qilinadi va buyurtmaxona yana ov qilinadigan joyga aylanadi. Keyingi yillarda botanik, zoologik, geologik, ixtiologik, ornitologik va boshqa xil buyurt- maxonalar tashkil qilinmoqda.
«Demografik portlash» va «Anklav davlat» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
Demak, XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib jahon aholi sonining ko‘payishi keskin tezlashdi. Bu jarayon fanda demografi k portlash deb ataladi. Bu hodisaning sababi - ijtimoiy-iqtisodiy va fan-texnika taraqqi- yoti tufayli aholining turmush darajasi yuksalishi, yashash sharoiti yax- shilanishi va sog‘liqni saqlash tizimining rivojlanishi, odamlarning o‘rta- cha umr davomiyligining o‘sishi, o‘lim darajasi esa pasayib ketganligidir. Dastlab demografi k portlash XIX asrning boshi - XX asrning birinchi yarmida G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada ro‘y bergan bo‘lsa, XX asrning ikkinchi yarmida esa Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Okeaniyadagi rivojlanayotgan mamlakatlar aholi sonining yuqori sur’at- lar bilan o‘sishida o‘z aksini topdi.
Malta O‘rta dengizdagi orollarda joylashgan kichik davlat bo‘lsa, subregionning qolgan davlatlari geografi k o‘rni nuqtayi nazaridan yarim orol mamlakatlari hisoblanadi. Andorra, San-Marino, Vatikan davlatlari yarim orollarda joylashsada, dengizga chiqish imkoniyati yo‘q.
San-Marino bilan Vatikan anklav davlatlar hisoblanadi, chunki ular faqat bitta davlat, ya’ni Italiya bilan chegaradosh bo‘lib, butunligicha uning hududi bilan o‘ralgan. Janubiy Yevropa mamlakatlaridan Ispa- niya va Andorra boshqaruv shakli jihatidan konstitutsiyaviy monarxiya, Vatikan davlati Yevropada yagona mutlaq teokratik monarxiya (davlat rahbari -
Rim-katolik cherkovi yetakchisi hisoblanmish Rim Papasi), qolganlari esa respublikadir.
Dunyoning siyosiy xaritasidan Lotin Amerikasidagi okeanga chiqish imkoniyati bo ‘lmagan 2 ta davlatni ko ‘rsating. Ulardan qaysi birining poytaxti ekvatordan uzoqroqda_ joylashgan? Ushbu shaharning geografik koordinatalari aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |