(1.3.4-rasm.) Kartalardagi xatoliklar ellipsi Kartadagi xatoliklarni hamma turlari bir-biri bilan bog‘langan va ulardan bittasini o‘zgarishi ayni paytda boshqasini o‘zgarishga olib keladi. Kartada ular xuddi bir-biriga qarama-qarshi turgandek va ulardan bittasini kamayishi o‘sha paytni o‘zida boshqasini kattalashishiga olib keladi.
Bir paytni o‘zida ham maydonlar tengligini ham shakllar (figuralar) o‘xshashligini va chiziqlar uzunligini saqlab qoladigan kartografik proyeksiya yo‘q (1.3.5-rasm)
(1.3.5-rasm.) Kartografik proyeksiyalardagi maydon va burchak xatoliklari o‘rtasidagi o‘zaro nisbati Kartografik proyeksiyalarni tasniflash ikkita bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan asosiy belgilar bo‘yicha amalga oshiriladi:
1) Xatoliklar xarakteri (xususiyati) bo‘yicha va 2) yordamchi geometrik yuzadan foydalanish usuli (kartografik to‘rni tuzish) bo‘yicha. Kartografik proyek-siyalar xatoliklar xarakteriga ko‘ra teng burchakli, teng maydonli va ixtiyoriy proyeksiyalarga bo‘linadi.
Teng burchakli va teng maydonli (teng yuzli) proyeksiyalar o‘zlarining xususiyatlariga ko‘ra bir-biriga mutlaqo zid. Teng maydonli proyeksiyalarda maydonlarning tengligini saqlab qolish burchaklar va obyektlarning qiyofasi xatoligi hisobiga bo‘ladi, va aksincha, tegishli proyeksiyalarda teng burchaklilikni saqlab qolish maydonlar xatoligi hisobiga bo‘ladi (1.3.6-rasm).
(1.3.6-rasm.) Silindrik proyeksiyalarda tuzilgan kartalardagi xatoliklar ellipsi A – teng burchakli; B – teng maydonli (yoki ekvivalent); V – ixtiyoriy (teng oraliqli) Xatoliklar ko‘rgazmali bo‘lishi uchun aylana ichiga teng tomonli uchburchak chizilgan.
Ixtiyoriy proyeksiyalarning ichida teng oraliqli proyeksiyalar ko‘proq ishlatiladi. Bunday proyeksiyalarda masshtab bosh yo‘nalishlardan birortasi, masalan, meridianlar bo‘yicha yoki parallellar bo‘yicha o‘zgarmas bo‘ladi va bosh masshtabga teng bo‘ladi.
(1.3.7)-rasmda tasvirlanayotgan meridianlar uzunligi ellipsoid meridianlarining uzunligiga teng (albatta, karta masshtabigacha kichraytirilgan holda). Parallellar uzunligi esa ekvatordan uzoqlashilgan sari kattalashib boradi.
Ularda burchaklar va maydonlar xatoligi o‘zaro tenglashtirilganday bo‘ladi va o‘zining xususiyatlariga ko‘ra, ular teng burchakli va teng yuzli proyeksiyalar.
Shuningdek, kartografik proyeksiyalar kartografik to‘rni tuzish (yasash) usuli bo‘yicha ham tasniflanadi. Bunda kartografik to‘r tasviri dastlab yordamchi
Orasida yotadi, geometrik yuzada olinadi, shundan so‘ng undan tekislikka o‘tkaziladi. Qaysi yordamchi geometrik yuzadan foydalanganligiga qarab kartografik proyeksiyalar azimuntal, silindrik va konusli deb ataladi..
Yordamchigeometrikyuzadanfoydalanishusulibo‘yichaproyeksiyalarnitasniflash. Silindrik, konusli va azimuntal proyeksiyalar va ularning xususiyatlari. Kartografiyada ellipsoid yuza tekis yuzada birorta geometrik shakl (yuza) yordamida tasvirlanadi. Azimuntal proyeksiyalarda ana shunday yordamchi geometrik yuza bo‘lib, ellipsoid yoki shar sirtiga urinma yoki uni kesuvchi tekislik, silindrik proyeksiyalarda ellipsoid yoki sharga urinma yoki uni kesuvchi silindrning yon tomon sirti, konusli proyeksiyalarda ellipsoid yoki sharga urinma yoki uni kesuvchi konusning yon tomon sirti hisoblanadi.