Bir qavatli korxona binolarining yer usti qismi ko'tarib turuvchi va to'suvchi elementlardan quriladi.
a)
b)
rasm. Ishlab chiqarish binosining poydevori va binoning yerosti qismiga ishlatiladigan poydevor to'sini: a – «stakan» tipidagi poydevor; b – poydevor to'sini (qadami 6 m); v – poydevor to'sini (qadami 12 m); 2 – plitali qismi; 2 – kolonna ostligi (banket qismi); 3 – stakan
Ko'tarib turuvchi konstruksiyalarga quyidagilar kiradi:
ko'ndalang kesimi o'zgarmaydigan kolonnalar (23-rasm, a, b) – kransiz yoki osma kranli binolarda qo'llaniladi. O'rta qator kolonnalariga yopma konstruksiyalar tayanishi uchun ular kallakli qilinadi;
konsolli kolonnalar (23-rasm, v, g) 20 tonnagacha yuk ko'tara oladigan ko'prik kran o'rnatiladigan va proleti 18-24 m bo'lgan binolar uchun mo'ljallangan. Ularning ko'ndalang kesimi to'g'ri burchak yoki qo'shtavr shaklidadir.
Ikki tarmonli kolonnalar (23-rasm, d, y) 50 kg gacha yuk ko'taradigan ko'prik kranli, proleti 18-30 m bo'lgan binolarda qo'llaniladi.
a)
b)
d)
y)
v)
g)
Do'stlaringiz bilan baham: |