8
sathining oʻzgarishi. Texnogen faktorlarga quyidagilar kiritiladi:
1) inshootning oʻz ogʻirligi taʼsiri;
2) yer osti suvlarining suniiy ravishda koʻtarilish va pasayishi sababli togʻ jinslarining
xususiyatini oʻzgartirishi;
3) yer osti ishlari natijasida
poydevorning zaiflashishi;
4) binoga qoʻshimcha qavat qurilishi yoki yonidan yangi bino barpo etilishi
natijasida, poydevorga boʻlgan bosim (kuch) oʻzgarishi;
5) turli xil agregatlar ishlashi, transportlar harakati sababli tebranishi.
Shular bilan birga inshoot deformasiyasiga
poydevor shakli, oʻlchamlari va
mustahkamligi ham taʼsir qiladi.
Kotlovan tagi boʻrtishi va choʻkishi voronkasi oʻlchamlarini aniqlash.
Kotlovan tagi boʻrtishini oʻrganish. Poydevor siljishini kuzatish, qurilish
kotlovanidan tabiiy bosim (tuproq qatlami) olib tashlangandan keyin, uning tag qismi
boʻrtishini oʻrganishdan boshlanadi. Chuqur kotlovanlar qazilganda togʻ-jinslariga
boʻlgan tabiiy bosim oʻzgaradi va buning natijasida kotlovan tag qismida koʻtarilish
kuzatiladi. Kotlovan tagi boʻrtishini kuzatishdan maqsad
turli xil nuqtalardagi
koʻtarilishni taʼriflovchi maʼlumotlar yigʻishdir. Bu maʼlumotlar poydevorning
keyingi choʻkishi haqida kengroq oʻrganishga imkon beradi.Katta gidrotexnik
inshootlar qurilishida 20-50 m chuqurlikda kotlovanlar qaziladi. Bunday kotlovanlar
tag qismining boʻrtish qiymati bir necha santimetrdan 20-30
sm gacha borishi
mumkin.Qurilish maydonidagi kotlovanlarning koʻtarilish qiymatini oʻlchash uchun
avvaldan belgilangan joyda quduq qaziladi va unga maxsus konstruksiyadagi marka
oʻrnatiladi. Quduqlar geodezik asos punktlari bilan geodezik bogʻlanadi va
koordinatalari aniqlanadi. Kotlovanni qazishda oldingi va keyingi holatlarda
markaning aniqlangan koordinatalari farqi boʻrtish qiymatini koʻrsatadi. Koʻtarilish
kotlovanning markazida kattaroq boʻlib, uning chekka qismlarida kichikroq boʻladi.
Choʻkish voronkalarini oʻlchamini aniqlash. Inshootlar qurilishi jarayonida choʻkish
nafaqat ularning pastki qismida, balki ular atrofida ham sodir boʻladi. Bu xodisa yer
9
qatlamini unga qurilgan barcha inshootlar bilan birga choʻkishiga olib keladi. Bu
yerdan choʻkish voronkasini chegaralarini aniqlash, bino atrofida yuz berishi mumkin
boʻlgan turli hodisalarning olidini olishga imkon beradi.
Muhim hisoblangan
choʻkish voronkalari yer osti inshootlarini, ayniqsa katta tunellar, plotinalar va
boshqa gidrotexnik inshootlar qurilishida yuzaga keladi. Choʻkish voronkalari
oʻlchamlarini aniqlashda va ularning keyingi oʻsishini
xarakterlash uchun qurilish
obʼektiga yaqin joylashgan bino poydevorlariga nivelir markalari oʻrnatiladi.
Markalar balandligini aniqlash bir nechta bosqichda nivelirlash asosi punktiga
nisbatan bajariladi. Birinchi va oxirgi bosqich II sinf nivelirlash orqali bajarilishi
maqsadga muvofiq. Birinchi bosqich yer ishlari boshlanishidan oldin amalga
oshirilishi kerak. Nivelirlash ishlaridan tashqari yer osti suvining sathini, jinslarning
namligi va boshqa faktorlarini kuzatib borish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: