Bir qavatli korxona binolarining yerosti qismlarini qurish uchun quyidagilardan foydalaniladi:
pog'onali poydevor (22-rasm, a) plitalar va kolonna ostligidan iborat. Kolonna ostligi qorishma ustiga yotqiziladi va quyma detallar payvandlab mahkamlanadi;
kransiz binolarning poydevorlari kvadrat shaklida, ko'prik kranli binolar poydevorlari esa to'g'ri burchaklik shaklida bo'ladi. Bunday poydevorlarning uzun tomoni bino ichiga qaratiladi;
poydevor to'sinlarininz (22-rasm, b, v) kesimi tavr shaklida yoki trapesiyasimon, o'lchami kolonna qadamiga teng bo'ladi. To'sin kolonnalarning sirtqi tomonidan poydevor chetiga tayanadi. To'sinlar tepasiga gidroizolyasiya qatlam yotqiziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |