Geoekologiyaning tadqiqot ob’ekti landshaft va uning morfologik qismlari. Ekologik hodisalarni o’rganish va ma’lum ilmiy xulosalarni ishlab chiqish ko’p yillik tajribalarga ko’ra landshaft miqyosida amalga oshirish hamma jihatdan ham qulay, oson va ob’ektivdir. Chunki landshaft tabiatda aniq chegaralarga ega, o’zida egallagan hudud to’g’risida barcha tabiiy xususiyatlarni aks ettiradi. Shuningdek A.G.Isachenko (1991) bo’yicha landshaftning uchta tabiiy xususiyati (potentsiali) mavjudki, ular orkali uning mavkei yanada ravshan va xaqiqiy tabiiy hudud ekanligi bilai ajralib turadi. Ularning birinchisi ekologik potentsiali, bu uning shunday funktsiyasiki, ya’ni u insoniyatning tirik tabiatni bir kismi sifatida hayot kechirishning eng muhim omillari – yorug’lik, issiqlik, suv, oziq-ovqatga bo’lgan talabini qondiradi; ikkinchisi – resurs yoki ishlab chiqarish potentsiali, ya’ni landshaft – ijtimoiy ishlab chiqarishni zaruriy energetik va xom ashyo boyliklari bilan ta’minlaydi; uchinchi xususiyati – barqarorlik potentsiali, bunda tashqi omillarga, jumladan texnogen ta’sirga bardosh berish, o’z strukturasi va xususiyatlarini saqlab qolish, o’z-o’zini tozalash va qayta tiklash kobilyatiga egaligi bilan ajralib turadi.
Shu jihatdan qaraganda landshaft ekologik jarayonlarni tadqiqot qilish uchun asosiy ob’ekt sifatida kabul kilinishi mumkin. Landshaftda abiotik va biotik elementlar o’zaro teng va ma’lum muvozanatda rivojlanadilar. Bir xil tabiiy sharoit, o’simlik assotsiatsiyalarining guruxi (yoki formatsiyasi) va xayvonot olami (biotop) ma’lum relef tipi, suv rejimi, tuproq turi, iklimiy va geokimyoviy sharoitda - o’zaro munosabatda bo’ladilar. Insonning hayot kechirishi va mexnat faoliyati ham bu muhitda deyarli bir xil kechadi. Bu borada integral landshaft (geotizim) ekologik jarayonlarni o’rganishda yagona va asosiy tadqiqot hududi bo’lishga boshqa muqobil taksonomik birlik mos kelmasa kerak.
Landshaftning morfologik qismlari ekologik jarayonlarning yanada chuqurroq o’rganish imkonini beradi, chunki fatsiya, urochisha hududining tabakalashuvi eng kichik taksonomik birliklar bo’lishligi tufayli sodir bo’layotgan voqelikning aniq manzilida o’rganish imkonini beradi. Tabiiy sharoit juda aniq, tirik organizm bilan notirik tabiat o’rtasidagi munosabat, inson bilan tabiat o’rtasidagi o’zaro ta’sir ravshan sezilib turadi.
Landshaftlar miqyosida ekologik munosabatlarni o’rganish bilan tabiiy geografik rayon, okrug va boshqa taksonomik birliklar bo’yicha mos holda umumiy ilmiy natijalar chiqariladi. Bunda landshaft tahlili ekologik tahlil bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |