Binoning konstruktiv elementlari (1-3-rasmlar) vazifasiga ko'ra qo'yidagilardan iborat bo'ladi:
to'suvchi, ya'ni xonani tashqi muhit ta'siridan himoyalaydi yoki xonalarni bir-biridan ajratib turadi;
ko'tarib turuvchi devor – yuqorida joylashgan konstruksiyalar, jixozlar, mebellar va shu kabilardan tushadigan og'irlikni ko'tarib turadi;
aralash devor – bir vaqtning o'zida ham ko'tarib turuvchi, ham tashqi muhit ta'siridan himoyalovchi vazifani bajaradi.
Binolarning yer usti va yer osti qismlari bo'ladi. Poydevor, podval, texnik maqsadlarga mo'ljallangan yerto'la devorlari hamda birinchi qavatning toza poli sathidan pastda joylashgan boshqa konstruktiv elementlar binoning yer osti qismi hisoblanadi. Birinchi qavat sathidan balandda joylashgan konstruktiv elementlar binoning yer usti qismini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |