3D texnologiyalar
Hozircha bu kabi ishlanmalar tor doirada amalga oshirilayotgan bo‘lsa, yaqin Kelajakda bemalol uy sharoitida 3D-printerdan masalan kiyim yoki ro‘zg‘or buyumi chiqarib olishning imkoni bo‘ladi.
Uch o‘lchamli chop etilayotgan mahsulotlarning narxi pasayishini inobatga olsak, ushbu texnologiyaga talab oshmoqda. Bugungi kunda Boeing kompaniyasi o‘z samolyotlarining 200 dan ortiq detallarini 3D-chon etish texnologiyasi asosida ishlab chiqmoqda.
Mobillashgan GAT
Mobillashgan GAT bu geoaxborot tizimi imkoniyatlarini ofis muxitidan dala sharoitiga kengaytirishga xizmat qiladi. Mobil GAT dala sharoitida geografik ma’lumotlarni to’plash, saqlash, yangilash, tahlil qilish va tasvirlash imkoniyatini beradi. Bundan tashqari bu usul orqali real vaqt oralig’ida geografik ma’lumotlarni olish mumkin.
An`anaviy ma’lumot to’plash jarayonida daladan ma’lumot to’plash ko’p vaqt talab qiluvchi ish hisoblangan. Undan tashqari ma’lumotlar qog’ozda yozilib keyin qo’lda qaytadan kompyuter xotirasiga kiritilgan va kamerali ishlar bajarilgan. Mobil GATda bunday vaqt talab qiladigan ishlarni bartaraf qildi. Mobil GATni tushuntirishdan oldin mobil to’g’risida to’xtalib o’tamiz.
Mobil qurilma bu axborot uzatuvchi qurollar turkumiga kirib, ular jumlasiga shaxsiy raqamli yordamchilar, mobil telefonlar, cho’ntak kompyuterlari kiradi. Ko’pgina mobil asboblar hozirgi GPS priyomniklar, GSM karta, raqamli kameralar, MP3 pleyerlar bilan qo’shimcha jixozlangan. Mobil asboblar bir – biridan ekran o’lchami, rangi, aniqligi, operatif xotirasi va quvvat manbayi bilan farqlanadi.
Mobil qurilmalar hozirgi kunga kelib dala ma’lumotlarini ofisda joylashgan serverlarga real vaqt oralig’ida uzatish uchun Internet bilan ham bog’langan. Bunda dala ma’lumotlar simsiz (wireless) internet orqali bir zumda yetkaziladi. Bu tizim Wireless LAN (WLAN) deb ataladi. Undan tashqari Infraqizil port va Blutuz (Bluetootx) orqali ham ma’lumotlar uzatilishi mumkin. Mobil GAT afzalliklaridan tashqari noqulayliklarga ham ega. Bunday noqulayliklar jumlasiga avvalambor foydalanuvchi doimiy harakatda bo’ladi, buning natijasida axborotni olish qiyinlashishi mumkin. Bu qiyinlik mobil qurilmaning siljishi har xil qo’pol xatoliklar natijasida kelib chiqadi. Vaqt ham xatolikga olib kelishi mumkin, qachonki foydalanuvchi shoshilsa va tezda qaror chiqarsa. Yuqoridagi noqulayliklarni hisobga olib bu muammolarni mobil qurilmani ishlatishning markaziy muammosi deyishimiz mumkin. Yana bir noqulayligi quvvat manbaidir. Dala sharoitida ofis sharoitiga qaraganda quvvat manbaining doimiyligini ta’minlab bo’lmaydi. Shu sababli ham akkumlyatorlar quvvati tugab qolishi mumkin. Bu o’z navbatida ishni bir muncha uzayishiga olib keladi.
Mobil GATning eng muhim qo’lga kiritgan yutug’i bu shubhasiz oradagi qog’oz ishlarini olib tashlaganidir. Internet va simsiz aloqaning rivojlanishi o’z navbatida mobil GAT orqali eng yangi va aniq ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi. Bunday o’tkazish simlari albatta tekshiriladi, lekin hozirda birga uzatishlar avtomatik ravishda amalga oshirilgani uchun xatoligi bo’lmaydi. Mobil GATning yana bir qulayligi dala ma’lumotlarini raqamli ko’rishda saqlanganligi uchun bemalol boshqa tizim yoki qurilmalarga o’tkazishning qulayligidir.
Simsiz aloqa tarmoqlari
Wi-Fi - Wireless Fidelity - IEEE 802.11 simsiz aloqa standarti. Bino ichida 32 metrgacha bino tashqarisida 95 metrgacha bo‘lgan masofada LHT PKlari tarmoq platalari, qurilmalari va ulanish nuqtalari o‘rtasidagi aloqani ta’minlaydi.
WiMAX - Worldwide Interoperability for Microwave Access – IEEE802.16 standarti. Bir va ko‘p nuqtalar o‘rtasida (mobil nuqtalar bilan birgalikda) ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasi. Ma’lumotlarni uzatish tezligi 70 Mbit/s gacha, masofa 70 km gacha (masofa uzayishi bilan tezlik pasayadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |