Mexanizm
–
biron-bir harakatni bajarish uchun zarur bo‘lgan va
uzviy bog‘langan qismlar tizimi.
Xalqaro ekologik munosabatlarni huquqiy tartibga solish
unga geoekologik-huquqiy ta’sir etish, uni amalga oshirish, ta-
komillashtirish va rivojlantirish orqaligina olib boriladi. Chun-
ki zamon o‘zgargan sari kishilar ham o‘zgarib boradilar, atrof
tabiiy muhit ham o‘z o‘zgaruvchanlik xususiyatini yo‘qotib
qo‘ymaydi.
Xalqaro geoekologik-huquqiy mexanizm zanjirining «hal qa»-
lari quyidagilardan iborat:
–
ekologik xavfsizlikni geotizimlar doirasida ta’minlovchi
xalqaro geoekologik-huquqiy me’yorlarini qabul qilish
;
–
xalqaro tabiat va inson munosabat normalar ijrosini ta’min-
lovchi geoekologik-huquqiy hujjatlarni tezkor ravishda ishlab
chiqish
;
–
kafillik normalarini yaratish
;
–
geoekologik-huquqiy munosabatlarni tashkillashtirish
.
Ekologik xavfsizlikni geotizimlar doirasida ta’minlovchi
xalqaro huquqiy me’yorlar
qat’iy (imperativ) normalardan
iborat. Ular globallashuv davrida ekologik siyosatni mujassam-
lashtirgan tarzda ifodalanadi. Ekologik xavfsizlik esa kishilar-
77
ning hayotiy ehtiyojlarini qondira oladigan toza, sog‘lom va
qulay atrof tabiiy muhit holatidir.
Xalqaro tabiat va inson munosabat normalar ijrosini
ta’minlovchi geoekologik-huquqiy hujjatlarni tezkor ravishda ish-
lab chiqish
.
Xalqaro shartnomalarda imperativ normalarni ken-
gaytirilgan tarzda milliy geoekologik qonunlarda ifodalash.
Ushbu me’yor va qoidalar O‘zbekiston Respublikasining «Tabi-
atni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunida yaqqol ifoda etil-
gan bo‘lib, ular to‘rt ko‘rinishdagi normalardan iborat:
prinsip,
birlamchi, imperativ, kafillik.
Kafillik normalarini yaratish
davlatlar va ularning tegishli
organlari o‘rtasida yuzaga keladigan, yagona geoekologik
maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan harakatlarni
muvofiqlashtirishga qaratiladi. Masalan, transchegaraviy suv
obyektlaridan foydalanish muayyan darajada ekologik xavfsizlik
talablarini bajarish orqali olib bori
ladi. Bu talablar hamma
davlatlardan yagona maqsad sa ri o‘z rejalarini tuzish va ularni
tatbiq etishga undaydi. Aks holda davlatlarning hayotiy zarur
ehtiyojlarini qondirish imkoniyati bo‘lmaydi.
Geoekologik-huquqiy munosabatlarni tashkillashtirishda
dav -
lat larning yangi energiya manbalarini yaratish na faqat muay-
yan millat yoki elatdan, balki mintaqaviy subyektlardan ham,
barcha xalqaro jamiyatdan ham, va hatto
ki, davlatlarning
ekologik ongi hamda madaniyatiga ta’sir etuvchi huquqni
muhofaza qiluvchilardan ham hamjihatlikni, ularning bir
paytda va o‘zaro kelishil
gan tarz
da harakat qilishlarini talab
etadi. Bu esa yagona xalqaro mintaqaviy geoekolo gik-huquqiy
mexanizmning ajralmas halqalaridan biridir.
Xulosa qilib aytganda, mintaqaviy geotizimlar miqyosida
inson va tabiat munosabatlarini muvofiqlashtirish geotizim-
larning tabiiy komponentlariga nisbatan yo‘naltirilgan qoi-
dalari geoekologik prinsiplarga yondashgan va chuqur ilmiy
asoslangan mexanizmdan iborat ekan. Aks holda Markaziy
Osiyo kabi geotizimlar doirasida ekologik xavfsizlikni saqlab
ta’minlash juda mushkuldir.
78
Do'stlaringiz bilan baham: |