Geodeziya va marksheyderiya


Haqiqiy va magnitaviy azimutlar



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/69
Sana13.06.2022
Hajmi4,52 Mb.
#661573
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69
Bog'liq
Геодезия маъруза (1)

Haqiqiy va magnitaviy azimutlar. 
Yer yuzasidagi ixtiyoriy nuqtadan 
o‘tgan geografik (haqiqiy) meridian yo‘nalishini istalgan vaqtda aniqlash mumkin 
bo‘lavermaydi. Haqiqiy meridian yo‘nalishi astronomik kuzatishlar orqali 
(masalan, Beruniyning hind aylanasi yordamida, qutb yulduzini kuzatish bilan) 
aniqlanadi. Kundalik geodezik ishlarni olib borishda haqiqiy meridian o‘rniga 
magnit strelkaning yo‘nalishi bo‘lgan magnitaviy meridian qabul qilinadi. 
 
3.13-shakl. 3.14-shakl. 
Magnit strelkani erkin aylanadigan qilib sixcha ustiga gorizontal holda 
ilinsa, u yerning magnitaviy maydonidagi kuchlar ta’sirida ma’lum yo‘nalishni 
egallaydi. Yer shimoliy va janubiy yarim sharining hamma nuqtasidagi magnitaviy 
kuch chiziqlari o‘z davomida shimoliy yarim sharda bir nuqtada, janubda ham bir 
nuqtada kesishadiki, bu nuqtalar 
shimoliy 
va 
janubiy magnitaviy qutblar 
deyiladi. 
Magnitaviy qutblar yerning geografik qutblariga to‘g‘ri kelmaydi. Berilgan nuqta 
magnitaviy o‘qining sathiy yuzaga tushgan proeksiyasi 
magnitaviy meridian 
deyiladi. 
Chiziq uchidan o‘tgan magnitaviy meridian shimoliy yo‘nalishidan soat 
strelkasi yuradigan tomonga yo‘nalgan chiziqqacha bo‘lgan burchak 
magnitaviy 
azimut 
deyiladi va 
A
M

bilan belgilanadi (3.13-shakl). 
Magnit strelkaning og‘ish burchagi.
Bir nuqtadan o‘tgan geografik va 
magnitaviy meridianlar bir yo‘nalishda yotmay, o‘zaro 

burchak hosil qilib 
kesishadi, bu 

burchak 
magnit strelkaning og‘ish 
(qiyshayish) 
burchagi 
yoki, 
qisqacha qilib, 
magnitaviy og‘ish burchagi 
deyiladi. Magnitaviy strelkaning 
shimoliy uchi shimoliy yarim sharda haqiqiy meridianga nisbatan sharqda tomon 
og‘sa, 
og‘ish sharqiy 
deyilib, musbat ishora bilan, g‘arbda bo‘lsa—
g‘arbiy 
deyilib, 
manfiy ishora bilan olinadi. Ba’zan bu og‘ish 

H
va 

G‘
kabi 
SH 
(sharqiy) va 
G‘ 
(g‘arbiy) belgilar bilan yoziladi. 
3.13-shaklda 
CD 
chiziqning 
C
uchidan haqiqiy meridian 
SHJ 
va 


magnitaviy meridian 
SH
M
J
M
 
o‘tkazilgan. 
CD 
chiziqning haqiqiy 
A
H
 
va magnitaviy 
A
M
azimutlar orasidaga munosabat quyidagicha: 
A
H
=A
M
+

,
(3.10) 
ya’ni chiziqning haqiqiy azimuti magnitaviy azimut bilan magnitaviy 
og‘ish burchagining algebraik yig‘indisiga teng. Og‘ish g‘arbiy bo‘lganda ham 
formula (3.10) to‘g‘ri keladi. Masalan 

H
=-3°

A
M
=75°18'
bo‘lganda 
A
H
=75°18'-
3°=72°18'
bo‘ladi. 
A
H
, A
M




va 

burchaklar orasidagi munosabat.
Agar 
CD 
chiziqning 
uchi 

dan (3.14-shakl) haqiqiy meridian 
SH
H
J
H

magnitaviy meridian 
SH
M
J
M
 
va 
o‘qiy meridian 
SH
O‘
J
O‘
 
o‘tkazilsa, 
CD 
chiziqning haqiqiy azimuti 
A
H
, magnitaviy 
azimuti 
A
M
, magnit strelkaning og‘ish burchagi 

, direksion burchak 

 
va 
meridianlar yaqinlashish burchagi 

 
hosil bo‘ladi. Shakl bo‘yicha bu kattaliklar 
orasidagi munosabatni quyidagicha ifodalash mumkin: 
A
H
=A
M
+

; A
H
=

+

,
bundan 
A
M
+

=

+

,
yoki 

=A
M
+

 -

,
(3.11) 
ya’ni direksion burchak chiziqning magnitaviy azimutiga og‘ish burchagini 
qo‘shib, meridianlar yaqinlashish burchagining ayirilganiga teng. (3.11) dagi 

 -

=P
(3.12) 
ifoda magnit strelkaning og‘ish va meridianlar yaqinlashishiga bo‘lgan 
qo‘shma 
tuzatma 
deyiladi. SHunda 

=A
M
+P,
(3.13) 
bo‘ladi. 3.14-shaklda 
P
,
 

va 
A
M
 
aniq ko‘rsatilgan. Magnitaviy og‘ish burchagi 

er sharining magnitaviy xossasiga bog‘liq bo‘lib, yer yuzasining turli joyida 
turlicha qiymatga ega. Bundan tashqari, magnit strelkaning holatiga yuqori voltli 
elektr uzatish tarmoqlari ham ta’sir etadi. O‘zbekiston teritoriyasida magnitaviy 
og‘ish 

 
ning qiymati 0

dan 

15

gacha boradi. Topografik kartalarning quyi 
tomonida joydagi o‘rtacha og‘ish burchagi qiymati ko‘rsatilgan bo‘ladi. 
Og‘ish burchagining qiymatini izogonli kartadan olish mumkin. Izogonli 
karta og‘ishning asriy o‘zgarishi asosida chiziladi. Og‘ish burchagi bir joyning 
o‘zida ham vaqti bilan o‘zgaradi. Bu o‘zgarish asriy, yillik va kundalik 
o‘zgarishlarga bo‘linadi. Kundalik o‘zgarish O‘zbekistonda ±15' dan oshmaydi, 
lekin asriy o‘zgarish katta bo‘ladi. Masalan, 500 yilda asriy o‘zgarish 22,5° gacha 
boradi. Temir rudasi ko‘p ba’zi joylarda magnit strelkasnning og‘ishi juda katta 
o‘zgaradi, bu hodisa 
magnitaviy anomaliya 
deyiladi. Bunday joylarda magnit 
strelka bilan ishlab bo‘lmaydi. Magnitaviy og‘ishning o‘zgarib turishi sababli 
chizq azimut va rumblarini topish aniqligi o‘rta hisobda ±15' bo‘ladi. 
Magnit strelkasining engashuvi.
Sixchaga gorizontal qilib erkin osilgan 
magnit strelkaning ikkala uchi hamisha ham bir gorizontal tekislikda yotmaydi. 
SHimoliy yarim sharda strelkaning shimoliy uchi shimoliy magnitaviy qutbning 
tortishi tufayli gorizontal chiziqdan pastga engashadi, janubiy uchi ko‘tariladi.



Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish