17
nishlari xos. Tinch okean „olovli halqasi“, O‘rta dengiz, Hi-
molay, Sharqiy Afrika, Markaziy
Amerika geosinklinal minta-
qalari Yer po‘stining eng faol qismlaridir.
Okean po‘sti 5 — 10 km qalinlikka ega. So‘nggi tadqiqot ish-
lari natijasida bazaltli qatlamdan pastda joylashgan va qalinligi
3,5 — 5 km bo‘lgan magmatik jinslar borligi aniqlandi. Demak,
okean po‘sti ham uchta qatlamdan tuzilgan. Lekin unda granitli
qatlam uchramaydi.
Litosfera okean tubida 50 — 60 km gacha, quruqliklarda
100 — 200 km gacha qalinlikka ega. Litosfera Yer po‘stining
yirik va yaxlit bo‘laklari — plitalaridir.
Ular materik va okean
tublarini o‘rta okean tizmalariga qadar egallaydi. Yettita yirik
(6 ta materik va bitta Tinch okean) va oltita kichikroq litosfera
plitalari ajratilgan. Litosfera plitalari to‘qnashish qismlarining
juda faolligi natijasida yosh tog‘lar, harakatdagi vulqonlar,
zilzilalar hosil bo‘ladi.
„Litosfera plitalari nima sababdan gorizontal siljiydi?“ degan
savolga olimlar javob topishdi.
Aniqlanishicha, bu Yer po‘sti
bilan mantiya oralig‘idagi
astenosfera (yunoncha „astenos“ —
kuchsiz) qatlamining yumshoq va elastik holatdagi moddalar-
dan tuzilganligiga bog‘liq ekan. Deyarli barcha vulqon o‘choq-
lari ham astenosferaga to‘g‘ri kelishi aniqlandi. O‘rta okean
tizmalarida litosfera plitalari mantiyadan chiqayotgan mod-
dalarning halqasimon harakati hisobiga bir-biridan uzoqlashadi.
Natijada, ular orasida yangi okean po‘sti hosil bo‘ladi va
kengaya boradi (4- rasm). Òog‘larning paydo bo‘lishi harakat-
dagi vulqonlar, zilzilalar litosfera
plitalarining tutashish, ya’ni
to‘qnashgan chegaralariga to‘g‘ri keladi.
Relyef (yunoncha,
ko‘tarilaman) Yer yuzasining kattaligi,
kelib chiqishi, yoshi va rivojlanish tarixi turlicha bo‘lgan shakl-
laridir. Yer yuzasidagi barcha
relyef shakllari ichki va tashqi
kuchlarning hosilasidir. Asosiy relyef shakllariga tog‘ va tekis-
liklar misol bo‘ladi. Òog‘lar quruqlikning 40 % ini, tekisliklar
esa 60 % ini egallaydi.
Yer shari quruqligining eng past nuqtasi –405 m ga (O‘lik
dengiz), eng baland nuqtasi 8 848 m ga (Jomolungma yoki Eve-
2 — A. Soatov, A. Abdulqosimov, M. Mirakmalov
18
rest) teng. Quruqlikdagi dengiz sathidan past yerlar —
cho‘k-
malar va
botiqlar deb ataladi. Dengiz sathidan 200
m baland-
likkacha bo‘lgan tekisliklar
pasttekisliklar deyiladi. 200 m dan
500 m balandlikkacha bo‘lgan yerlar
qirlar deyiladi. 500 m dan
1 000 m balandlikkacha bo‘lgan yerlar
past tog‘lar, 1 000 m dan
2 000 m gacha bo‘lgan tog‘lar
o‘rtacha tog‘lar, 2 000 m dan
3 000 m gacha bo‘lgan tog‘lar
o‘rtacha baland tog‘lar, undan
yuqorilari
baland tog‘lar deyiladi. Bular quruqlikning asosiy
relyef shakllari hisoblanadi.
Okeanlar tubining relyefi ham murakkab tuzilishga ega.
Materiklarning deyarli 35 % i dengiz va okean suvlari tagida
joylashgan. Ular tekis yuzali materik sayozligi (shelf)ga to‘g‘ri
keladi va 200 m chuqurlikka qadar davom etadi. Undan pastda
qiyaroq materik yonbag‘ri yoki
batial (yunoncha,
chuqur)
3 000 m gacha,
abissal (yunoncha,
tubsiz) 6 000
m gacha va
okean botiqlari (6 000 m dan chuqur) mintaqalari joylashgan.
Okean tubi relyefida uzluksiz davom etadigan (uzunligi 60
ming km) o‘rta okean tizmalari, vulqonli tog‘lar, cho‘kmalar,
tekislik — havza, soylik va platolar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: