120
52- §. Sovuq va mo‘tadil iqlim
mintaqalari
Iqlim mintaqalari. Materikning shimoldan janubga qarab
katta masofaga cho‘zilganligi tufayli uning iqlim sharoiti juda
ham xilma-xil. Sovuq iqlim mintaqalariga arktika va subarktika
iqlim mintaqalari kiradi.
Arktika iqlim mintaqasi Yevrosiyoning Arktikadagi orolla-
rini va quruqlikning Shimoliy Muz okeaniga tutashib turgan
qismini ishg‘ol etadi. Bu yerda yil davomida sovuq arktika havo
massasi hukmronlik qiladi. Harorat yoz oylarida ham past (+1
+3 °C) bo‘ladi, qishda esa qattiq sovuq uzoq davom etadi. Yozi
juda qisqa bo‘lib, qutb quyoshi bir necha oy ufqdan biroz
ko‘tarilib turadi va quruqlik yuzasini isita olmaydi.
Qishning
o‘rtacha harorati (–40 °C) past bo‘lib, qor bo‘ronlari takror-
lanib turadi. Yillik yog‘in 50 — 100 mm atrofida qor shaklida
yog‘adi. Quruqliklarning asosiy qismi muz va qor bilan qop-
langan.
Subarktika iqlim mintaqasi g‘arbda
Skandinaviya yarim-
orolining shimolidan sharqda Bering dengizi sohiligacha davom
etadi. Yoz oylarida o‘rtacha harorat +4 °C dan +14 °C gacha ko‘-
tariladi. Yil davomida sovuq shamollar esib turadi, bulutli kun-
lar ko‘p bo‘ladi. Bu yerga 200 — 400 mm atrofida yog‘in tushadi.
Mo‘tadil iqlim mintaqasi Yevrosiyoning
eng katta qismini
egallab olgan. U g‘arbda Atlantika okeani sohillaridan boshlanib,
sharqda Tinch okean sohillarigacha davom etadi. Mo‘tadil min-
taqa iqlim sharoitining shakllanishida Atlantika okeanidan ke-
ladigan dengiz havo massasi, materik ichkarisida tarkib topgan
kontinental havo massasi va Tinch
okeandan keladigan musson
havosi muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun bu yerda mo‘tadil
iqlim mintaqasining
dengiz,
mo‘tadil-kontinental, kontinental va
musson iqlim tiðlari hosil bo‘ladi.
Yevrosiyoning g‘arbiy qismida Atlantika okeanidan keladi-
gan iliq havo massalarining ta’siri tufayli qish yumshoq, yoz
121
salqin bo‘ladi. Yanvarning o‘rtacha harorati 0 °C atrofida,
iyulniki esa +15 +20 °C ga teng. Yog‘ingarchilik
yil davomida
bo‘lib turadi va uning o‘rtacha yillik miqdori 1 000 mm dan
oshadi.
Mo‘tadil mintaqaning sharqiy qismidagi Tinch okean sohil-
larida musson shamollari hukmron. Bu havo massalari fasllarga
qarab almashinib turadi va mo‘tadil mintaqaning musson iqlim
tiðini hosil qiladi. Yog‘ingarchilik, asosan, yoz oylarida bo‘ladi
(yillik yog‘in miqdorining 90 % i aprel-noyabr oylariga to‘g‘ri
keladi),
qishda esa aksincha, yog‘in kam tushadi (100 mm).
Do'stlaringiz bilan baham: