O’zbekistonda ekologik vaziyatlarni o’zgarishning prognozi. Mamlakatimizda ishlab chiqarishning tezlashishi tufayli inson bilan tabiat orasida munosabatlar murakkablashmoqda, ekologik va sotsial—iqtisodiy oqibatlar miqiyosi ortmoqda. Bu borada Orlbo’yi, Orol dengizi, Qizilqum, Qarshi cho’li, Chirchiq-Oxangaron vodiysi, sanoat shaxarlari va ularning atrofida ancha jiddiy, joylarda falokatli. Bu sharoitda istiqbolda ekologik vaziyatning qanday bo’lishligini ko’z oldiga keltira bilish muxim amaliy ahamiyat kasb etadi.
Butun respublika hududi bo’yicha tabiiy muhitning kelajakda (aytaylik, yaqin 5-10 yil davomida) o’zgarishini bashorat qilish lozim, lekin bu vazifa o’ta murakkab va qiyinligini e’tiborga olib uning ayrim hududlari bo’yicha prognoz ishlarini amalga oshirish ham katta ahamiyatga ega. Bu jihatdan Turkistonda xozirda eng dolzarb muammo bo’lib turgan Orol dengizi muammosini keyingi yillarda rivojini bilish muximdir.
Orol dengizining kelajakdagi holati eng avvalo unga quyiladigan Amudaryo suvi miqdoriga bog’liq. 1995 yildan boshlab Orol xavzasida nisbatan kam suvlik davri boshlanadi, natijada keyingi vaqtlarda dengizga juda ham kam suv kelib quyilmoqda (1995 yilda Sirdaryo bilan birgalikda 10,3, 1996 yilda-7,5, 1997 yilda-6,7 km3). Bu dengiz satxini keskin tushib ketishiga ta’sir etdi (xozirgi vaqtda dengiz satxi 34,7 m mutlaq balandlikda, maydoni 28 ming km2, suv xajmi 231 km3, qurigan maydon 38 ming km2, o’rtacha mineralizatsiya xar litr suvda 50-60 g).
Orolning gidrorejim holatini bashorati Amudaryo oqimining xajmiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq, agarda Amudaryo orqali yiliga muntazam ravishda 20 dan 30 km3 gacha suv dengizga quyilsa, uning satxi 33 m dan 36 m mutlaq balandlik orasida bo’ladi, agarda oqim 20 km3 dan kam bo’lsa, (bunda suv satxidan bo’ladigan bug’lanish miqdori yiliga 0,86 m ni tashkil qiladi) u holda (satxi 24 m ga pasayganda Katta dengiz ikki qismga ajraladi). Bunda g’arbiy (eng chuqur) qismi ancha vaqtgacha mavjud bo’ladi, sharqiy (eng sayoz qismi borgan sari sho’rlanib boradi (1 bosqichda 60-70 g gacha), keyinchalik sho’rlanish sekinlashadi. Sharqiy ko’lning atrofi oppoq hayotsiz tuz mintaqasi bilan qoplanadi, avvaliga sulfat, kelajakda (2005 yildan so’ng) xlorid tarkibidagi sho’rxoklar ustun bo’ladi.
Dare suvining borgan sari barqaror kamayib borishi natijasida sharqiy ko’lning markazida ulkan sho’r ko’l tarkib topadi, uning atrofi xalqasimon mintaqalardan iborat bo’lib, ular turli sho’rxoklar bilan band bo’ladi,. Orol sho’rko’l Katta dengizni g’arbiy bo’lagini eggalaydi, bunda u orollar bo’yicha o’tgan submerdional o’q (Mo’ynoq yarim Orolining Uzunquyruq burnidan to Qulanda yarim oroligacha)ni sharqida joylashadi, xozirda bu mintaqa dengiz suvidan ozod bo’lmoqda. Dengiz suvining sho’rligi xar litrda 120 g dan ortganda (I.V.Rubanov bo’yicha) qishda mirabilit tarkib topa boshlaydi, bu 5 hol Orlbo’yi tabiiy muhiti uchun eng xavfli xisoblanadi. Suvning sho’rligi xar litrda 320 - 425 g bo’lganda astraxanit osh tuzi bilan aaralash holda vujudga kela boshlaydi.
Dengizning qurigan qismidagi sho’rxokli tekisliklarni katta qismi deyarli yalang’och bo’ladi, chunki tuproqlarning tarkibida (ildiz o’sadigan qismi) juda katta miqdorda tuzlarni mavjud bo’lishi xatto supergalofitlarni ham vegetatsiyasiga ta’sir etadi. Faol sho’rxoklar mintaqasidan so’ng qoldiq, ulardan keyin taqirli sho’rxoklar joylashadi.
Shu tariqa O’zbekistonning boshqa hududlarining tabiiy muhitini o’zgarishini bashort qilish mumkin. Qizilqum cho’li landshaftlari xozirda mol boqish, texnogen, dov-daraxtlarni qirqish natijasida insoniy omillar ta’sirida o’zgarib bormoqda. Bularni oqibatida yalang qumlik-harakatdagi qumlar areallari maydoni kengaiib bormoqda. Mol iste’mol qiladigan giyoxlarni maydoni kamaiib, begona o’tlarning hududi kengaiib bormoqda. Texnogen omillar (og’ir avtomobillar, traktorlar, burg’ulash mashinalarining faoliyati, shuningdek karerlar), portlashlar natijasida cho’l ekotizimi buzilib bormoqda. Voxalar bilan ular atrofidagi cho’l landshaftlari orasida murakkab o’zaro ta’sir natijasida nomatlub hodisalarning rivojlanishi kuzatilmoqda. Bekix. botiqlarga .kollektor-zovur va tashlama suvlarning yuborilishi tufayli subakval va akvatorial komplekslarning maydoni keskin tarzda kengaiib bormoqda. (Arnasoy-Aydar kul tizimi, Katta Shurkul, Qoraxotin kuli va b.). Bu holda Qizilqum geotizimlari yaqin kelajakda (2006-2008) yillar jiddiy o’zgarishlarga uchrashi bashorat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |