GEOGRAFIK AXBOROT TIZIMLARINING ZAMONAVIY RIVOJLANISHI
REJA
GAT va multimedia vositalari
Veb GAT
Uch o’lchamli (3D) GAT
Mobillashgan GAT
GAT va multimedia vositalari
Multimedia bu turli xil ma’lumotlarni o’zida saqlovchi va yaxshilangan ko’rinishda tasvirlovchi texnologiyadir. Texnologiyani qo’llagan holda tasvirlanadigan ma’lumotlar jumlasiga matn, grafiklar, tasvirlar, ovozlar, raqamli va analog video hamda animatsiyalar kiradi. Hozirgi kunda GAT muvaffaqiyatli amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan karta va planlarni chegarasi yanada mustahkamlanib, sifati ham oshib bormoqda. Lekin foydalanuvchiga ma’lumotni faqatgina 2 o’lchamli tasvirlar orqali oddiy qilib yetkazib berishning o’zi kifoya bo`lmaydi. Hozirgi paytda geografik ma’lumotga bo’lgan talab ortmoqda va ma’lumot ko’rinishida turlicha (video, 3 o’lchamli, va x.k) bo’lishini taqozo etmoqda. Bu muammoni GAT va multimedia texnologiyalari o’zaro birlashtirish orqali erishish mumkin. Multimedia orqali matn, grafik, animatsiya va video orqali amalga oshirilishi mumkin. Multimedia GAT birlashmasi yakka holda bajarish mumkin bo’lmagan operatsiyalarni bajarishga qodir.
Veb GAT
Hozirga paytda Internet tarmog’idan millonlab insonlar foydalanmoqda. Bu o’z navbatida web saxifada multimedia orqali geotasvirlashning yangi ko’rinishlarini yaratishni taqozo etadi. Internet bu millionlab kompyuterlarni birlashtiruvchi ulkan kommunikatsiya tarmog’idir. Oxirgi yillarda Internet faoliyatining o’sishi ulkan axborot oqimining paydo bo’lishiga olib keldi va bu turli manbalardagi ma’lumotlarni yagona manbaga birlashtirish zaruriyatini paydo qildi.
Web GAT ham o’z navbatida takomillashib bormoqda. Web GAT yoki sodda tilda tushuntiradigan bo’lsak bu GAT ma’lumotlari onlayn tarzda Web saxifalardan olish va ba’zi web saxifalar GAT maxsus dasturlari kabi turli operatsiyalarni bajarish imkoniyatidir. Bunday Internet orqali GATni aks ettirishning bir necha afzalliklari mavjud.
Jumladan:
Standart interfeys: har bir web saxifa barcha uchun qulay bo’lgan Izlash (Browse) xususiyatiga ega va hech qanday qo’shimcha dastur yoki tizim o’rnatilishi zarur emas (odatda maxsus GAT dasturiga ishlash uchun mos dasturni o’rnatish zarur bo’ladi). Bu o’z navbatida ortiqcha ishlardan xolos etadi.
Tezligi va ishlatish harajati o’rinli: barcha axborotlarni haqiqiy manbaidan to’g’ridan–to’g’ri olish mumkin.
Hozirgi kunga kelib yuqoridagi afzalliklarni hisobga olib, web saxifa orqali GAT amallarini bajarish GATning standart platformasiga aylanib bormoqda. Keng ko’lamdagi axborot xizmatlari, Internet hozirda mavjud. GAT ni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o’zlari yaratgan dasturlarning web dasturlar jumlasiga ArcIMS va GeoMedia hamda boshqa dasturlarni aytib o’tish joiz. Bunday rivojlanish davom etsa, kelajakda deyarli barcha foydalanuvchilar web – GAT tizimiga o’tib ishlatiladi. Bunday foydalanuvchilar uncha murakkab bo’lmagan GAT amallarini yoki GAT maxsulotlari (karta, grafik, jadval)ni ko’ra olishi mumkin, lekin murakkab operatsiyalarda keng ko’lamli GAT ishlarini olib boruvchi mutaxasislar uchun bunday web – GAT tizimi yetarlicha ma’lumot va imkoniyatlar bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |