(1.1.2-rasm.) Beruniy globusi.
Abu Rayhon Beruniyning deyarli hamma asarlarida O‘rta Osiyo shaharlari tilga olinib, ularning tarixi va iqlimi yoxud aholisi va geografik koordinatalari ko‘rsatilgan. Beruniyning «Qonuni Ma’sudiy» asarida geografik jadvalida ko‘rsatilgan 603 joyning 85 tasi O‘rta Osiyo va Xurosonga tegishlidi rdebyozadi. H.Hasanov 1890 yil oxirlarida polyak sharqshunosi I.Lelevel Beruniy jadvali asosida O‘rta Osiyoning kartasini tuzgan (1.1.2-rasm). Unda 40 shahar va daryolarning nomlari hamda 8 ta viloyat nomlari aks ettirilgan. Biz ulug‘ olimning faqat geodeziya va kartografiyaga tegishli risolalarining ba’zi birlari to‘g‘risida ma’lumot berdik, xalos, uning boshqa fanlarning rivojlanishiga qo‘shgan hissalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni H.Hasanovni «Sayyoholimlar» kitobidan bilib olish mumkin.
1.2 Geografik globuslar va ularning xususiyatlari.
Globuslar har xil mazmunga ega: geografik globus, siyosiy-ma’muriy globus, induksion globus (qora rangda) va amaliy ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan proyeksion globuslar bo‘ladi. Odatda globuslarning sirti silliq bo‘ladi. Lekin hozirgi vaqtda relyefli globuslar ham mavjud bo‘lib, Yer sharining relyefini o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Yer ellipsoida mayda masshtabdagi tasvirida globusdan juda kam farq qilib, bu farq amalda sezilmaydi. Globusda qutblar, meridian va parallellar, ekvator chizig’i to’g’ri shaklda tasvirlangan. Shimoliy hamda janubiy geografik qutblarni birlashtiradigan va muayyan nuqtadan o‘tgan, parallellar bilan tutashib 90° li burchak hosil qiladigan chiziqlar meridianlar deyiladi (meridianlarni har birminutdan, har bir gradusdan o’tkazsa ham bo‘ladi). Meridianlar globusda har 10° yoki 15° dan o’tkazilib, qiymatlari ekvator chizig’iga yozib qo’yiladi. Ekvatordan bir xi luzoqlikda joylashgan nuqtalarni birlashtiruvchi chiziqlarga parallelar deyiladi. Eng katta parallel ekvator, u yer sharini teng ikkiga, ya’ni shimoliy va janubiy yarim sharlarga bo’lib turadi. Parallellar har 10° dan o’tkazilib, ularning qiymatlari 0° yoki 180° li meridianda yozilgan bo’ladi.Globusni yasash uchun ye ryuzasi 12 ta meridianal bo’laklarga (tilimlarga) bo’linib, so’ng tayyor sharga yopishtiriladi. Globus geografiya darslarida juda zarur ko’rgazmali qurol bo’lib, Yerning quyidagi xususiyatlarini aks ettiradi: 1) Yer shar shaklda (o’ziga o’xshash geometrik shaklda) tasvirlanadi; 2) Yer yuzasining geografik jihatdan o’zaro joylanish holatlari to’g’risida tasavvur beriladi. Yer yuzasining ayrim bo’laklari (materiklar, okeanlar, dengiz, ko’llar va h.k.)ning bir-biriga nisbatan joylashishi haqida ham aniq tasavvur beradi; 3) Yer yuzasining hamma joyi, maydon va shakllar o’zgartirilmasdan tasvirlanadi; 4) Globus yuzasining hamma joyida masshtab bir xilda bo’ladi; 5) Yer yuzasidagi hamma burchaklar1 to’g’ri tasvirlanadi, meridian va parallellar o’zaro kesishib to’g’ri burchak hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |