Organik dunyosi. Materikning muz-qorlar bilan qoplangan
ichki qismlarida organizmlar yo‘q hisobi. Lekin materikka tu-
tash okean suvlarida hayvonot olami nisbatan ko‘p. Bu sohil
zonasida plankton va kril (mayda baliq)larni iste’mol qiladigan
ko‘k kitlar, tulenlar, dengiz qoploni, janubiy dengiz mushugi,
dengiz sheri va ko‘plab pingvinlar yashaydi (16- rasm). Bu yerda
pingvinlarning 17 turi tarqalgan. Ayniqsa, go‘zal imperator
(bo‘yi 1 m atrofida, og‘irligi 50 kg gacha) va kichikroq adeli
pingvinlari ko‘p. Pingvinlar suvda yaxshi suzadi, baliqlar, mol-
luskalar va qisqichbaqalar bilan oziqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |