Grajdan binolarining asosiy konstruktiv elementlari:
poydevor – binoning yer osti qismi bo'lib, yuqorida joylashgan konstruksiyalar nagruzkasini zamin (grunt) ga uzatadi.
Konstruktiv tuzilishi jihatdan uzluksiz lentasimon poydevor (ko'tarib turuvchi devorlar ostida tutash tasma – polosa ko'rinishida joylashgan) va ustunli poydevor (ayrim tayanchlar ko'rinishida) bo'ladi. Mayda donali materiallardan quriladigan binolarning poydevorlariga xarsangtosh, g'ishtlar va yig'ma temir-beton buyumlar ishlatiladi va hokazo;
devorlar (tashqi va ichki) orayopmalardan tushadigan nagruzkani qabul qilib, poydevorga o'tkazadi, shuningdek, onalarni tashqi muhit ta'siridan himoya qiladi.
Devorlar nagruzka qabul qilishiga qarab: ko'tarib turuvchi, o'z og'irligini ko'taruvchi va pardevorlarga ajratiladi;
g'isht, temir-beton yoki metall kolonnalar ko'rinishidagi tayanchlar yuqorida joylashgan elementlarning nagruzkasini poydevorga o'tkazadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |