Geoekologiyа fanidan O’quv-uslubiy majmua


O’zbekistonda ekologik vaziyat



Download 309,67 Kb.
bet68/87
Sana18.02.2022
Hajmi309,67 Kb.
#456675
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   87
Bog'liq
геоэкология маруза

O’zbekistonda ekologik vaziyat umuman olganda o’rtacha barqaror, joylarda turlicha: qanoatlanarli vaziyatdan tortib falokatli vaziyatgacha mavjud. Baland va o’rtacha balandlikdagi tog’larning suv ayirg’ich qismlari eng qulay va qulay vaziyatga ega, chunki bu geotizimlarda insonni xo’jalik faoliyati deyarli amalga oshirilmaydi. Tabiiy sharoit deyarli buzilmagan. Tog’larning yonbag’rlarida inson ta’siri sezila boshlaydi, yuqori qismlarda ekotizimlarni strukturasi va funktsional mavjudligida buzilishlar kuzatiladi. O’simlik qoplami, xayvonot olami, qisman tuproqda o’zgarishlar uchraidi. Yonbag’rlarni quyi qismlarida gravitatsion jarayonlar rivojlangan, ko’p joylarda o’simlik qoplami zichligi nixoyatda past, suktsessiya jarayonida o’zgarishlar kuzatiladi. Shularni e’tiborga olib vaziyat darajasini qanoatlanarli, joylarda o’rtacha deb baholash mumkin.
Tog’ oldi va adir mintaqasi inson ta’siri natijasida kuchli o’zgargan ayniqsa, o’simlik, tuproq, xayvonot olami, relef sharoitlarida o’zgarishlar kuzatiladi, xususan turli tabiiy jarayonlar sodir bo’lgan (eroziya, sel, jarliklar va b.). Bu hududga o’rtacha vaziyat xos. Voxalar turlicha vaziyatga molik, lekin keskin vaziyat xukmron, chunki suv xavzalari inson ta’sirida ifloslangan, tuproq eroziya va sho’rlanishga berilgan, erlarning maxsuldorligi nisbatan pasayib ketgan. Aholi ichimlik suvi, va shaxarlar kanalizatsiya bilan to’liq ta’minlanmagan. Binobarin, turli kasalliklar tarqalgan, o’lim ko’rsatkichlari yuqori.
Tang vaziyat Xorazm, Qoraqalpog’iston, Buxoro voxalarini bir qimsmini egallaydi. Bu voxalarda avvalo aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi murakkab, shu asosda kasalliklar tarqalishi bo’yicha yuqori ko’rsatkichlar xukmron, aholi orasida o’lim ko’rsatkichlari baland. Tuproqlarni sho’rlanishi, voxalarda grunt suvlari satxini ko’tarilib ketganlgi, sug’orishda ishlatiladigan suvni sho’rlik darajasini balandligi asosiy omillardan xisoblanadi. Orol dengizi satxini pasayib borayotganligi, suvni taqchilligi ham jiddiy ahamiyatga ega.
Falokatli vaziyat Orolbo’yida, xususan Mo’ynoq tumanida rivojlangan, bu mintaqada ichimlik suvi, toza daryo suvini taqchilligi dengizni qurigan qismidan tuzlarni yog’ilib turishi, shamollar harakati, cho’llashish hodisasi ekologik hayotni murakkablashtiradi. Aholini kasallanish koeffitsienti va o’lim yuqori darajada. Tirik tabiat falokatga uchrashi oqibatida ekologik muvozanat buzilgan. Orolning qurigan qismi ham shu mintaqaga xos.
Ekologik vaziyatlar barqaror emas, ular doimo dinamik o’zgarishda, bu hol inson omili ta’siri darajasi va miqyosi bilan bog’liq. Shuningdek vaziyat inson tomonidan boshqarilib turilganligi tufayli qayta o’zgartirishlar ularni turg’un holda bo’lishligiga ijobiy ta’sir etadi. Boshqarish miqyosi va ta’sir doirasi, kuchiga qarab, ayniqsa, voxalarda vaziyatlar rejimi kuchli darajada o’zgarishga uchramayapti. Lekin barcha voxalar ham bir maromda yoki darajada boshqarilmaydi, bu hol asosan geosistemalarni strukturali dinamik holatiga bog’liq, tog’ etaklarida voxa geosistemalarini boshqarish nisbatan qulayroq va osonroq. Bu mintaqada asosan eroziyani oldini olish, qisman tuproqda tuz tuplanish va filtratsiya, sel hodisalari boshqarilishi lozim. Tekislik mintaqada deltalarning voxa geosistemalarini boshqarish ancha murakkab va og’ir. Chunki gruntlarni suv utkazmaslik sharoitida sug’oriladigan erlarni suv-tuz rejimni rostlab turish uchun kata xajmda meliorativ ishlarni bajarishga to’g’ri keladi. Bu masala xozirgi sharoitda eng og’ir.
Sanoat shaxarlari (Olmaliq, Chirchiq, Angren, Navoiy, Sho’rtang, Muborak, Uchquduq va b.) ni atrof muhitga ta’siri etarli darajada katta, ularni ta’siri tufayli tabiiy muhit ifloslanadi, xususan suv va xavo xavzalari zararlandi. Farg’ona, Olmaliq, Navoiy sanoat korxonalari, Surxondaryoda Uzun va Sariosiyo tumanlari Tursunzoda alyuminiy korxonasi ta’sirida katta miqyosda vaziyat og’ir. Buning oqibatida aholi orasida turli kasalliklar tarqalgan, yosh bolalarni (1 yoshgacha) o’limi o’rtacha respublika ko’rsatkichidan 1,5-2 marta ko’p, qariyalarni kasallanishi, aholini sog’lomlashtirish punktlariga murojaati ortgan.
O’zbekistonda suv xavzalarining ifloslanganligi, buni oqibatida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashni sekin bajarilayotganligi, ekinlarni sho’r suv bilan sug’orilayotganligi murakkab ekologik vaziyatlarni tarkib topishiga olib kelmoqda. Aholining katta qismi xali ham ochiq xavzalardan ichimlik manbai sifatida foydalanayotganligi achinarli hol, chunki bu toifadagi suvlar davlat andozalariga to’g’ri kelmaydi, shuningdek ba’zi shaxar va qishloqlarni kanalizatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanmaganligi aholi sog’lig’i uchun salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Texnogen omillar ta’sirida yaylovlarni buzilishi, ishdan chiqishi, maxsuldorlikni pasayib ketganligi, harakatdagi qumlarni maydonini kengayib borayotganligi endilikda aniq sezilmoqda. Qizilqum, Ustyurt platosi, Qarshi cho’li, (Ko’kdumaloq, O’rta buloq, Zevarda) va boshqa gaz hamda neft konlarini ishga tushirilishi va atrof muhit, yaylov holatlarini yaxshilash uchun, maxsus tadbirlar majmuasini amalga oshirishni talab qiladi.



Download 309,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish